A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

Kompleks axborot tizimini shakllantirish. 
, Korporatsiyalar rivojlanish jarayonida quyidagi muammolarga 
QUc
H keladi: 
,
(
1) boshqaruvning eski usullarida ko'plab xatolar mavjud 
0
>4di; 
, 2) korporatsiya boshqaruvini nazorat qilish uni murak-
^shtiradi, ko'plab xodimlarni jalb etadi va qo'shimcha 
a
iatlarga olib keladi; 
h 3) yechimlarni kelishishga ko'p vaqt talab etiladi. Yechim 
qilish uchun ma'lumotlar esa mavjud bo'lmaydi; 
4) moliyaviy amallar va qabul qilingan yechimlar miqdori u 
1
bu natijalarga olib keluvchi sabablarga nisbatan ortiq bo'ladi. 
г
, Tizimni tanlash va tatbiq qilishda texnik, ma'muriy va 
\ «Ну masalalarni yechish zarur. Korporatsiya faoliyatida axborot 
j.
J
%i yaratish korxona xodimlari va axborot texnologiyalarini 
l
iadi'
t ) 1 e t u v c h i rauaa
ssasalarning hamkorlikdagi amallari hisobla-
Bunday vazifani bajarish uchun quyidagi amallarni amalga 
^ h zarur: 
1
) Yaratilayotgan tizimni tadqiq qilish va loyihalashtirish, 
fc> amaldagi holatni va bajarayotgan xizmatga tatbig'ini aniq 
e , g l
4 > h ; 
s | ^ axborot tizimini ishlab chiquvchi muassasa ushbu tizimni 
x
- ^ t o l bam amalga oshiradi. Bu o'rinda axborot tizimining 
a,
'ni aniqlash maqsadida testdan b'tkazish zarur; 
60 


3) axborot tizimlarini. tatbiq etish ikki qismga ajraladi: 
korporatsiya xodimlari tarkibidan administratorlarm tayyorlash va 
korxona bo'Iinmalarida axborot tizimlari qismlarini ishga tushirish. 
Dasturiy-apparat vositalarini va alohida biznes qo'shim-
chalarini tanlashda qarama-qarshi bo'lmagan va o'zaro kelishgan 
texnologiyalarni tatbiq qilish lozim. Shu bilan birga axborot 
tizimlarini ishlatish va ularga xizmat ko'rsatishning yagona 
texnologiyasiga rioya qilish lozim. Yuqoridagi talablar bilan birga 
axborot tizimi uchun quyidagi umumiy texnik talablar ham mavjud: 
1) tezkor faoliyat ko'rsatish, ya'ni axborotni qayta ishlashda, 
qidirishda va kiritishda tizimning aks ta'siri vaqtining juda qisqaligi; 
2) ma'lumotlarga ruxsatsiz murojaat etishning himoyasi 
ishonchliligi va korporatsiya xodimlarining amallarini hisobga olish; 
3) ishchi o'rinlarining qulay foydalanuvchi interfeysi; 
4) tizimni masshtablash va rivojlanish imkoniyatlari; 
5) ma'lumotlarni uzatish tizimida foydalaniluvchi modullarni 
birlashtirish; 
6) avvalgi vaqt mobaynida foydalanilgan ma'lumotlarni yangi 
tizimga yuborish imkoniyati; 
7) tizim faoliyatining yuqori ishonchliligi. 
Korporatsiyalar uchun korporativ axborot tizimlarini yaratish 
uslubi quyidagi umumiy qoidalarni o'z ichiga oladi: 
1) amaldagi algoritmlarni dasturlashsiz berilgan holatlar 
modellari bo'yicha tizimni yaratish texnologiyasi. Bunday holatda 
tizimni yaratish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, buning natijasida 
biznes jarayonlari bo'yicha reinjenering amallarini o'tkazmasdan 
avtomatlashtirish va amaldagi boshqaruv tizimini takomillashtirish 
kutilgan natijalarni bermaydi va samarasiz hisoblanadi. Korporat-
siya faoliyatida dasturiy qo'shimchalardan foydalanish hujjatlar 
aylanishining yangi shaklini tashkil etilishiga, hujjatlarni hisobga 
ohshga va hisobotlar yozishga o'tishning samarali omili hisob-
lanadi; 
2) tizimni «yuqoridan pastga» yo'nalish asosida qurish. Agarda 
korporatsiya holatini avtomatlashtirish haqidagi qaror korporat-
siyaning yuqori rahbariyati tomonidan qabul qilingan va ma'qul-
langan bo'lsa, dasturiy modullarni tatbiq qilish esa bosh korxonalar 
tomonidan amalga oshiriladi. Bunda korporativ tizimlarni yaratish 
61 


jarayoni tizimni quyi bo'Iaklarda birlamchi tarzda tatbiq qilishga 
nisbatan ancha tez amalga oshiriladi. Ushbu usul va rahbariyatning 
faol yordami asosida axborot tizimlarini tatbiq qilish bo'yicha 
barcha vazifalar kompleksini to'g'ri baholash va rejalashtirilmagan 
xarajatlarsiz amalga oshirish mumkin; 
3) tizimni bosqichlar bo'yicha tatbiq qilish texnologiyasi. 
Kompleks avtomatlashtirish o'z tarkibiga korporatsiyaning barcha 
bo'limlarini olganini hisobga olsak, unda bosqichlar bo'yicha tatbiq 
qilish texnologiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomatlash-
tirishning birlamchi sohalari bo'lib, yuqori organlar va qo'shma 
bo'linmalar uchun hisobot hujjatlarini hisobga olish va shakllan-
tirish jarayonini tartibga solish hisoblanadi; 
4) kelajakdagi foydalanuvchilarni axborot tizimlarini ishlab 
chiqishga jalb etish. Birlashtiruvchi korxonada kompleks avtomat-
lashtirish bo'yicha vazifalar bajarilganda korxona buyurtmachi 
boiinmalarining axborot texnologiyalari bo'yicha amallari o'zgara-
di va bu bo'limlarning korporatsiyaning yangi samarador boshqaruv 
usullariga o'tish jarayonidagi salohiyatlari ortadi. 
Bunday tizim modullar va avtomatlashtirilgan ish joylari 
o'rtasida shunday hamkorlikni o'rnatishlari zarurki, natijada bu 
hamkorlik foydalanuvchining talablari va texnik imkoniyatlariga 
javob bersin. Axborot tizimining muhim parametrlari bo'lib, 
ishonchlilik, masshtablilik va xavfsizlik hisoblanadi, shuning uchun 
bunday tizimlar yaratilishi jarayonida mijoz-server arxitekturasidan 
foydalaniladi. Bu arxitektura vazifalarni tizimning mijoz va server 
qismlar o'rtasidagi taqsimlash imkonini beradi va tizimni hal 
qilinayotgan masalalar xususiyatlarga mos ravishda rivojlanishi va 
takomillashishini ko'zda tutadi. 
Korporatsiyalar ishlab chiqarishini takomillashtirish yangi 
texnikalarni va ilg'or texnologiyalarni tatbiq qilishga bog'liq bo'lib, 
hozirgi paytda asosiy yo'nalishlardan biri hisoblangan biznesni 
boshqarishda birlashgan axborot tizimlari asosida yangi axborot 
texnologiyalarini tatbiq etish hisoblanadi. Kichik biznes uchun 
axborot tizimlarini tatbiq qilish murakkabligi korxonalarning 
turiichaligi, ishlab chiqarishning turli shaklda amalga oshirilishi va 
ishlab chiqarilgan mahsulotning ko'p turdaligi hisoblanadi. Kichik 
biznes sohasida amal qiluvchi korxonalarning hajmlari va amaliy 
62 


imkoniyatlari asosida ularning xususiyatlarini inobatga olgan holda 
a x b o r o t
tizimlarini loyihalashtirish mumkin. Biroq har bir korxona 
uchun alohida axborot tizimini yaratish yetarli samara bermaydi. 
Axborot texnologiyalarini tatbiq qilish bo'yicha zudlik bilan 
qaror qabul qilish kerakligini ko'plab muassasalarning rahbarlari 
hozirgi paytda his etmoqdalar. Axborot tizimlarini tatbiq qilish 
muassasalarga qimmatga tushishi mumkin, lekin amaldagi tartibni 
saqlab qolish esa undan ham qimmatroq bo'lishi mumkin. Axborot 
tizimlarini va ularni tatbiq qilish uchun qo'llaniladigan texnik 
vositalarni korporatsiya faoliyatida tatbiq etish raqobatdosh 
sharoitda ustunlikka erishish uchun yetarli shart emas. Bunday 
tizimlarning samaradorligi menejmentni takomillashtirishda va 
biznesning tashkiliy tamoyilida yuqori samara berishi mumkin. 
Demak, korporatsiya boshqaruvida tizimli yondashuv asosida 
axborot texnologiyalari va tizimlarini tatbiq etish boshqaruv sifatini 
samaradorligini oshirishning asosiy omili hisoblanadi. Axborot 
texnologiyalari va tizimlari ko'p qirralidir va u aniq sharoitlarda 
paydo bo'ladi. Korxonalar kompyuter axborot tizimlarini tatbiq 
qilinishi asosida samaradorligi jihatidan ham farqlanadilar. Ba'zi 
hollarda axborot tizimlarini malakali tarzda tatbiq etish raqobatdosh 
ustunlikni berishi mumkin. Masalan, uzoqlashtirilgan korxona 
bo'linmalari faoliyatida hamkorlikni takomillashtirish yoki buyurt-
malarni bajarish tezligini oshirish hisobiga axborot tizimlari samara-
dorligi ortadi. Boshqa hollarda kompyuter texnikasi murakkab 
vazifalarni bajarishni yengillashtiradi va axborotlarni tizimlash-
tirishga yordam beradi. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling