A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova
-§, Korxonalarda aylanma mablag'larni boshqarish
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT
3-§, Korxonalarda aylanma mablag'larni boshqarish
damoliyaviy strategiyalarni joriy etishning iqtisodiy samarasi Moliyaviy strategiya korxonaning muhim funktsional strate- giyalaridan biri bo'lib, tashqi vositalar o'zgamvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffa- qiyatini ta'minlashning eng samarali yo'llarini tanlash. moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish yo'nalishlarini ta- komillashtirish yo'lida moliyaviy faoliyat va moliyaviy rnunosa- batlarni rivojlantirishning barcha asosiy yo'nalishlarini ta'minlashni o'zida aks ettiradi. Korxonaning samarali rivojlanishini ta'minlashda moliyaviy strategiya ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Buni quyida- gilarda ko'rishimiz mumkin: 1. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiya yaxlit korxona va uning alohida tarkibiy bo'linmalari oldiga qo'yilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning uzoq muddatli umumiy va moliyaviy maq- sadlarni. amalga oshirish mexanizmini ta'minlaydi. 2. Moliyaviy strategiya korxonaning real moliyaviy imkoni- yatlarini baholash, ichki moliyaviy imkoniyatlardan maksimal foy- dalanishni va moliyaviy resurslar tezkor aylanuvchanligini ta'min- lash imkonini beradi. 3. Moliyaviy strategiya tashqi omillaming tezkorlik bilan o'zgarishi jarayonida pay do bo'ladigan yangi istiqbolli investitsion imkoniyatlarni tezkor amalga oshirishni ta'minlaydi. 84 4. Moiiyaviy strategiya ishlab chiqish nazorat qilinmagan kor- xonalar rivojlanishining mumkin bo'lgan variantlarida ta'sir qiluv- chi tashqi omillarni hisobga oladi va korxona faoliyati uchun salbiy oqibatlarni minimum darajaga pasaytirish imkonini beradi. 5. Korxonaning moiiyaviy faoliyatini uning raqobatchilari bilan solishtirish orqali afzallik jihatlarini aniqlash imkoniyatini beradi. 6. Aniq moiiyaviy strategiya korxona moiiyaviy faoliyatini strategik, joriy va operativ boshqarishdagi o'zaro bog'liqlikni ta'minlaydi. 7. Korxonada eng muhim strategik moiiyaviy qarorlar ijrosini moiiyaviy mentalitetga muvofiqiikda amalga oshirishni ta'minlaydi. 8. Moiiyaviy strategiya tizimida muhim moiiyaviy boshqaruv qarorlarini aniq mezonlar asosida baholash imkoniyati shakllanadi. Korxonada o'z-o'zini tashkil etishga qodir ochiq tizim sifatida qarash tamoyili strategik boshqaruv jarayonida korxona moiiyaviy strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha tashqi omillar bilan o'zaro bog'liq ochiq va aniq tizimni o'zida aks ettiradi. Korxonaning bunday o'zaro bog'liqlik jarayoni bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos makonni, vaqtni hamda funktsional tarkibni talab qiladi. Korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida ochiqligi va o'z-o'zini tashkil etishga qobiliyatli ekaniigi moiiyaviy strategiyaning sifatli tashkil etilishini ta'minlash imkonini beradi. Korxona operatsion faoliyati bazaviy strategiyalarni hisobga olish tamoyili korxona iqtisodiy rivojlanish umumiy strategiyasining tarkibiy qismi sifatida birinchi navbatda operatsion faoliyatni rivojlantirishni ta'minlash va moiiyaviy strategiyaning unga bo'ysunuvchan xarakterda bo'lishini ifodalaydi. Shuning uchun moiiyaviy strategiya strategik maqsadlar va operatsion faoliyat yo'nalishlariga muvofiqlashtirilishi kerak. Umuman, moiiyaviy strategiyaga tanlangan korporativ strategiya bilan muvofiqiikda korxona samarali rivojlanishini ta'minlashning muhim omillaridan biri sifatida qaraladi. Shu bilan birgalikda moiiyaviy strategiya korxona operatsion faol ivatini strategik risojlantirishni tashkil etishga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bu operatsion strategiyaning asosiy maqsadlari hisoblan- gan yuqori darajada mahsulot realizatsiyasini, operatsion foyda va korxonaning raqobatdagi pozitsiyasini oshirishni ta'minlash bilan bog'liq. Agar korxona o'z moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshira- yotgan tovar va moliya bozorlarining rivojlanish tendentsiyalari paydo bo'ladigan holatlarga mos tushmasa, bu korxona operatsion faoliyat rivojlanishining strategik maqsadlari moliyaviy chekiashlar bilan bog'lanmaganligini ko'rsatadi. Bunday holatda. korxona operatsion faoliyat strategiyasini mos ravishda muvofiqlashga to'g'ri keladi. Moliyaviy faoliyatni strategik boshqarishni tadbir- korlikka maqsadli yo'naltirish tamoyili korxonalarda moliyaviy boshqaruv o'sishini yoki tadbirkorlikka mos strategik maqsadlarni tavsiflaydi. Strategik moliyaviy boshqaruvning o'sish usuli korxona moliyaviy faoliyatining rivojlanish darajasi yuqori bo'lgan holatda qabul qilinadigan moliyaviy qarorlar muqobil variantlarini minimallashtirishni va rivojlanish darajasini saqlab qolishni o'zida aks ettiradi. Strategik moliyaviy boshqaruvning tadbirkorlik usuli asosini moliyaviy faoliyatning barcha yo'nalishlari va shakllari bo'yicha samarali boshqaruv qarorlari ustida faol ishlash tashkil etadi. Moliyaviy boshqaruvning bu stili tashqi omillar o'zgarishini hisob- ga olgan holda qo'yilgan strategik maqsadlarga erishish uchun bar- cha yo'llarda moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirishning yo'nalish- lari, shakllari va metodlari doimiy transformatsiyasi bilan bog'liq. Iqtisodiy adabiyotlarda strategik moliyaviy boshqaruvning o'sish usuli konservativ (an'anaviy) usul sifatida, shu bilan bir vaqtda tadbirkorlik usuli - agressiv, jadallik bilan rivojlanishga yo'naltirilgan usul sifatida qaraladi. Bu bo'yicha ko'pchilik iqtisodchilar xulosasiga ko'ra strategik moliyaviy boshqaruvning tadbirkorlik usulli yangi boshqaruv paradigmasi - strategik boshqaruv bilan bog'lanadi. Strategik moliyaviy rivojlanishning yetakchi sohalarini belgilash tamoyili korxona moliyaviy faoliyatining eng muhim yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishning bosh maqsadi uzoq muddatli istiqbolga korxonaning bozor qiymati doimiy o'sib borishini ta'minlash hisoblanadi. Moliyaviy resurslarini taqsimlash strategiyasi esa bir tomondan alohida funksional strategiyalarni amalga oshirishni moliyaviy 86 ta'minlashga qaratilsa, boshqa tomondan strategik maqsadlarda korxona investitsion faoliyatini shakllantirishga yo'naltiriladi. Korxona moiiyaviy xavfsizligini ta'minlash strategiyasi uning stra- tegik rivojlanish jarayonida moiiyaviy barqarorlikning asosiy ko'rsatkichlarini shakllantirishga va qo'llab-quwatlashga yo'naltiri- ladi. O'z navbatida korxona moiiyaviy faoliyati boshqaruvining sifatni oshirish strategiyasi korxonalarda moiiyaviy xizmatni shakllantirishga xizmat qiladi. Moiiyaviy strategiyaning moslashuvchaniigini ta'minlash ta- moyili korxona moiiyaviy faoliyatining kelgusidagi rivojlanishi har doim ham noaniqlik kasb etishi bilan izohlanadi. Shuning uchun korxonaning ishlab chiqilgan moiiyaviy strategiyasini amalga oshi- rishning barcha bosqichlarida uni o'zgarishsiz ko'rinishda saqlash mumkin imkoni yo'q. Bunday sharoitda moiiyaviy menejerlarning muqobil strategik xatti-harakatlari asosida ishlab chiqilgan moiiya- viy strategiyaning yuqori darajadagi moslanuvchanligi yuzaga chiqadi. Strategik moslashuvchanlik moiiyaviy faoliyatni amalga oshirishning ichki yoki tashqi shart-sharoitlari o'zgarishi natijasida yangi strategik moiiyaviy qarorlarni ishlab chiqish yoki tezkor o'zgartirishlarni amalga oshirish bo'yicha korxonaning mavjud imkoniyatiarini o'zida aks ettiradi. U moiiyaviy faoliyatni ichki tashkiliy muvofiqlashtirish orqali moiiyaviy resurslami bir strategik xo'jalik yuritish zonasidan boshqasiga osonlik bilan o'tkazish imkoniyatini beradi. Strategik moiiyaviy tanlovlarning muqobilini tanlash tamoyili strategik moiiyaviy qarorlar asosida moiiyaviy faoliyatni amalga oshirish yo'nalishlari, shakllari va metodlarining muqobil variant- larini qidirish, umumiy moiiyaviy strategiyani shu asosda qurish uchun eng yaxshisini tanlash va uni samarali amalga oshirishni shakllantirishda namoyon bo'ladi. Muqobillik butun korxona stra- tegik boshqaruv tizimida muhim farq qiluvchi xususiyatlar inobatga olingan bo'ladi va strategik moiiyaviy to'plamning barcha eiementlari - moiiyaviy xnaqsadlar, moiiyaviy faoliyatning alohida ko'rinishlari, moiiyaviy resurslar shakllanish manbalari, moiiyaviy boshqaruv usuli va mentalitetlari bilan bog'langan. 87 Moliyaviy faoliyatda texnologik rivojlanish natijalaridan doimiy foydalanishni ta'minlash tamoyili moliyaviy strategiyani shakllantirishda korxonaning bozordagi raqobat pozitsiyasi o'sishini ta'minlovchi texnologik yangiliklarni joriy etish orqali moliyaviy faoliyatning bosh mexanizmlarini ishlab chiqishni anglatadi. Shu- tting uchun korxonaning umumiy strategik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish texnologik rivojlanish natijalaridan tezlik bilan foydalanishga sezilarli darajada bog'liq bo'lib, texnologik rivoj- lanish natijalari jarayonni engillashtiradi. Strategik moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida moliyaviy risklar darajasini hisobga olish prinsipi moliyaviy strategiyani shakllantirish jarayonida qabul qilinadigan barcha asosiy moliyaviy qarorlar amaliy jihatdan turli darajada moliyaviy risklar bilan bog'langanligini hisobga olishni o'zida aks ettiradi. Bu bog'liqlikni birinchi navbatda moliyaviy faoliyat yo'nalishlari va shakllarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish, moliyaviy faoliyatni boshqarishning yangi tashkiliy tuzilmalarini joriy etishda ko'rishimiz mumkin. Xususan, moliyaviy risklarning yuqori darajasi foiz stavkalari tebranish davri va inflyatsiyaning o'sish davrlarida ko'tariladi. Moliyaviy menejerlarning turli xil mentalitetlari bilan bog'liq ravishda har bir korxonada moliyaviy strategiyani ishlab chiqish jarayonida moliyaviy risklarga yo'l qo'yish darajasiga nisbatan aniq differensial (tabaqalashgan) parametrlar o'rnatilishi lozim. Bunda belgilanadigan parametrlar yo'l qo'yilayotgan risklarning yuzaga chiqishi natijasida ko'rilishi mumkin bo'lgan zararlarni kamaytirish maqsadida chora-tadbirlarni o'zida mujassam etadi. Moliyaviy strategiyani amalga oshirish jarayonini moliyaviy menejerlarga yo'naltirish tamoyili korxona moliyaviy strategiyasi alohida parametrlarini ishlab chiqishga, uni amalga oshirishga maxsus tayyorlangan mutaxassislar - moliyaviy menejerlar jalb qilinishi lozimligini anglatadi. Bunday menejerlar strategik boshqaruvning asosiy tamoyillari, moliyaviy faoliyatning alohida jihatlarini boshqarish mexanizmlari bilan tanish bo'lishlari, moliyaviy nazoratning metodlarini egallagan bo'lishlari lozim. Ishlab chiqilgan moliyaviy strategiyaning tashkiliy tuzilma va tashkiliy madaniyatga muvofiqligini ta'minlash tamoyili moliyaviy 88 strategiyani samarali amalga oshirishning muhim sharti sifatida boshqaruvning tashkiliy tuzilmalaridagi o'zgarishlar va tashkiliiy madaniyatni o'zaro muvofiqlashtirishda namoyon bo'ladi. Bu s o h a d a ko'zda tutilgan strategik o'zgarishlar moiiyaviy strategiya parametrlari va uni amalga oshirishni ta'minlashning tarkibiy qismi bo'lishi lozim. Korxona moiiyaviy faoliyat sohasida strategik to'plamning asosiy imsurlarini izlab tonish strategik moiiyaviy tahlil natijalariga asoslanadi. Strategik moiiyaviy tahlil istiqboldagi davrda korxonani rivojlantirishning aniq xususiyatlari va mumkin bo'lgan yo'na- lishlaridan kelib chiqqan holda korxona moiiyaviy faoliyatini amalga oshirishning samaradorligiga ichki va tashqi omillar ta'sirini o'rganish jarayonini o'zida aks ettiradi. Strategik moiiyaviy tahlilning yakuniy natijasi moiiyaviy faoliyatning har bir strategik yetakchi sohalari doirasida moiiyaviy rivojlanishning asoslarini va imkoniyatlarini ko'p tomonlama va kompleks tavsiflaydigan korxona strategik moiiyaviy pozitsiyasi modeli hisoblanadi. Strategik moiiyaviy tahlilni amalga oshirishning muhim asoslaridan biri uning asosiy obyektlarini aniqlash hisob- lanadi. Strategik moiiyaviy tahlilning asosiy yaxlit obyektlari yaku- niy natijasi sifatida tuzilishini hisobga olgan holda korxona strategik moiiyaviy rivojlantirishning dominant sohalari (yo'nalishlari) ko'zga tashlanadi. Bunday yetakchi sohalardan har biri ko'rib chiqi- layotgan yo'nalish bo'yicha korxona moiiyaviy faoliyati xususi- yatlari va natijalarini turli tomonlardan tavsiflaydigan alohida segmentlarga bo'lingan bo'lishi lozim. Strategik tahlil o'tkazish asoslari korxona xo'jalik faoliyatiga alohida omillarning ta'siri va ularning ishlab turgan muhiti sha- re itini o'rganishdan tarkib topgan. Strategik moiiyaviy tahlil yo'na- lishlari va obyektlari tarkibini hisobga olgan holda uning o'rganish predmeti bo'lib korxonaning ishlab turgan moiiyaviy muhiti hisoblanadi. Korxonaning ishlab turgan moiiyaviy muhiti deganda tashkiiotga, uning moiiyaviy faoliyati shakllari va natijalariga ta'sir etuvchi shart-sharoitlar va omillar tizimi tushuniladi. 89 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling