A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet9/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

bob bо‘yicha xulosalar


Neft konlari va ularning sanoat miqyosida baholash ko‘rsatkichlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Qatlam bosimi va keltirilgan bosimni aniqlash formulalari yoritilgan. Qatlam energiyasi manbai va uning neft va gaz qazib chiqarishda foydalanilishi haqida ma‘lumotlar berilgan
  1. bob.Uyumni samarali ishlatish rejimini o‘rnatish shartlari va imkoniyatlari.


    1. Neft konlarini ishga tushirish haqida umumiy ma’lumotlar

Neft konini ishlash deganda, neft va gazning qatlamdan ma‘lum tartibda joylshtirish va ishga tushirish ketma-ketlikka ega bo‘lgan quduqni ishlash rejimini o‘rnatish va qatlam energiyasi balansini me`yorlash bilan ishlatiluvchi quduqqa tomon harakatini boshqarish tushuniladi.
Har bir obektni ishlash sistemasining asosiy elementi maydondagi quduqlar to‘ri zichligi va joylashtirish sxemasi hisoblanadi.
Neftlilik chegarasi o‘zgarmas (suv naporidan himoyalangan uyumda) uyumni ishlashda quduqlar uyum maydoni bo‘yicha teng taqsimlangan to‘r (to‘rtburchak yoki uchburchak) bo‘yicha joylashtiriladi.
Har bir aniq uyum uchun quduqlar qatori orasidagi masofa o‘zgarmas yoki qatordan qatorgacha o‘zgarish mumkin. Bu masofa konni ishlash loyihasini tuzishda o‘rnatiladi.
Ishlayotgan konda quduqlar soni, neftni qazib olish surati va ishlash muddati tanlangan quduqlarni joylashtrish to‘riga bog‘liq bo‘ladi.
Har bir konni ishlash sistemasida muhim faktorlardan yana biri bu ma‘lum vaqt oralig‘ida (sutka, oy, yil) qazib olingan jami neft, ya`ni neftni qazib olish su`rati hisoblanadi. Har bir aniq kon uchun burg‘ulangan quduqlar soni, ularning o‘rtacha debiti va joriy qazib olish ko‘rsatkichi quduqlarda o‘rnatilgan ishlatish rejimiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida kondagi har bir quduqni ishlatish rejimi o‘zgarmas bo‘lmaydi. U ishlatish davomida geologo-texnik va energetik faktori o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi.
Qatlam bosimining tez tushishi kuzatilganda, uyumdagi qatlam energiyasi zaxirasini belgilovchi tabiiy sharoit, neft qazib olish su`ratini har doim ham yuqori bo‘lishini ta‘minlay olmaydi. Uyumni ishlash sharoitini yaxshilash uchun, sun`iy naporli rejim tashkil qilinadi. Shu maqsadda qatlamga suv va gaz qatlam bosimini ushlash uchun haydaladi.
Qatlamga sun`iy ta‘sir etish usuli qo‘llanilgan neft uyumini ishlashda uyumning geologo-fizik sharoitidan kelib chiqib siyraklashtirilgan quduq to‘ridan foydalaniladi.
Quduqlarni joylashtirish to‘ri, maydonni burg‘ilash sur`ati va tartibi hamda suyuqlik olish su`rati bo‘yicha har bir neft konini ishlash sistemasi turli ko‘rinishda bo‘ladi. Neft uyumini ta`sir qilib ishlatish bilan bir qatorda, ta‘sir etmasdan ishlatish usulidan ham foydalaniladi. Har bir uyumni ishlatishda atrof muhit himoyasini e‘tiborga olib samarali va oqilona ishlash rejimini tanlash uchun individual yondashish kerak bo‘ladi.
Ishlash mumkin bo‘lgan ishlash tizimidan minimal quduqlar soni bilan burg‘ilangan, berilgan neft qazib olish su`ratini ta‘minlaydigan va minimal kapital xarajat bilan oxirgi neftberaoluvchanligi yuqori bo‘lgan sistemani tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. Ishlash sistemasini boshqarish deganda sistemani yaxshilovchi tezkor tadbirlar majmuasi tushuniladi: yangi quduq (ishlatuvchi va haydovchi) burg‘ilash; quduqni ishlash sharoitini o‘zgartirish(favvora usulidan mexanizatsiyalashgan usulga o‘tkazish) va boshqalar.
Neft uyumini ishlash jarayonini boshqarishning asosiy maqsadi- uyumdan yuqori temp bilan neft olishda suv-neft yoki gaz-neft chegarasini to‘g‘ri siljishini ta‘minlashdir.
Neft konini ishlash jarayonini boshqarish va tahlil qilish uchun quyidagi xaritalar tuziladi: izobar; 1m qalinlikdagi qatlam mahsuldorlik va p‘ezoo‘tkazuvchanlik, o‘tkazuvchanlik koeffitsienti; suvlanganlik va neftlilik chegarasi siljishi. Turli davrlarda tuzilgan bunday xaritalarni solishtirish, uyumni ishlatish jarayonida qatlamda ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini aniqlash, hamda uyumni ishlashni normallashtirish uchun zamonaviy yechimlar qabul qilish mumkin.
Suyuqlik qazib olish va qatlam bosimi, jami qazib olingan suyuqlik va gaz faktorining o‘zgarishi va shu kabi boshqa bog‘liqliklardan foydalanib boshqa grafiklar tuzish mumkin.
Ishlash grafigi, izobar va suvlanganlik xaritalaridan foydalanib ishlash holatini to‘g‘ri baholash va jami qatlam hamda alohida quduqlar bo‘yicha ishlatish jarayonini boshqarish mumkin.



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling