A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
Muzokara va muhokama uchun savollar
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- AYLANMA MABLAGLARNI MOLIYALASHTIRISH JARAYONINI BOSHQARISH l-§. Aylanma aktivlarni boshqarish siyosati va uni ishlab chiqish mexanizmi
Muzokara va muhokama uchun savollar
1. Korxona aktivlarining tarkibi va ularni boshqarish siyosatini tushuntirib bering. 2. Korxona aktivlaridan foydalanishning samaradorlik ko'rsat- kichlari kimlardan iborat? 3. Korxona aktivlaridan samarali foydalanishning moiiyaviy barqarorlikka qanday ta'siri mavjud? 4. Marketing siyosatining nechog'lik samarali tashkil etilgan- ligi korxona narx siyosatida ahamiyat kasb etadimi? 76 VI BOB. AYLANMA MABLAG'LARNI MOLIYALASHTIRISH JARAYONINI BOSHQARISH l-§. Aylanma aktivlarni boshqarish siyosati va uni ishlab chiqish mexanizmi Joriy aktivlarini boshqarishni korxonaning aylanma mablag'- larini boshqarish deyish ham mumkin. Aylanma mablag'larni (ak- tivlarni) boshqarish. Korxonaning aylanma mablag'lari tarkibiga, uning mulkchilik shakli, xo'jalik-moliyaviy faoliyatining turiva boshqa xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bir qancha unsurlar kiritiladi, Korxona aylanma aktivlar xususiyatlariga ko'ra tasnif- lashtiriladi. 1. Aylanma mablag'larning turlarga ajratilishiga ko'ra: • xomashyo, material va yarim tayyor mahsulot zahiralari; « tayyor mahsulot; ® debitorlik qarzlari; • pul mablag'lari; • boshqa turdagi aylanma mablag'lar 2. Joriy faoliyatda yoki ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga ko'ra: • ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi aylanma aktivlar (ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot zahiralari va boshqalar); « korxonalarning moliyaviy siklida qatnashuvchi aylanma ak- tivlar (debitorlik qarzlari, pul mablag'lari va boshqalar). 3. Aylanma mablag'larning tarkibida ishtirok etish muddatiga ko'ra: • aylanma aktivlarning o'zgaruvchan tarkibi, ya'ni buning tar- kibiga mavsumiy xarakterga ega bo'lgan mahsulotlarni ishlab chi- qarish jarayonida ishtirok etuvchi aktivlar tushuniladi, ushbu turdagi aylanma aktivlar mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga mos ravishda o'zgarib boradi; 77 • aylanma aktivlarning doimiy tarkibi, ya'ni ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarga bog'liq bo'lmagan, aktivlarning bir qismi. 4. Aylanma aktivlarning shakllanish manbalariga ko'ra: • yalpi aylanma aktivlar; e sof aylanma aktivlar; • o'z aylanma aktivlari. Aylanma aktivlarni boshqarishning e'tiborli jihati shundaki, ushbu jarayonda moliyaviy menejer kompaniyalarning ishlab chi- qarish, moliyaviy va operatsion sikl xususiyatlari, ular o'rtasidagi o'zaro bogiiqliklarni to'g'ri va mukammal mushohada qilishidadir. Bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda, firma va kompaniya- larning aylanma aktivlarning doiraviy aylanishi yoki yuqoridagi turli bosqich tsikllari, kompaniyalarning dastlabki xomashyo mah- sulotini sotib olgan davrdan to tayyor mahsulotning realizatsiya- sidan pul mablag'larini kelib tushishigacha bo'lgan barcha oraliq davriy jarayonlarni o'z ichiga oladi. Kompaniyalar aylanma aktivla- rini doiraviy aylanishini quyidagicha ifodalash mumkin (6.1-rasm). Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling