A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Qatlamni sizdirish jarayonini boshqarishning umumiy prinsiplari


Download 6.89 Mb.
bet11/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Qatlamni sizdirish jarayonini boshqarishning umumiy prinsiplari


Qatlamni sizdirish neftni suv yoki gaz bilan siqib chiqarish rejimi faol sharoitida amalga oshirish talab qilinadi. Qatlamni sizdirish jarayonini boshqarish va me`yorlash maqsadi neftni qazib olishni oshirishga (intensifikatsiya) oid tadbirlar majmuasini amalga oshirishdan iboratdir. Ishlab chiqarishga tadbiq qilingan qazib olishni oshirish (Metodi intensifikatsi) usullariga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: haydash chizig‘ida bosimni oshirish, ayrim holatda boshlang‘ich qatlam bosimidan ham yuqoriroq ko‘tarish; uyumni qo‘shimcha bo‘lish; birgalikda-alohida suv haydash va neft qazish; siklik suv bostirish; o‘choq va maydon bo‘ylab suv haydash; ishlatish quduqlari chizig‘ida quduq tubi bosimini to‘yinish bosimidan pasaytirish; ko‘p qatlamli obektlarda mahsuldorligi past qatlamlarga ta‘sir etish; qo‘shimcha quduqlar qazish; ko‘p qatlamli konlarda quduqlarni birgalikda-alohida ishlatish. Suvning siquvchanligini yaxshilovchi usullarni qo‘llash (SFM, uglekislota va quyuqlashtiruvchi qo‘shish), issiqlik ta‘sir usuli, ratsional issiqlik tashuvchilarni haydash; yuqori bosimda boyitilgan uglevodorod gazini haydash va boshqalar.
Neftni qazib chiqarishni oshirish usullarini qo‘llash, unumdorligi yuqori ishlatish texnikalari asosida: markazdan qochma cho‘kma elektronasos qurilmalari, shtangali nasoslar, yangi turdagi tebratma-dastgohlar va boshqalar.
Neft qazib olish texnologiyasi va ishlash jarayonini samarali boshqarish deganda shunday boshqarish tushuniladiki, unda suyuqlik qazib olish sur`atini oshirish qatlamning neft beraoluvchanligiga teskari ta‘sir qilmaydigan va rejalashtirilgan qazib olish sur`atini yoki uning tushishini sekinlashtirishni ta‘minlash tushuniladi.
Suyuqlik qazib olish sur‘atini boshqarish qatlamdan minimal suv qazib olishni ta‘minlashi shart. Bunda mustahkam bo‘lmagan va yoriqli kollektorlarda suv- neft chegarasiga yaqin joyni ishlashda, shu bilan birgalikda suv neft chegarasi (SNCh) va gaz neft chrgarasi (GNCh) ga yaqin joylashgan quduqni ishlatishda qazib olish cheklanadi.
Neft qazib olish texnologik jarayonini nazorat qilish va boshqarish ishlatishning oxirgi davrlarida sizdirish jarayoni qiyinlashganda (suv yorib kirishi, neftga to‘yingan hududni to‘sish va aylanib o‘tish, mustahkam tiqin hosil bo‘lishi va boshqa shu kabilar) kuchaytiriladi. Buning uchun maxsus baholovchi quduqlar burg`ilanadi va namunalar olinib neftga to‘yinganligi o‘rganiladi. Qatlamni sizdirish jarayoni, uni ishlatayotgan quduqlarning ishlari orqali amalga oshiriladi. Har bir quduq o‘z tavsifiga va ishlatishning texnolgik rejimlarini boshqarish xususiyatlariga ega. Har bir quduqning texnologik rejimini me`yorlash muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Qatlamni sizdirish jarayonini me`yorlash va nazorat qilish vositasi gidrodinamik, termodinamik va geofizik usullar yordamida sistematik rejalashtirilgan chuqurlik tadqiqot ishlar hisoblanadi.



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling