A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet121/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduq usti jihozlari


Quduqlardan kutilayotgan bosim va debitga qarab o‘zlashtirish va ishlatish usullari tanlanadi. Quduqni konstruktsiyasi va ishchi bosimiga qarab yer usti jihozlari tanlanadi.
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda quduqlarning tuzilishi loyiha asosida olib borilishi kerak bo‘lib, quduq ustida bir davrda quyidagi moslamalar o‘rnatiladi.
Tushirilayotgan kolonnalarni ushlab turish, quvurlar oralig‘ini zichlash, ish tizimi to‘g‘ri ta‗minlash maqsadida quvurlar bosh birikmasi o‘rnatiladi, quvurlar bosh birikmasi o‘z navbatida 3 ga bo‘linadi:

    1. Quyi bosh birikma – yunaltiruvchi kolonna tushiriladi va unga biriktiriladi.

    2. O‘rta bosh birikmasi – konduktor va texnik kolonna tushiriladi va unga biriktiriladi.

    3. Yuqori bosh birikma – ishlatish kolonnasi tushirilib, unga biriktiriladi. Ushbu birikmalar oralig‘i semonlanadi va chiqish liniyalari o‘rnatiladi. Ular orasida hosil bo‘ladigan bosim doimiy tushirib borilishi zarur.

Quduqlarning tuzilishiga qarab bog‘lanmasi 2 turda shakllangan bo‘ladi:

  1. Bir kolonnali

  2. Ikki kolonnali

Quduq tanasi, mustahkamlovchi quvurlar birikmasi tog‘ jinslarning doimiy bosimi ostida bo‘ladi, ishlov quvurlari esa qatlamlar bosimi yoki haydalayotgan suyuqlik yoki gazni bosimi ostida bo‘ladi.
Mustahkamlovchi quvurlar birikmasi ichki va tashqi bosimlardan tashqari o‘zlarini og‘irlik kuchlari ta‗siri ostida bo‘ladi, konduktor esa qolgan quvurlar birikmasini og‘irligini yoki og‘irlikni bir qismini o‘ziga oladi. Quvurlar birikmasi boshchasi mustahkamlovchi quvurlardan tashkil bo‘lgan kuchlanishlarni, ichki bosimini, uskunalarga tayanch bo‘lgan ishlov quvurlarini og‘irliklarini o‘ziga qabul qiladi. Ichki bosim kabi tashqi bosim ham quduqni ishlatish jarayonida o‘zgaradi.
Quduqni favvora usulida ishlatishda ko‘targichni nomuntazam ishlashi o‘zgaruvchi kuchlarni hosil bo‘lishiga olib keladi.
Yuqori mahsulot olish vaqtida va qatlam gazida obraziv moddalarini bo‘lishi, suvning yuqori minerallashgan bo‘lishi yemirish sharoitlarini vujudga keltiradi. Natijada u mustahkamlovchi quvurlarga, quvurlar birikmasi boshchasiga va tsement halqasiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Gaz tarkibidagi karbonot angidrid gazi va oltingugurtsuvchil miqdori 4,25 % bo‘lgan, yuqori haroratli (2500Cdan yuqori), bosimli konlarda quvurlarni yemirish sharoiti tug‘iladi.
Yuqori bosim ostida quduqqa kislota, ishchi suyuqlar, gaz, yuqori haroratli issiq tashuvchilar haydash ham quduq ishini og‘irlashishiga olib keladi.
Gaz va gazkondensat quduqlari favvora usulida ishlatiladi. Bunda favvora armaturasi quyidagi muhim va murakkab vazifalarni bajaradi:

  • quduqqa tushirilgan NKQ larini ko‘tarib turadi;

  • quvur tashqi bo‘shlig‘i va ularni o‘zaro ajralishini zichlaydi;

  • quduqni berilgan chegaralarda ishlash tarzini tartibga soladi;

  • quduqni ishlashini uzluksizligi va uni ishlash ko‘rsatkichlarini tadqiqot qilish quduq ichida hamda quduq ustida olib borish mumkin.

Favvora armaturasi gaz quduqlarining murakkab va ko‘p funktsiyali qurilmasidir. Quduqlarni ishlatishda favvora armaturasini xatosiz tanlash, favvora armaturasini xatosiz ishlatish va yig‘ish juda ham katta ahamiyatga ega.
Gaz quduqlarining ustki jihozlari, ya‗ni favvora armaturasi 3 qismdan iborat:

  1. tizim boshchasi;

  2. quvur boshchasi;

  3. favvora archasi.

Bu qismlar alohida ma‗lum vazifalarni bajaradi.

Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling