Bitta kon uchun, uning geologo-fizik tavsifi bo‘yicha ishlatish quduqlari soni, ishga tushirilish vaqti va ishlash texnologik rejimi har xil bo‘lgan bir nechta ishlatish variantini taklif qilish mumkin. Ishlash tizimini loyihalashda qatlam bosimini ushlash usulining turli usullaridan foydalanish ko‘zda tutiladi. Har bir variant o‘zining neft qazib olish sur`ati, ishlash vaqti va neftberaoluvchanlik koeffitsientiga ega bo‘ladi. Shunga mos har bir variant iqtisodiy tavsifiga ega bo‘ladi. Ushbu variantlardan
ratsionali tanlanadi. Buning uchun ratsional ishlash tizimi kriteriyasini o‘rnatish kerak bo‘ladi.
Quduqlarning o’zaro ta’siri darajasi. Yer osti gidravlika kursidan ma‘lumki quduqlar orasidagi masofani uzaytirilsa o‘zaro ta`siri pasayadi. Bir xil quduq tubi bosimi saqlansa debit ortadi. Shundan kelib chiqib quduqni burg‘ilash va jixozlariga ketgan xarajat tez qoplanadi.
Quduqlar orasidagi masofani uzaytirish kondagi quduqlar sonini kamaytiradi va jami qazib olish miqdori kamayadi, konni ishlatish vaqti uzayadi. Tuzilishi har xil uyumlarda quduqlar orasidagi masofani uzaytirish kichik linzali oraliqlarda va o‘tkazuvchanligi past qatlamchalarda neftning qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shunday qilib, quduqlarning o‘zaro ta‘sirining kichikligi ratsional ishlash tizimining kriteriyasi bo‘lib xizmat qilolmas ekan.
Yuqori neftberaoluvchanlik koeffitsienti. Qatlamni siqib chiqarish jarayoni bilan to‘liq qoplash orqali, ya`ni qachon suv-neft chegara yoki gaz-neft chegara uyumning barcha qatlamchalaridan o‘tgan holatda maksimal neftberaoluvchanlikka erishish mumkin. O‘tkazuvchanligi past qatlamda oqimni hosil qilish uchun bosim gradienti va suyuqlik zarrachalarining tezligi yuqori bo‘lishi kerak bo‘ladi. Har xil qatlamda maksimal neftberaoluvchanlik koeffitsiyentiga erishish uchun quduqni zich joylashtirish talab qilinadi.
Yuqori neftberaoluvchanlik bosimli rejimlarga xosdir. Tabiiy energiya yetarli bo‘lmasa qatlamga gaz yoki suv haydab sun`iy suv bosimi yoki gaz bosimi rejimini hosil qilishimiz kerak bo‘ladi.
Quduqlarni zichlashtirish va qatlam bosimini ushlash quduqni burg‘ilash va jixozlash uchun kapital xarajatni ko‘paytiradi. Shunday ekan yuqori neftberaoluvchanlik ratsional ishlash tizimining hal qiluvchi kriteriyasi bo‘lolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |