A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

EPC ningjoriyqiymati = Umumiy daromad / Aksiyalar soniga = 
= 44 mln. so'm /1.1 mln. = 40 so'm. 
P/Ening joriy qiymati = 200 so'm / 40 so'm = 5 (o 'zgarmay 
qoladi). 
EPC100 000 dona aksiya sotib olingandan keyin = 44 mln. 
so'm /1 mln = 44so'm. 
100 000 dona aksiyani sotib olgandan keying kutilayotgan 
aksiyalarning narxi = EPC * (P/E) = 44 * 5 = 220 so'm. 
Shunday qilib investorlar aksiyalaridan 20 so'm daromadni 
dividend ko'rinishida yoki aksiyalarni narxini oshishidan olishadi. 
Amaliyotda har xil nazariyalarni ishlatish dividend siyosatini 3 
xil asosiy ko'rinishda shakllanishiga sabab bo'ldi: 
- Konservativ; 
- Kompromiss; 
- Agressiv. 
57 


Iqtisodiy kategoriya sifatida dividend moddiy ishlab chiqarish 
sohasida korxonalar faoliyati jarayonida yaratilgan daromadni aks 
ettiradi. Agar korxona ustavida tasdiqlangan bo'lsa, foydaning bir 
qismi korxona xodimlari o'rtasida pul mukofoti yoki aksiyalar 
ko'rinishida rag'batlantirish uchun taqsimlanishi mumkin. 
Korporativ moliviy rejalashtirishni tashkil etishda axborot 
kontrolling tizimini tashkil etish va rivojlantirish muhim sanaladi. 
Ishimizning keyingi qismida axborot kontrolling tizimini joriy 
etishning amaliy jihatlari xususida to'htalib o'tamiz. Samarali 
boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish uchun zarur bo'ladigan qayta 
ishlanuvchi axborotning miqdori beqiyosdir. Yirik masshtabdagi 
korporatsiyalarni boshqarishdagi muammolar elektron hisoblash 
texnikasidan keng miqyosda foydalanishni va boshqaruvning 
axborot tizimlarini ishlab chiqishni taqozo etadi va bu vazifalar 
natijasida yangi matematik apparat va iqtisodiy-matematik usullar 
yaratish vazifasini qo'yadi. 
Korporatsiya axborot ta'minotini tahlil qilishni tashkil-
lashtirishga bir qator talablar qo'yiladi. Bular axborotning ana-
litikligi, axborotni keng qamrovda ekanligi, uning birligi, tezkorligi, 
samaradorligi va h. Axborotning analitikligi shundan iboratki, 
axborot manbalarining qandayligi va ularning qaerdan olinishidan 
qat'iy nazar iqtisodiy axborot tizimi korporatsiya rahbarining 
talablariga mos kelishi zarur, ya'ni bu tizim iqtisodiy jarayonlarni 
har tomonlama o'rganish uchun asosiy omillar ta'sirini aniqlash 
uchun va ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishda ichki 
manbalarni aniqlash maqsadida korxona rahbariga zaruriy vosita 
bo'Iishi lozim. Shuning uchun axborot ta'minotining barcha usullari 
doimiy rivojlanib borishi zarur. 
Ushbu tizimlar korpciratsiyalarda hisobga olish, rejalashtirish 
va statistika amallarini bajarishda hozirgi kunda amaliyotda keng 
qo'llanib kelinmoqda. Korporatsiyalarda boshqaruvchi xodimlar 
doimiy ravishda hujijatlar shaklini, ularning tarkibini va aylanishini 
tashkil qilishni o'rganib chiqadilar hamda ma'lumotlarni to'plash va 
saqlashning yangi shakllarini tashkillashtiradilar. Ushbu barcha 
o'zgarishlarni hisobga olish va rejalashtirish amallari talablariga 
emas, balki boshqa holatlar bo'yicha ham amalga oshiriladi. Bu 
o'zgarishlar boshqaruv yechimlarini topish uchun axborot ta'minoti 
58 


z a r u r i y a t i n i
ifodalaydi. Iqtisodiy axborot tadqiq qilinayotgan 
j a r a y o n l a r n i
to'liq va haqqoniy tarzda aks ettirishi lozim. Aks holda 
tahlil natijalari amaldagi vazifalar natijalariga mos kelmaydi va 
korporatsiya analitiklari tomonidan taklif etilgan yechimlar 
korporatsiyaga zarar keltirisbi mumkin. 
Axborot oqimini tashkil qilish bo'yicha keyingi talab turli 
manbalardan keiuvchi axborotlar birligiga qo'yiladi. Ushbu tamoyil-
dan axborotning turli manbalarini taqqoslash va ularni ikkilan-
tirishni yo'qotish zaruriyati kelib chiqadi. Bu shuni ifodalaydiki, 
unda har bir iqtisodiy ko'rsatkich faqatgina bir marta rasmiy-
lashtirilishi zarur, olingan natijalardan esa, hisobga olish, 
rejalashtirish, nazorat qilish va tahlilda foydalaniladi. Tahlilning 
samaradorligidan natijalar bo'yicha ishlab chiqarish jarayoniga 
tezkor ta'sir etish imkoniyati mavjudligi namoyon bo'ladi. Bunda 
axborot analitik xodimga zudlik bilan yetkazilishi zarur. Ushbu 
o'rinda axborotga bo'lgan keyingi talab, ya'ni tezkorlik talabi paydo 
bo'ladi. Axborot tezkorligini oshirish ularni qayta ishlash, aloqa va 
h.k. laming yangi vositasini tatbiq qilish orqali amalga oshiriladi. 
Axborot sifatiga bo'lgan talablar jism va tadqiqot sohasiga, 
vaqt boiagiga, ko'rsatkichlarni hisoblash uslubiyatiga va bir qator 
boshqa turdagi ko'rsatkichlar bo'yicha belgilanadi. Axborot tizimi 
samarador bo'lishi va ma'lumotlarni to'plash, saqlash va ulardan 
foydalanishda minimal xarajatlar talab qilishi zarur. Istalgan 
iqtisodiy jarayonni kompleks tarzda tahlil qilish uchun keng 
qamrovli axborot talab etiladi. Axborot mavjud emasligida o'tka-
zilgan tahlil to'liq hisoblanmaydi. Axborotni keragidan ko'pligi esa, 
uni qidirish, to'plash va yechim qabul qilish jarayonini uzaytiradi. 
Ushbu talabdan axborotning foydali xususiyatlarini o'rganish 
zaruriyati paydo bo'ladi va ushbu asosda zarur boimagan 
ma'lumotlarni yo'qotish va zarur ma'lumotlarni kiritish orqali 
axborot oqimlarini takomillashtirish amalga oshiriladi. 
Axborot tizimi yuqorida ko'rsatilgan talablar asosida shakl-
lanishi va takomillashib borishi zarur hamda korporatsiyalar 
boshqaruvining amaliyoti va samaradorligini oshirishda zaruriy 
shart bo'lib hisoblanadi. Korxonaning samarador rivojlanishi uchun 
menejmentning barcha jabhalarini birlashtiruvchi boshqaruvning 
kompleks tizimini yaratish zarur. Bunda, birinchidan doimiy menej-
59 


j^ntni olib borish muammolari muhim bo'lsa, ikkinchidan axborot 
Rimini tanlash va tatbiq qilish muammolari dolzarb hisoblanadi. 
' zirgi paytda menejerlar faoliyatida yangi axborot texnologiyalari 
^ luinchasini ifodalovchi ko'plab vositalarni ko'rishimiz mumkin. 
'borot texnologiyalari deganda, tashkiliy boshqaruv tizimiga 
'iq qilinuvchi ma'lumotlarni qayta ishlashning yangi vosita va 
b
^llari to'plami tushuniladi. Bu texnologiyalar texnologik tizimlar 
0
lib, axborot mahsulotini maqsadga muvofiq yaratish, uzatish, 
f ilash va aks ettirishda ifodalanadi. Yangi axborot texnologiya-
r
'ga o'tish sifat, xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish jarayonlari 
*'igi ko'rsatkichlariga nisbatan korporatsiyalar faoliyatini zudlik 
takomillashtirishda o'zining yangi tatbig'ini topmoqda. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling