A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
-rasm.Favvora armaturalarining standartlashtirilgan sxemalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
9.2-rasm.Favvora armaturalarining standartlashtirilgan sxemalari:1-manometr; 2-ventil; 3-manometr osti bufer flanetsi; 4-zichlovchi moslama; 5-uchlik; 6-drossel; 7-quvur boshchasi o‗tkazgichi; 8-javob flanes*; 9-quvur uchi; 10- krestovina 9.3-rasm.GOST 13946-84 bo‗yicha favvora armaturalarining sxemalari: belgilashlar 9.2-rasmdagidek. GOST 13946-89 bo‘yicha favvora armaturalari standartlashtirilgan sxemalari GOST 13946-84 dan farqi, har bir sxema a va b variantda tayyorlanib, a variantida bir qatorli, b-variantida ikki qatorli ko‘targichga mo‘ljallangan armatura beriladi. 9.4-rasm: Sinash bosimi 250 kg/sm2 bo‘lgan ikki qatorli ko‘targichlar uchun uchlik turidagi flansli favvora armaturasi. 9.4–rasmda sinash bosimi 250 kg/sm2 ga mo‘ljallangan uchlik turidagi favvora armaturasi ko‘rsatilgan. U barcha qismlarining o‘tish kesimi 63 mm bo‘lgan favvora archasi va diametri 100 va 63 mm bo‘lgan ikki qator ko‘targichli quvurni osib qo‘yish uchun mo‘ljallangan quvur uchidan tuzilgan. Quvur boshchasi (9.4–rasmga qarang) tizma uchi flansi 1 ga mahkamlangan to‘rtyoq 6, uchlik 8 va katushka 7 dan tuzilgan. To‘rtyoq ikkita chiqishga ega bo‘lib unga ø 63 mm bo‘lgan zulfin 5 ulanadi. Chap tomondagi chiqish chizig‘i ø 100 mm bo‘lgan birinchi qator quvuri va ishlatish quvurlari tizmasi orasidagi bosimni aniqlash uchun xizmat qiladi. Bufer quvurgacha payvandlangan quvurga ventil 3 manometr 4 bilan mahkamlanadi. Bu manometr bilan o‘lchangan bosim quvur orti bosimi deb ataladi. To‘rtyoqning ikkinchi tomoni quduqni ishga tushirishda quvur ortiga suyuqlik haydash uchun xizmat qiladi. Katushka 7 ning pastki qismining ichiga rezba ochilgan bo‘lib unga nasos-kompressor quvurining rezbali nippeli mahkamlanadi. Favvora archasi ikkita uchlik 8, olti - ettita zulfin 7 va bufer 9 dan iboratdir. Favvora archasi ikki yoki uchta yon tamonga ega bo‘ladi, uni tashlama deb ham ataladi. Yuqoridagi tarmoq ishchi, pastkisi zaxirada bo‘ladi. Zaxiradagi tashlamadan shtuserlarni almashtirgich yoki archa yuqorisidagi qismlarini almashtirish va ta‘mirlashda foydalaniladi. Ayrim hollarda quduqni ishga qo‘shish vaqtida dastlab ko‘p qum va loylar qo‘shilib chiqadi, buni tozalash uchun barcha tarmoqlar ishlatiladi. Tozalangandan keyin pastki tarmoq yopiladi va yuqorisidan mahsulot olinaveradi. Katta bosim va favvora oqimi tarkibida qum aralashmasi ko‘p bo‘lsa, tashlamada ikkitadan zulfin o‘rnatiladi. Ishchi tashlamadagi quduq o‘qidan birinchisi zaxiradagi, ikkinchisi esa ishchi hisoblanadi. Favvora archasining pastki katushka bilan birikkan joydagi zulfini asosiy, ya‘ni markaziy zulfin deyiladi. U doimo ochiq holda bo‘ladi, qachon quduq to‘xtalishi kerak bo‘lsa yopiladi. Uchliklar orasidagi ikkinchi zulfin undan yuqoridagi qismlarni almashtirishda ishlatiladi. Yuqoridagi bufer tag‘idagi zulfin buferni almashtirishda ishlatiladi. Quduq normal ishlash vaqtida bu zulfin doim ochiq bo‘ladi, chunki u orqali manometrga oqim borib turadi. Bu zulfin quvurda tekshirish ishlari olib borish uchun lubrekator o‘rnatish vaqti ishlatiladi. Buferda o‘rnatilgan manometr yordamida o‘lchangan bosim bufer bosimi yoki usti bosimi deb ataladi. Bir qator ko‘targich favvora armaturasining, ikki qator ko‘targich uchun mo‘ljallangan favvora armaturasidan farqi yana bitta qo‘shimcha uchlik bo‘ladi. Unda 4 katushka turtyoq 2 ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan bo‘ladi. Yuqori bosimli (300-500 kg/sm2) quvurlar uchun favvora armaturasi ikkitadan zulfin bilan jixozlangan bo‘ladi. Bunday bosimda barcha to‘rtyoqli armaturalar markaziy zulfinlar ham, tarmoqlardagi zulfinlar ham ikkitadan jixozlanadi. Favvoralanayotgan oqim tarkibida qum miqdori kam bo‘lsa to‘rtyoqli armatura qo‘llansa yaxshiroq bo‘ladi. Uning balandligi uncha katta bo‘lmaydi va unga xizmat qilish oson bo‘ladi. 9.5-rasm. Sinash bosimi 250 kg/sm2 bo‘lgan bir qatorli ko‘targichlar uchun to‘rtlik turidagi flansli favvora ko‘targichi. 1-manometr; 2-ventil; 3-bufer; 4-zulfinlar; 5-to‘rt yoq; 6- o‘tkazgich(katushka); 7- quvurcha; 8-quvur boshchasining to‘rt yog‘i; 9-aulfinlar; 10- shtutser; 11-tizma boshchasi; 12- buffer. Sinash bosimi 250 kg/sm2 bo‘lgan ikki qatorli kutargich uchun flansli turtyoqli favvora armaturasi 9.5-rasmda keltirilgan. U ikkita uchlik o‘rniga bir dona to‘rtyoq qo‘yilganligi bilan uchlikdan farqlanadi. Bunday turdagi armaturaga shtuser oqim pastga burilgandan keyingi joyga qo‘yiladi. Har ikkala tarmoqdan hoxlagan bittasi ishchi, ikkinchi zaxirada bo‘lishi mumkin, shuning uchun har bir tarmoqqa ikkitadan zulfin o‘rnatiladi. To‘rtyoqli armaturaning asosiy kamchiligi, to‘rtyoq shikastlanganda almashtirish uchun quduqni to‘liq to‘xtatishga to‘g‘ri keladi. Ayrim armaturalarda klinali zulfin o‘rniga murvvat o‘rnatilgan bo‘ladi. Murvatning zulfinga nisbatan afzalliklari: murvatning tashqi o‘lchami va og‘irligi zulfindan kichik bo‘lib, bu armaturaning tashqi o‘lchami va og‘irligini kichkina bo‘lishini ta‘minlaydi; murvatda oqish muhiti, deyarli o‘z yunalishini o‘zgartirmaydi; murvatni ochish – yopish tez amalga oshirilishi. Bu armaturalar o‘zagidagi o‘chish teshigi diametri 62 mm va yonidagi teshik diametri 60 mm. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling