A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet8/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gravitatsion rejim. Neftni quduqlar tubiga harakatlantiruvchi asosiy energiya manbai og‘irlik kuchi hisoblanadi. Bu tarz odatda neft uyumlarini ishlatishning yakuniy bosqichida qatlam enyergiyasining boshqa manbalarini ta‘siri tugagandan so‘ng yuzaga keladi.
Neft konlarini ishlatish amaliyotida ikki turdagi gravitatsion tarz ajratiladi: a) bosimli gravitatsion; b) erkin neft yuzali gravitatsion rejim.
Birinchi turdagi rejim odatda yuqori o‘tkazuvchan, katta burchak ostida yotgan qatlamlar bilan bog‘liq uyumlarda kuzatiladi. Neft qazib chiqarish quduqlari tubiga o‘zining og‘irlik kuchi ta‘sirida harakatlanadi. Bunda neftning debiti neft sathi va quduq tubi orasidagi gipsometrik ko‘rsatkichning farqiga hamda qatlamning yotish burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun qatlamning tushishi bo‘yicha uzoqda
joylashgan quduqlar neftning yuqori debiti bilan tavsiflanadi. Bu o‘z navbatida neftberaoluvchanlik koeffitsientining oshishiga imkon yaratadi. Bu rejimda neftberaoluvchanlik koeffitsienti 0,3-0,4 ni tashkil etadi.
Ikkinchi turdagi rejim kollektorlik xossalari past, ahamiyatli fatsial o‘zgarishlar mavjud va yotish burchagi katta bo‘lmagan uyumlarda yuzaga keladi. Bu holatda neftning quduqlardagi sathi qatlamning ustki yuzasidan pastda bo‘ladi, ta‘minot zonasi uyumning quduq joylashgan maydoni hisoblanadi. Shu sababli neftning erkin yuzasi hosil bo‘ladi, uning holati tabiiy qiyalik chizig‘i bilan aniqlanadi.
Ta‘minot maydoni katta bo‘lmaganligi sababli neftberaoluvchanlik koeffitsienti kichik bo‘ladi – 0,1 dan 0,2 gacha.

Nazorat savollari.


  1. Neft koni deb nimaga aytiladi?

  2. Neft konini sanoat miqyosida baholash ko‘rsatkichlarini sanab o‘ting.

  3. Qatlam bosimi nima va qanday ifodalanadi? 4.Keltirilgan bosim nima va uni qanday aniqlanadi?

  1. Qatlam energiyasining qanday turlari mavjud?

  2. Ishlash rejimi deb nimaga aytiladi?

  3. Qanday tabiiy energiya turlari mavjud?

  4. Neft uyumlarining ishlash rejimlari

  5. Gaz uyumlarining ishlash rejimlari

  6. Suv bosimi rejimining namoyon bo‘lish 11.Qayishqoq - suv bosimi rejimining namoyon bo‘lish

12.Gaz bosimi rejimining namoyon bo‘lish

  1. Download 6.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling