A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


«А» korhonada soliq to'langunga qadar


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

«А» korhonada soliq to'langunga qadar 
foyda hajmining o'sish sur'ati 
(ming so'm) 
8.6-jadval 
№ Ko'rsatkichlar 
2012 
yil 
boshi 
2012 
yil 
oxiri 
Mutlaq 
farq, 
(+,-) 
O'sish 
surati, 
(%) 
1. 
Umumxo'jalik faoliyatidan 
ko'rilgan foyda (zarar) 
12405 
14111 +1706 
113,75 
2. Favqulodda foyda (zarar) 
-
-
-
-
3. 
Soliq to'langunga qadar 
foyda(zarar) (lq. +,-2q.) 
12405 
14111 +1706 
113,75 
125 


Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, «A»korhonada soliq 
to'langunga qadar foyda hajmi 2012-yil oxiri yil boshiga nisbatan 
1706 ming so'mga oshgan yoki uning o'sish sur'ati 113,75 %ni 
tashkil etdi. Jamiyatda hisobot yili davomida favqulodda foyda va 
zarar ko'rilmagan. Tahlil qilinayotgan «А» korhonning sof foyda 
hajmini oshirish uchun katta imkoniyat bo'lgan. Hisoblangan 7 ta 
omildan 5 tasining ta'siri salbiy bo'lgan. Agar ushbu omillar 2012-
yil boshidagidarajada saqlanib qolinganida edi, sof foyda summasi 
369634 ming so'mga oshgan bo'lar edi (308334+45064 
+11574+2516+2146). U holda, sof foydaning umumiy hajmi hiso-
bot yili 374111(369634+4477) ming so'mni tashkil qilgan bo'lar 
edi. Demak, sof foyda hajmini oshirish bo'yicha imkoniyatlar 
mikdori 369634 ming so'mga teng ekan. 
Binobarin, «А» korhonaning boshqaruv ma'muriyati kelajakda 
oqilona tahlil natijasida aniqlangan ichki imkoniyatlardan to'liq 
foydalanish, ularni amaliyotga qo'llash yo'llarini ishlab chiqishi 
lozim. Soliq to'languncha qadar foydani taqsimlash deganda 
foydani davlat budjeti daromadlarini tashkil etishiga, xo'jalik 
yurituvchi subyektlarning ichki pul mablag'lari fondlarini barpo 
etishga va ularning boshqa ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirish 
tushuniladi. 
Foydani taqsimlash, avvalo, uning umumiy miqdorini alohida 
tartibda davlat budjetiga foydadan soliq hamda boshqa soliq va 
ajratmalar ajratishni nazarda tutadi. Soliqlar to'langandan so'ng 
korxonalar tasarrufida qoladigan sof foyda dividendlar to'lashga va 
zahira sarmoyani to'ldirishga yo'naltiriladi. Taqsimlanmagan qismi 
bugalteriya balansi passivining 2-bo'limi «O'z mablag'lari 
manbalari» 450-satri «Taqsimlanmagan foyda» da ko'rsatiladi. Agar 
korxona zarar ko'rgan j bo'lsa, shu satrda zaraming hali 
qoplanmagan qismi ko'rsatilib, o'z mablag'lari summasining yakuni 
xuddi shu miqdorga kamaytiriladi (480-satr). 
Foydani taqsimlash zamirida butun jamiyat manfaatlarini 
mehnat jamoalari va har bir xodimning manfaatlari bilan uyg'un-
lashtirish, ularda o'z faoliyatlarini takomillashtirishdan, foydani 
ortishi va undan ishlab chiqarishni kengaytirish, ijtimoiy rivojlanish, 
xodimlarni moddiy rag'batlantirish uchun foydalanishdan manfaat-
dorlikni vujudga keltirish yotadi. «А» korhonada 2012-yil oxiri 
126 


bo'yicha o'rtacha hisobda foydaning 68,27%i davlat budjetiga 
tushgan, 31,73%i esa tashkilotlar ixtiyorida qolgan. Foyda ko'rsat-
kichlarini oqilona tahlil usuli amaliyotga joriy qilinsa, korxona-
larning raqobatbardoshligini ta'minlash, bankrotlik holatini oldini 
olish, moliyaviy va iqtisodiy salohiyatni oshirish, hamda ularning 
xo'jaiik faoliyatiga iqtisodiy baho berish imkoni bo'ladi. 
Xo'jaiik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari 
foydaning quyidagi ko'rsatkichlari bilan tavsiflanadi: 
- mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda, bu sotishdan olin-
gan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish 
tannarxi o'rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: 
YAF=SST-IT, 
bunda, 
YAF - yalpi foyda; 
SST - sotishdan olingan sof tushum; 
IT - sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; 
- asosiy faoliyatdan ko'rilgan foyda, bu mahsulotni sotishdan 
olingan yalpi foyda bilan davr xarajatlari o'rtasidagi tafovut va 
plyus asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshqa daromadlar yoki minus 
boshqa zararlar sifatida aniqlanadi: 
AFF=YAF-DX+BD-BZ, 
bunda, 
AFF - asosiy faoliyatdan olingan foyda; 
DX - davr xarajatlari; 
BD - asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; 
BZ - asosiy faoliyatdan ko'rilgan boshqa zararlar; 
- xo'jaiik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar), bu asosiy 
faoliyatdan olingan foyda summasi plyus moliyaviy faoliyatdan 
ko'rilgan daromadlar va minus zararlar sifatida hisoblab chiqiladi: 
UF=AFF+MD-MX, 
bunda, 
UF - umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda; 
MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; 
MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari; 
- soliq to'langungacha olingan foyda, u umumxo'jalik 
faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko'zda tutilmagan) 
vaziyatlardan ko'rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi: 
127 


STF=UF+FP-FZ, 
bunda, 
STF - soliq to'langungacha olingan foyda; 
FP - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; 
FZ - favqulodda vaziyatlardan ko'rilgan zarar; 
- yilning sof foydasi, u soliq to'langandan keyin xo'jalik 
yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o'zida foydadan to'lanadigan 
soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar 
va to'lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to'langunga qadar 
olingan foydani ifodalaydi: 
SF^STF-DS-BS, 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling