A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
SO`Z BOSHIDarslikda neft va gaz qazib olish texnika va texnologiyalari hamda ularni amaliyotga tadbiq etish masalalari ko‗rib chiqilgan. Neft va gaz sohasining rivojlanishi yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, yaratish va sohaga tadbiq etish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa hozirgi vaqtga kelib olinishi qiyin bo‘lgan zaxiralar bilan ishlab, qazib olish ko‘rsatkichini oshirish dolzarb mavzular hisoblanmoqda. Shunday ekan neft va gaz qazib olish jarayonida ishlatilayotgan va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanishni bilish va amaliyotga tadbiq etish soha mutaxasislarining oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun darslikda yuqorida aytib o‘tilgan neft va gaz qazib olishda qo‘llaniladigan texnika va ularni ishlatish texnologiyalariga e‘tibor berilgan. Darslik 5311900-―Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish‖ bakalavriat ta‘lim yo‗nalishining talabalari uchun neft va gaz qazib olish texnologiyalari fanidan dastlabki tushunchaga ega bo‘lishi uchun mo‘ljallangan. Darslik mazkur fan bo‗yicha namunaviy o‗quv dasturda kiritilgan mavzularni to‗liq qamrab oladi. Hozirgi vaqtda ―Neft va gaz qazib olish texnologiyalari‖ fanidan o‘zbek tili lotin alifbosida darslik va o‘quv qo‘llanmalar soni juda kam. Shu sababli o‘quv dasturni imkon qadar qamrab oladigan darslik tayyorlashga harakat qilindi. KirishXalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, sanoat korxonalarini barchasini ta‘minlash borasida yoqilg‘i energetikasi – kompleksining hissasi beqiyosdir. Yoqilg‘i energetika kompleksining asosini neft va gaz qazib olish sanoati tashkil etadi. O‘zbekiston neft va gaz qazib olish sanoati rivojlanishi bilan sanoatda ishlovchilar oldiga katta vazifalar qo‘yib kelmoqda. Ushbu kasb egalari zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishishi, o‘z bilimlarini doimiy ravishda to‘ldirishda, yer bag‘ridan zaxiralarni olishda kelajak avlod uchun zamin yaratishda va davr talablaridan kelib chiqqan holda o‘z dunyo qarashlarini shakllantirishda ishchi sinfning oldi qatorida kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi neft va gaz qazib olish sanoatida eng zamonaviy, ilg‘or texnika, qurilmalar va inshootlar mavjud bo‘lib, ularning asosiy vazifasi neft va gaz qazib olish suratini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va mahsulotni jahon talablariga javob beradigan holatga keltirish. So‘nggi vaqtda, neft va gaz qazib olish texnologiyasi xilma xil jixozlarni ishlatib kelishga va texnologik jarayonlarni doimiy takomillashtirishga undaydi. Qatlamdagi neft va gaz xom ashyolarni yer yuzasiga qazib chiqarishda ko‘plab murakkab jixozlar va inshootlarni ishlatishga to‘g‘ri keladi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling