A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari


Download 6.89 Mb.
bet120/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Gaz quduqlari konstruksiyasi va jixozlari


Gaz qudug‘lari tuzilishi, jixozlari, o‘zlashtirish usuli va ularni ishini meyyorlash favvora neft quduqlariga o‘xshash bo‘lib, shuning uchun biz gaz qudug‘ining farq qiladigan tamonini ko‘rib chiqamiz. Gaz qudug‘i favvora neft quvuri kabi siqilgam gaz yoki havo bilan bostirish yoki yuvish orqali o‘zlashtiriladi.
Gaz qudug‘i tuzilishi quduq chuqurligi va xarakteri, mahsuldor qatlam ochilish xarakteri, suvli gorizontning bor-yo‘qligi, qazib olinadigan gaz xossalaridan kelib chiqib tanlanadi. Ko‘p quduqlarda konduktor tushirilgandan keyin ishlatuvchi quvurlar tizmasi tushiriladi. Bu tizmaning ko‘p tarqalgan diametri – 146 va 168 mm.
Quduq ustida mustahkamlovchi quvurlar tizmasini bog‘lash oddiy yoki klinali tizma boshchasi bilan amalga oshiriladi.
Gaz qudug‘i tub qismi tuzilishi mahsuldor qatlam tog‘ jinsi mexanik mustahkamligidan kelib chiqib tanlanadi. Agar quduq tubi atrofi mustahkam tog‘ jinslaridan tuzilgan bo‘lsa, quduq tubi atrofi ochiq holatda qoldiriladi. Yemiriluvchan tog‘ jinsidan tuzilgan bo‘lsa ishlatuvchi quvurlar tizmasi quduq tubigacha tushirilib, sementlanadi, qatlam va quduq o‘rtasidagi aloqa perforatsiya yo‘li bilan ta‘minlanadi. Bir necha usul bilan ishlatiladigan neft qudug‘idan farq qiladigan tomoni, gaz qudug‘i faqat favvora usulida ishlatiladi. Quduqqa tushirilgan favvora quvuri orqali quduq mahsuloti yer yuzasiga chiqariladi. Favvora quvuri quyidagi maqsadlarda quduqqa tushiriladi: a)gaz tarkibidagi qattiq aralashmalar va korroziyaga chaqiruvchi nordon komponentlarning ishlatuvchi quvurlar tizmasini zararlashini oldini olish;

  1. suyuqlik va mexanik qo‘shimchalarni yer yuzasiga chiqarish; v)yer osti ta‘mir ishlarini o‘tkazish uchun quduqni o‘zlashtirish va to‘xtatish jarayonini osonlashtirish;

g)quduqqa chuqurlik asboblarini tushirib bajarish bilan bog‘liq turli xil tadqiqotlarni o‘tkazish. Odatda favvora quvuri fil‘trning o‘rta qismigacha tushiriladi.
Gaz quduqg‘i ustini jixozlashda favvora armaturasidan foydalaniladi. Ko‘proq krestovik turidagi favvora armaturalaridan foydalaniladi. Ular yig‘ish va xizmat qilash qulay.

      1. Download 6.89 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling