A. G. I brag I mov, Z. R. Madaminova


uning o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillar tahlili


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/80
Sana21.01.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1107728
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
91653fffa6f95c048b4e2ca3b10cda02 MOLIYAVIY MENEJMENT

uning o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillar tahlili 
(ming so'm hisobida) 
8.3-jadval 
№ Ko'rsatkichlar 
2012-yil 
boshi 
2012-yil 
oxiri 
O'zgarishi 
(+r) 
O'sish 
sur'ati, 

1. 
Mahsulot sotishdan 
olingan sof tushum 
1394779 1641263 +246484 
117,67 
2. 
Sotilgan mahsulotning 
ishlab chiqarish 
tannarxi 
1017940 1326274 +308334 
130,29 
3. 
Mahsulot sotishdan 
kelgan yalpi foyda( lq 
- 2 q ) 
376839 314989 
-61850 
83,59 
Korxonaning asosiy faoliyatdan boshqa xarajatlariga quyida-
gilar kiradi: 
- kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari: 
- loyiha va qurilish-montaj ishlarida chalalikni bartaraf etish 
xarajatlari; 
- maslahat va axborot tizimlariga haq to'lash; 
- auditorlik xizmatlari uchun to'lovlar; 
- salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarni ishlabchiqarish 
jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog'liq bo'lmagan dam 
olishlarni tashkil etish tadbirlari xarajatlari; 
- kompensatsiya va rag'batlantirish tusidagi to'lovlar; 
- ish haqini hisoblashda e'tiborga olinmaydigan xarajatlar, 
ya'ni moddiy yordam; 
- vaqtincha to'xtatib qo'yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va 
obyektlarini saqlash xarajatlari; 
- sog'lomlashiirish, xalq ta'limi, ijtimoiy ta'minot va shu 
kabi tashkilotlarga badallar va b. 
Endi «В» korxona amaliyotiga oid ma'lumotlaridan foyda-
langan holda operatsion foydaning o'zgarishiga ta'sir etuvchi 
121 


omillarni aniqlash uchun quyidagi jadvalni tuzish tavsiya qilinadi 
(8.4 - jadval). 
8.4-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, «В» korxonada 
asosiy faoliyatdan tushgan foyda hajmi 2012-yil oxiri yil boshiga 
nisbatan 15796 ming so'mga oshgan. Bunga quyidagi omillar ta'sir 
ko'rsatadi: 
1.Tovarlarni sotishdan tushgan yalpi foyda hajmining 61850 
ming so'mga kamayishi natijasida asosiy faoliyatdan tushgan foyda 
miqdori shu summaga kamaydi.(-) 
2. Davr xarajatlari hajmining 45064 ming so'mga ortishi 
evaziga asosiy faoliyatdan tushgan foyda miqdori shu miqdorda 
kamaygan.(-) 
3.Boshqa operatsion daromadlar miqdori 122710 ming so'mga 
oshgan. Bu esa, o'z navbatida, asosiy faoliyatdan tushgan foyda 
hajmini shu summaga oshirgan.(+) 
Shunday qilib, yuqorida hisoblangan 3 ta omilning ta'siri: 
(-61850)+(-45064)+(+122710)= +15796 ming so'm. Bu esa asosiy 
faoliyatdan tushgan foyda hajmiga bo'lgan umumiy farqga 
(+15796) teng. 
Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, korxonada asosiy faoliyat-
dan olingan foyda (zarar) va uni o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omil-
larga baho berishda davr xarajatlari, asosiy faoliyatdan olingan 
boshqa daromadlar hamda
!
xarajatlarni ham tahlil qilish kerak. Davr 
xarajatlari deyilganda - bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan 
bog'liq bo'lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlari 
tarkibiga mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan 
xo'jalik sarflari kiritiladi. Ularni yuzaga chiqish shakli va o'rniga 
qarab quyidagilarga ajratish mumkin: 
— sotish xarajatlari; 
— ma'muriy xarajatlar; 
— boshqa operatsion xarajatlar. 
Sotish xarajatlari - mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritila-
digan xarajatlar, mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari 
tarkibi hamda moiiyaviy natijalarning shakllanish tartibi to'g'ri-
sidagi Nizomga muvofiq yagona tartiblash va to'g'ridan-to'g'ri 
korxona faoliyati natijaviyligi bogianish tartiblangan. Sotish xara-
122 


iatlari mahsulotlarni xaridor va buyurtmachilarga ortib jo'natish va 
sotish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlarni o'z ichiga oladi.Sotish 
x a r a j a t l a r i n i
ish haqi xarajatlari, ish haqidan ajratmalar, material 
x a r a j a t l a r i ,
asosiy vositalar va nomaterial aktivlar amortizatsiyasi, 
reklama xarajatlari, ish va xizmatlar, boshqa xarajat moddalari 
bo'yicha tarkiblash va tahlil etish mumkin. Ma'muriy xarajatlar 
q a t o r i g a
korxonani boshqarish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar 
kiritiladi va ularning korxona sarflari tarkibidagi salmog'i sezilarli 
u l u s h n i
tashkil etadi. Bu bevosita rahbarlar va boshqaruv 
apparatining xizmati xarajatlaridir. 

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling