A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Uyumlarni ishlatishning texnologik rejimlari


Download 6.89 Mb.
bet10/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Uyumlarni ishlatishning texnologik rejimlari


Ishlatishning texnologik rejimlarini asosiy nazorat kriteriylar qatlamda bosim taqsimlanishi va uning kattaligi hisoblanadi. Qatlam bosimining taqsimlanishi tavsifi qatlamda suyuqlik va gazlarning faolligi (intensivligi) va yo‘nalishini, ya`ni neftgazlilik chegarasini siljishini aniqlaydi. Amalda real sharoitda qatlam har xilligida neftlilik chegarasining boshlang‘ich holatiga nisbatan to‘g‘ri siljishini ta‘minlash qiyin. Shuning uchun alohida quduqlar uchun texnologik rejimni o‘rnatish yoki navbatdagi ko‘rib chiqilishida izobar xaritasi va neftgazlilik chegarasidan foydalanish zarur.
Quduqni ishlatishning texnologik rejimini o‘rnatishda, uning alohida xususiyatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Bularga mustahkamlovchi quvurlarning mustahkamligi, yer osti va usti jixozlarining holati, quduq tubi atrofidagi kollektorlarning mustahkamligi, neftlilik chegarasiga nisbatan tuzilmali quduqning joylashishi va gaz faktorining ruxsat etilgan miqdori.
Sanoat neft zaxirasini yo‘ldosh suvlarsiz yoki kam miqdorda suvlangan neft qazib olishga, suvning qovushqoqligi neftning qovushqoqligiga nisbatan katta bo‘lgan sharoitda, suvlangan qismini izolyatsiya qilish orqali va neft qazib olishni yaxshi tashkil qilingan holatda erishiladi.
Konda neftni yig‘ish va saqlash sxemasi, qazib olingan suvni qatlamga qayta haydash uchun tayyorlashni ta‘minlashi shart. Bu yerda bir vaqtda ikkita masalani yechish mumkin: suv havzalarining oqova suvlar bilan bulg‘anishini kamaytiradi va qatlam bosimini saqlashni ta‘minlaydi.
Aniq obekt bo‘yicha optimal ishlash tempi iqtisodiy talablarni hisobga olgan holda qatlam mahsuldorligi va uning har xilligidan kelib chiqib o‘rnatiladi. Qatlamdan suyuqlikni jadallashtirib olish, neftberaoluvchanlikni oshirishning chorasi sifatida, asosan ishlatishning oxirgi davrida qo‘llaniladi.
Suv bostirish orqali ishlatilayotgan obektda, tugallanib borayotgan davrda jadallashtirib ishlatishni suv haydashni cheklash yoki butunlay to‘xtatish orqali qo‘llaniladi. Bunga suvsiz va kichik debitli quduqlardan qazib olish ko`rsatkichini katta quvvatli markazdan qochma cho‘kma elektronasos qurilmasi bilan jadallashtirib qazish orqali erishiladi; asosiy fond quduqlari burg‘ilanib bo‘lgan konda qo‘shimcha quduqlar burg‘ilash orqali; suvlangan qatlam va qatlamchalarni selektiv izolyatsiya qilish orqali; izolyatsiya ishlari yaxshi samara bermagan yuqori debitli suvlangan quduqlarda ikkinchi stvol burg‘ilash orqali erishiladi. Quduqni ishlatish rejimini tezda o‘zgartirish mumkin emas, ayniqsa suyuqlikni texnologik asoslamagan holatda kamaytirish mumkin emas. Shuning uchun ishlash tahlili qatlam va quduqni ishlash texnologik rejimini nazorat qilish va o‘rnatishning asosiy omili hisoblanadi.



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling