A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
bob bо‘yicha xulosalarBu bo‘limda gaz va gazkondensat konlari haqida umumiy ma‘lumot, gaz konini ishlatish xususiyatlari, gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari, quduq usti jihozlari, quduq tubi jihozlari, pakerlar, turlari, tuzilishi va tasnifi, gaz qudug‘i ishining texnologik rejimini o‘rnatish bo‘yicha ma‘lumotlar berilgan. bob. Qatlamlarni bir quduq orqali bir vaqtda alohida ishlatishprinsiplari. Qatlamlarni alohida ishlatish uchun quduqlarni jihozlashning ayrim sxemalari.Neft konlarini ishlatish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jami asosiy harajatlarni yarmidan ko‘pi maydonni burg‘ilash va ishlatish uchun sarflanadi. Shunday ekan tavsifga (bosimi, o‘kazuvchanligi va boshqalar) ega bo‘lgan ko‘p gorizontni ishlashda –alohida quduqlar to‘rini burg‘ilashga to‘g‘ri keladi. Boshqacha aytganda bunday ko‘p qatlamli konlarni ishlatish uchun ko‘p sonli quduqlar qazishga to‘g‘ri keladi. Xarajatlarni kamaytirish maqsadida bir yo‘la alohida ishlatish usulidan foydalaniladi. Neftli maydon bir yoki bir necha quduqlar to‘ri bilan burg‘ilanib, bir quduq orqali bir necha maydon ochiladi. Bir yo‘la-alohida ishlatish usullaridan biri, bir guruh Baku injenerlari 1951- yilda taklif qilgan variantdir. Bu usulda bir quduqdan bir nechta bir-biridan ajralgan quvurlar orqali turli qatlamlarni bir vaqtda ishlatishdir. 16.1-rasmda ikki (b) va uch (a) qatorli quduqlar tuzilishi keltirilgan. Burg‘ilashdan oldin yer yuzasida 3m chuqurlikda shaxta qaziladi. Shaxta ishlatish quvurlari tizmasini tushirilgandan keyin ajratish uchun xizmat qiladi. Tizmani ajratish quduq ustini ma‘lum masofada saqlashni ta‘minlash, quduq usti jixozlarini montaj qilishni engillashtirish, ishlatish va yer osti ta‘mirini o‘tkazish uchun xizmat qiladi. Ajratilgandan keyin quduq usti markazlari orasidagi masofa ikki qatorli quduqlarda 0,8 m ni va uch qatorlida ikki tizma orasidagi masofa 0,8 m va bu ikkalasi bilan uchinchi tizma orasidagi masofa 0,6 m ni tashqil qiladi. Tizmalar diametri bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan kombinasiyalar: ikki qatorli tuzilishda. har ikkala tizma 102 mm. bir tizma 102 mm, ikkinchisi 127mm. v) birinchi tizma 102 mm, ikkinchisi 152 mm. g) har ikkala tizma 152 mm. uch tizmani tuzilishi uchun. barcha uch tizma ham 102 mm. ikki tizma 102 mm, bitta tizma 127mm. ikki tizma 102 mm, bitta tizma 152mm. Ko‘p qatorli quduqlar kompressor yoki nasos usulida ishlatiladi. Kompressor usulida ishlatishda quduq ustiga kichik o‘lchamli armatura o‘rnatiladi. Nasos usulida ishlatishda va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, yer usti va yer osti ta‘mirlarini ikkinchi quduqni to‘xtatmasdan o‘tkazish uchun tebratma-dastgoh va quduq usti oralig‘iga oraliq mexanizmi tebratma-dastgoh davomi sifatida beton fundamentga olraliq bloki o‘rnatiladi. 16.2-rasmda 5 t yuk ko‘tara oladigan oraliq bloki keltirilgan 1-metall rama; 2-buriluvchi strela; 3-himoya kojuxi; 4va5- shkivlar; 6-rolik- vtulkali zanjir; 7-kichik o‘lchamli salnik. Uning takribiy qismiga metall rama 1 buriluvchi strela 2 bilan. Rama va buruluvchi strelada ikkita shkiv 4 va 5 podshivnikda berkitilgan bo‘lib, ular yordamida tebratma-dastgoh orqali silliq shtokga o‘rnatilgan. Balansirli tebratma-dastgoh va oraliq bloklari joylashtirilgan sxema 16.3- rasmda keltirilgan.
Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling