A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Gaz qudug’i ishining texnologik rejimini o’rnatish
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karataev
Gaz qudug’i ishining texnologik rejimini o’rnatishQuduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR) deb quduqning tubida (ustida) bosimni ma‗lum bir ko‘rsatkichda ushlab turish, yuqoridagi qurilmalarda ma‗lum bir bosim yoki debitni ushlab turishga aytiladi. Karataev ta‗rifiga ko‘ra, quduqlarni ishlatishning texnologik rejimida atrof- muhitni ifloslamaslik, yer bag‘rini himoya qilish va quduqni avariyasiz ishlatish ko‘zda tutilishi kerak. Shirkovskiy ta‗rifi: quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR) deb debitni, bosimni, haroratni, gaz tarkibini oldindan hisob kitob qilingan ravishda ushlab turishga aytiladi. Quduqlarni ishlatishning ba‗zi bir texnologik rejimlarini matematik formulalar bilan ifodalash mumkin. Boshqa bir quduqlarni ishlatishning texnologik rejimlari aniq bir printsiplarga, ya‗ni debitni yoki quduq tubi bosimini cheklash bilan asoslanadi. Qatlamdan qancha gaz olish loyiha hujjatlari orqali belgilangan bo‘ladi. Shunga qarab har bir quduqdan olinishi lozim bo‘lgan mahsulot belgilanadi. Demak, har bir quduqdan olinadigan gaz miqdori qatlamning imkoniyatlariga qarab belgilangan va u loyiha ko‘rsatkichlariga mos kelgan bo‘lishi lozim. Gaz quduqlari ishining texnologik rejimi har uch oydan to bir yilgacha belgilangan bo‘lib (bu qoida vazirlik yoki kompaniya bo‘yicha qabul qilingan maxsus qo‘llanma asosida belgilanadi), muddati o‘tgan quduq maxsus tadqiqot asosida tekshiriladi va uning natijalari har tomonlama tahlil qilingach, yana ma‘lum muddatga quduqning ish rejimi belgilab qo‘yiladi. Bunda quduqning beradigan mahsulot miqdori, quduq tubidagi va qatlamdagi bosim hamda ular o‘rtasidagi farq miqdori, quduq og‘zidagi bosim va harorat, quduq mahsulotida suyuqlik (suv va kondensat)ning mavjudligi, undan tashqari quduqdan chiqadigan gaz bilan chiqishi mumkin bo‘lgan tog‘ jinsi donalarining mavjudligi ularning hammasi juda aniqlik bilan puxta o‘rganiladi va texnologik rejimni belgilashda o‘sha holatlar albatta inobatga olinadi. Quduqning ish rejimini belgilash muddati ham quduqning qanday joyda joylashganligiga (suv - gaz chegarasiga yaqinmi - yo‘qmi), quduq tubidagi kollektorlarning mustahkamligiga quduq tubidagi qatlam qanday tog‘ jinslaridan tashkil topgan va ularning yemirilishga moyilligi) qarab belgilanadi va bu ham uning ishini boshqarishning muhim omilidir. Gaz quduqlarini ishlatishda muayyan sharoitlarga qarab bir qancha rejimda ishlashni belgilash mumkin. Chunonchi, bosim farqining barqarorligi, quduq tubi zonasidagi filtratsiya tezligining barqarorligi, quduq og‘zidagi bosimning barqaror- ligi holatlari shular jumlasidandir. Qatlam o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘lgan holda har xil holatga qarab quduqlarning ish rejimi muddati o‘zgartirilishi mumkin. Gaz konlarini gaz rejimida ishlatilganda quduqlarning suv bosish xavfi yo‘q. Undan tashqari sharoit shuni taqozo etsa, ulardan eng unumli foydalanish yo‘llarini (eng ko‘p miqdorda gaz olish shuni hisobga oluvchi quduqlar sonini kamaytirish imkoni mavjud, kompressorsiz ishlatish muddatini cho‘zish va h. k.) axtarish va ulardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Gaz konlarini ishlatishda esa butun e‘tibor iloji boricha kondensatning yo‘qolish yo‘llarini kamaytirish va shunday qimmatli xom-ashyoni qo‘lga kiritilishiga qaratilishi kerak. Gaz va gaz kondensat quduqlarining samarali ish rejimini belgilash barcha hollarda ham gidrodinamik hisob kitoblar orqali bajariladi, bunda albatta tajriba uchun qilingan ishlatish natijalari asosiy manba bo‘lishi lozim. Past bosimda va oz mahsuldorlik holatlarida ishlatilgan quduqlarda gidratlar hosil bo‘lishi ishlatishni izdan chiqaradi. Bu hollarning oldini olish choralarini ko‘rish asosiy maqsad bo‘lmog‘i lozim. Uyumlarning geologik tuzilishi xususiyatlari, tabiiy faktorlar quduqlarning xarakteristikalariga , ya‗ni ularni ishlatishning texnologik rejimiga ta‗sir etadi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling