A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Halqali qator bo’ylab suv haydash


Download 6.89 Mb.
bet18/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Halqali qator bo’ylab suv haydash odatda izometrik, oval shaklidagi, litologik - fizik va sizdirish xossalari tuzilmaning gumbazdan atrof qismiga tomon ma‘lum yo‘nalishda o‘zgarishi bilan tavsiflanadigan uyumlarda qo‘llaniladi. Qatlam bosimini ushlab turish uchun haydovchi quduqlar uyumning o‘rta qismida halqali qator bo‘ylab joylashtiriladi, chegara ortida esa tashqi neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi. Buning natijasida ikkita teng bo‘lmagan maydon hosil bo‘ladi: kichigi- markaziy qismda va kattasi- haydovchi quduqlarning ikkita qatori orasida (3.6-rasm).





3.6-rasm. Halqali qator bo‘ylab suv haydash.
Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish.

Uyumlarni (ishlatish obektlarini) haydovchi quduqlar qatorlari bilan alohida bloklarga ajratib suv haydab ishlatish tizimi kengligi 5 km dan katta bo‘lgan, chegarasidagi uchastkalar turli fizik-litologik va sizdirish xususiyatlariga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan uyumlar uchun qo‘llaniladi. Odatda bunday uyumlar katta neft zaxiralariga ega bo‘ladi. Bundan tashqari bu ishlatish tizimini o‘lchamlari kichik, lekin jinslari ahamiyatli fatsial o‘zgaruvchan, past sizdirish xususiyatlari bilan, qatlam
neftining qovushqoqligi yuqori, uyum chegaralarida sizilish sharoitlari keskin yomonlashishi bilan tavsiflanadigan uyumlar uchun qo‘llash mumkin.
Bunda ishlatish obektining maydoni haydovchi quduqlar qatorlari bilan 4-5 km kenglikdagi alohida bloklarga ajratiladi. Ajratish yo‘nalishlari ishlatish obektlarining litologik va fatsial tuzilishini umumiy qonuniyatlari hisobga olib tanlanadi (3.7- rasm).




1 2 3

A



1 2 3 4 5 6 b


Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling