A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet16/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Chegara ortidan suv haydash kengligi 4-5 km uyumlarni ishlatishda tavsiya etiladi. Uyum chegarasida ichki va tashqi neftlilik konturlari aniq belgilangan bo‘lishi kerak. Uyumlar bir xil tuzilishi, kollektorlik xossalarining yuqoriligi, neftning qatlam sharoitidagi qovushqoqligi past, qatlamlarda fatsial aralashuvlar bo‘lmasligi, uyumning neftli va chegara orti qismi orasidagi gidrodinamik aloqa juda yaxshi bo‘lishi bilan tavsiflanishi lozim. Qazib chiqarish quduqlari tashqi neftlilik chegarasiga parallel qatorlar bilan joylashtiriladi, bunda burg‘ulash asosan ichki neftlilik chegarasida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Chegara ortidan suv haydashda haydovchi quduqlar tashqi neftlilik chegarasiga maksimal yaqinlashtirilgan bo‘lishi kerak, lekin bu masofa haydovchi quduqlar orasidagi masofaning yarmidan kam bo‘lmasligi lozim. Neftlilik

chegarasidan haydovchi quduqlargacha bo‘lgan masofa oshganda mahsuldor qatlamda suyuqlikning harakatiga qarshilik ortadi (3.1- rasm).
3.1--rasm.Chegara ortidan suv haydab uyumni ishlash sistemasi: Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3- haydovchi, 4- qazib chiqarish.
Chegara bo’ylab suv haydash kengligi 4-5 km, bir xil tuzilishli, qatlamning kollektorlik tavsifi yuqori bo‘lgan uyumlar uchun, turli to‘siqlar hosil bo‘lganligi sababli uyumning neftli qismi va chegara ortining gidrodinamik aloqasi bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Bu holda haydovchi quduqlar uyumning neftli qismi chegarasida ichki neftlilik chegarasidan minimal masofada joylashtiriladi. Qazib chiqarish quduqlari esa chegara ortidan suv haydashdagi kabi neftlilik chegarasiga parallel joylashtiriladi.

3.2-rasm. Chegara bo‘ylab suv haydash. Neftlilik chegaralari: 1- tashqi, 2- ichki; quduqlar: 3-haydovchi, 4- qazib chiqarish.

1 2 3 4


Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling