A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
-§. Tovar moddiy zahiraiarni boshqarish
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
2-§. Tovar moddiy zahiraiarni boshqarish
Aylanma aktivlarni boshqarish siyosati korxonalar moliyaviy strategiyasining muhim qismi sanalib, bu siyosatning asosiy maqsadi korxonalarda yetarli miqdorda aylanma aktivlarni hajmi va tarkibini shakllantirish, hamda ularni moliyalashtirish manbalari tizimini optimallashtirishdan iborat. Korxonalarda aylanma aktivlarni boshqarish siyosati quyidagi tartibda (ketma-ketlikda) amalga oshiriladi. 1. Korxona aylanma aktivlarining tahlili. Bu jarayonda aylanma aktivlarning barcha xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ularning avvalgi-yillarga nisbatan o'sish darajalari, tarkibiy o'zgarishlari, rentabellik ko'rsatkichlari va shu kabi taxliliy ishlar amalga oshiriladi. 2. Aylanma aktivlarni tashkil qilish yoki shakllantirishni eng maqbul turini tanlash. Korxonalarda aylanma aktivlarni tashkil qi- lishni uch xil yondashuvi mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat: - konservativ yondashuv. Korxonalarda aylanma aktivlarni tashkil qilishda bu turdagi yondashuvda, korxonalar joriy faoliyatini qoniqarli amalga oshirilishini ta'minlovchi aylanma aktivlarning miqdori belgilanadi va ko'zda iutilmagan holatlar uchun ko'p miqdorda zahiralar tashkil qilinadi; - o'rtamiyona yondashuv. Korxonalarning joriy faoliyatida aylanma aktivlarga bo'lgan talabi ta'minlanadi va ko'zda tutilmagan holatlar uchun muayyan miqdorda zahiralar tashkil qilinadi. - agressiv yondashuv. Korxonalarning joriy faoliyatni to'xtovsiz amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonini takomillash- tirib borish uchun, aylanma aktivlarning etarli miqdori belgilanadi va ko'zda tutilmagan holatlar uchun minimal darajada zahira tashkil qilinadi. 3. Aylanma aktivlarning miqdorini optimallashtirish. 4. Korxonalar moliyaviy barqarorligini takomillashtirish, jo'lov qobiliyatini mustahkamlash maqsadida, aylanma aktivlarning hkvidlik darajalarini shunga mos holda oshirib borishni ta'minlash. s i 5. Korxonalarda belgilangan rivojlantirish dasturlarining ijro- sini amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan miqdorda, aktivlardan foydalanishning rentabellik darajasini ta'minlash. 6. Aylanma aktivlardan foydalanish jarayonida ularning yo'qo r tilishi yoki shikast etishi kabi holatlar yuz berishini minimallash- tirish va oldini olish uchun sharoitlar yaratish. 7. Aylanma aktivlarni moliyalashtirish manbalarini optimal tizimini shakllantirish. Kompaniyalarda ayrim turdagi aylanma aktivlardan foydala- nish, ma'lum bir xususiyatlarga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda kompaniyalar ushbu turdagi asosiy aylanma aktiv- lardan foydalanishda aniq bir chora tadbirlar dasturi yoki tegishli tarzda aylanma aktivlardan foydalanish siyosatini ishlab chiqadilar, ushbu turdagi aylanma aktivlarga misol qilib quyidagilarni ko'rsa- tish mumkin: a) tovar moddiy zahiralari; b) debitorlik qarzlari; v) pul mablag'lari. Tovar moddiy zahiralami boshqarish. Tovar moddiy zahira- larni boshqarish siyosati, kompaniyalarda aylanma aktivlarni bosh- qarish siyosatining muhim qismi sanaladi. Tovar moddiy zahiralami boshqarish deyilganda korxonalarda ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish jarayonini o'z vaqtida amalga oshirish maqsadida zaruriy zahiralar bilan ta'minlash tushuniladi. Korxonalarda tovar moddiy zahiralarining tarkibi va nomenklaturasi ularni xo'jaiik faoliyatining turlari, yo'nalishi va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilinadi. Savdo va vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarda zahiralar asosan, savdo tarmoqlarida realizatsiya qilish uchun mo'ljallangan tayyor mahsulotlar ko'rinishida bo'lsa, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalarda esa zahiralar quyidagicha bo'ladi: a) xomashyo va materiallar (tovar moddiy zahnralari); b) tugallanmagan ishlab chiqarish; v) ombordagi tayyor mahsulotlar. Tovar moddiy zahiralami boshqarishdan maqsad - kerakli miqdorda va belgilangan muddatda mahsulotlar ishlab chiqarish, ushbu jarayonni uzluksizligini ta'minlash va buning asosida zahiralami saqlash bo'yicha qilinadigan xarajatlarni minimal- lashtirish va mahsulotlarni to'liq realizatsiya qilishga erishish. 82 Tovar moddiy zahiralarni samarali boshqarish bevosita korxonalarda ushbu turdagi aylanma aktivlarni boshqarish siyosati to'g'ri va oqilona ishlab chiqilganligiga bog'liqdir. Korxonalarda tovar moddiy zahiralarini boshqarish siyosatini ishlab chiqish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. O'tgan davr mobaynida shakllangan tovar moddiy zahira- larning tahlili. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, korxonaning ishlab chiqarish yoki tadbirkorlik faoliyatini kerakli zahiralar bilan ta'minlanganlik darajasini aniqlash va ulardan foydalanish samaradorligini baholashdir. Tahlil jarayonida tovar moddiy zahiralarning umumiy suinmasi, uning o'zgarish dinamikasi, tovar moddiy zahiralarning aylanma aktivlarning xajmidagi ulushi ko'rib chiqiladi. Keyingi bosqichda esa, zahiralarning tarkibi va tuzilishi, mavsumiy tebranishlar va aylanma aktivlarning miqdori, hamda ulardan foydalanish samaradorligi va alohida turdagi zahiralarni saqlash bo'yicha qilingan xarajatlarning miqdori o'rganiladi. 2. Korxonalarda zahiralarni aniq maqsadga ko'ra shakllan- tirish. Bunda korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat- ning turlari va yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda zahiralarni shakllantirish inobatga olinadi, ya'ni korxona ishlab chiqarish faoli- yatini amalga oshiradigan bo'lsa, u holda ishlab chiqarish jarayo- nida foydalaniladigan zahiralar tashkil qilinadi, yoki korxona mahsulotlar realizatsiya qilish yoki sotish faoliyati bilan shug'ul- lanadigan bo'lsa, zahiralar ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq holda shakllantiriladi. 3. Korxonalarda asosiy turdagi zahiralarning xajmi yoki miqdorini optimallashtirish, ya'ni korxonalarda ishlab chiqarish zahiralari va tayyor mahsulot zahiralarining kerakli miqdorda mavjudligini ta'minlash. Korxonalarda tovar moddiy zahiralarni boshqarish siyosatining keyingi bosqichida korxona moiiyaviy rahbarlari va moiiyaviy menejerlari birgalikda, xo'jalik faoliyatini normal yo'lga qo'yish uchun talab qilinadigan darajada zahiralar miqdorini aniqlashlari, hamda quyidagi savollarga yechim topish- hklari lozim bo'ladi: a) ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun minimal darajadagi zahiralar xajmi qancha bo'lishi kerak; b) kelgusida zahiralarga buyurtmani qachon berish kerak bo'ladi; v ) buyurtma qilinayotgan zahiralarning optimal xajmi qancha 83 bo'lishi kerak; g) zahiralami olib kelish, ularni joylashtirish va saqlash bo'yicha qilinadigan xarajatlar summasi qanchani tashkil qiladi. Xalqaro amaliyotda moliyaviy menejerlar tomonidan bu turdagi savollarga javob topishda va tovar moddiy zahiralami samarali boshqarishda turli modellardan foydalaniladi. 4. Korxonalarda tovar moddiy zahiralar harakatini nazorat qilishning samarali tizimini yaratish. Bunda asosiy vazifa korx- onalar tomonidan zahiralami to'ldirish maqsadida burtmalami o'z vaqtida olib kelish va joylashtirish bo'yicha, amalga oshiriladigan barcha vazifalarni to'g'ri tashkil qilish hisoblanadi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling