A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet17/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Chegara ichidan suv haydash kengligi yoki 5 km dan katta, yoki 4 km kichik uyumlar uchun tavsiya etiladi, lekin keyingi holda – uyumning kollektorlik tavsifi yomonlashganda va neftning qovushqoqligi oshganda. Chegara ichidan suv haydashda quyidagi ishlatish tizimlari ajratiladi.



3.3-rasm. O‘q bo‘ylab suv haydash. Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki;
quduqlar: 3- haydovchi, 4- qazib chiqarish.

O’q bo’ylab suv haydash kengligi 5 km dan katta, tog‘ jinslarning kollektorlik xossalari yuqori bo‘lmagan, qatlamdagi neftning qovushqoqligi ahamiyatli oraliqda o‘zgaradigan, chegarasida kollektorlik xossalari gumbazi qismidan atrofga tomon yomonlashib boradigan uyumlar uchun tavsiya etiladi. (3.3- rasm). Uyumning neftli qismi bilan kontur orti orasidagi gidrodinamik aloqa faol bo‘lganda, neftning va haydaladigan suvning qovushqoqligi nisbati taqriban bir xil bo‘lsa o‘q bo‘ylab suv haydash chegara ortidan suv haydash bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin (3.4- rasm).



3.4-rasm. O‘q bo‘ylab va chegara ortidan birgalikda suv haydash.
Shartli belgilar
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish.



Markazdan suv haydash uyumning gumbaz qismidan atrofga fizik-litologik va sizdirish tavsifi yomonlashib boradigan ishlatish obektlari uchun rejalashtiriladi. Uyumlarning o‘lchamlari odatda katta emas, 1 dan 3 km gacha, uyumning shakli izometrik. O‘lchamlari katta, bir turli tuzilishli, kollektorlik xossalari va sizdirish tavsifi nisbatan yuqori uyumlar uchun markazdan suv haydash chegara ortidan suv haydash bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Ushbu ishlatish tizimini amalga oshirishda uyumning markaziy qismidan haydovchi quduqlar 250-300 metr aylana bo‘ylab burg‘ilanadi. Qazib chiqarish

quduqlari neftli va suvneftli zonalar chegarasida tashqi neftlilik chegarasiga parallel kontsentrik qatorlar bilan joylashtiriladi.







3.5-rasm. Markazdan suv haydash.
Neftlilik chegaralari:
1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish.


Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling