A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Gidrat hosil bo’lishi va uning oldini olish


Download 6.89 Mb.
bet128/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gidrat hosil bo’lishi va uning oldini olish


Gaz soviganda muzlashini oldini olish maqsadida issiqlik almashinish qurilmasini quvur ichki qismiga 80% li DEG ni maxsus purkagichlar yordamida purkab turiladi. Issiqlik almashinish qurilmasida 20С gacha sovib chiqqan tabiiy gaz 9,8 – 10,1 MPa bosim bilan redutsirovaniya – ejektirirovaniya blokiga uzatiladi va u yerda ham bosim 5,6 – 5,72 MPa ga tushadi hamda harorat Joul – Tomson drossel effekti hisobiga – 130С; - 180С gacha soviydi.
- 130С; - 180С gacha sovigan tabiiy gaz 5,6 – 5,7 MPa bosim bilan uchinchi bosqich past bosimli ajratgichga uzatiladi. Uchinchi bosqich past bosimli ajratgichda tezlik va yo`nalish uzgarishi hisobiga drossel effektiga binoan sovush natijasida suyuq moddalar to`liq ajraladi. Uchinchi bosqich past bosimli ajratgich tik silindrik idish bo`lib, gazni qurish joyida gazni suyuqliklardan ajratish uchun maxsus setka qo`yilgan bo`lib, bu gaz oqimidagi suyuqliklarni to‘liq ushlab qolishga mo‘ljallangan.
Quritilgan tabiiy gaz uchinchi bosqich past bosimli ajratgichdan to‘g`ri issiqlik almashinish qurilmasini quvurlararo bo`limiga uzatiladi. U yerdagi quvur ichidan kelayotgan kirish gazi hisobiga 150С; 250С gacha qiziydi.
Issiqlik almashinish qurilmasidan chiqqan quritilgan tabiiy gaz birinchi bosqich issiqlik almashinish qurilmasini quvurlararo bo‘shlig‘iga uzatiladi va u yerda kirish gazi harorati hisobiga 400С dan 500С gacha qiziydi va umumiy quvur orqali keyingi bosqich gazga ishlov berish uchun ishlatiladi. Birinchi va ikkinchi bosqich ajratgichda ajralgan kondensat 9,8 dan – 10 MPa bosim va 380С; 450С harorat bilan kondensatni barqarorlashtirish qurilmasiga uzatiladi.
Past haroratli ajratish qurilmasidan chiqqan kondensat to‘yingan DEG aralashmasi 5,6 – 5,7 MPa bosim va – 130С; - 150С harorat birdan DEGni tozalash qurilmasiga uzatiladi.

Nazorat savollari.


1.Gaz koni deb nimaga aytiladi? 2.Gazkondensat koni deb nimaga aytiladi?

  1. Gaz va gazkondensat konlari qaysi belgilariga qarab tasniflanadi?

  2. Gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari.

  3. Quduq usti jihozlari.

  4. Quduq tubi jihozlari.

  5. Pakerlar, turlari, tuzilishi va tasnifi.

  6. Gaz qudug‘i ishining texnologik rejimini o‘rnatish.

  1. Download 6.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling