A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Download 6.89 Mb.
bet24/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Filtrlar tuzilishi. Filtrlar tayyorlanishiga qarab ikki guruhga ajratiladi:

  1. avval tayyorlanib keyin quduqqa tushiriluvchi filtrlar;

  2. quduqqa tushirilib keyin tayyorlanadigan filtrlar.

Birinchi guruh filtrlarining eng oddiysi, bu mustahkamlovchi quvurlarda shaxmat tartibida diametri 1,6 dan 1,9mm gacha bo‘lgan teshiklar teshib hosil qilingan turi hisoblanadi. Bunday filtrlar yuqori o‘tkazuvchan bo‘lib, qum zarrachalarining quduqqa kirib kelishiga to‘sqinlik qilmaydi. Tayyorlanishi arzon va o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan bunday oddiy filtrlar qattiq tog‘ jinslaridan tashkil topgan konlar uchun qo‘l keladi. Yemiriluvchan tog‘ jinslaridan tuzilgan mahsuldor qatlam uchun ariqchali teshik hosil qilib yasalgan filtrlarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Bunday filtrlar ma‘lum miqdorda qum zarrachalarini o‘tkazib qolgan qismini
filtr ortida ushlab qoladi va filtr ortidan diametri katta bo‘lgan qumlar ikkinchi qumli filtr hosil qiladi.
Filtrlar tuzilish jihatidan ikki turga bo‘linadi:

  1. ariqchali teshik hosil qilgan quvurlar, bu ariqchali teshiklar quvurining uzunligi yoki ko‘ndalangiga hosil qilingan bo‘lishi mumkin;

  2. himoya setkasi o‘rnatilgan yoki maxsus simlar bilan o‘ralgan teshiklar hosil qilingan quvurlardan tayyorlangan.

Ariqchali filtrlardan tashqari, qimmat va kam qo‘llaniladigan toshli filtrlar turi ham mavjud. Toshli filtrlar tuzilishining har-xilligiga qaramasdan uni ikki turga ajratish mumkin: 1) filtr quduqqa tushirilib toshni keyin joylashtirish; 2) filtr yuqorida toshlar bilan tayyorlanib keyin quduqqa tushiriladi.
Filtrlarda ishlatiladigan toshlar shar shaklida bo‘lishi kerak va u juda mustahkam yemirilmasligi shart. Kvars toshlarini qo‘llash juda samaralidir. dgr/dqum<12 bo‘lishi kerak. Bu ko‘rsatkichni 6 dan 8 gacha oralig‘ida tanlash yaxshi samara beradi. Filtrlar qalinligi tosh diametridan 5 marta katta bo‘lib, uning o‘tkazuvchanligi qatlam qumlari o‘tkazuvchanligidan 30 marta ortiq bo‘ladi. Toshlarni o‘lchamiga qarab, tashqi va ichki qoplamalarda uzunligi 25-35 mm, eni 1,5-2,2 mm bo‘lgan to‘rt qator teshiklar hosil qilinib, tashqi va ichki qoplamalar bir- biri bilan payvandlangan bo‘ladi. Filtrning birinchi tushirilgan qismining uchiga yopiq cho‘yanli yo`naltiruvchi bo‘ladi. Yuqori qismiga esa ishlatuvchi quvurni ulash uchun o‘tkazuvchi ulangan bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan toshli filtrdan tashqari quduq tubiga qumni zichlantirilgan filtrlar ham qo‘llaniladi. Bunda boshqa filtrlardan farqi teshilgan tizma ortiga katta zarrachali kvars toshlari to‘ldirilib filtr hosil qilinadi. Filtrni o‘rnatishdan oldin tizimda 1m ga 20 tadan teshik teshiladi. Bunda qum qatlamni gidravlik yorish uskunalari yordamida zichlanadi.



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling