A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Tizim boshchasi - favvora armaturasini pastki qismida joylashgan bo‘lib, butun armatura shu tizim boshchasi ustiga quriladi, ya‗ni u armaturaga tayanch maydonchasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu tizim boshchasi konduktor va ishlash tizmasining yuqori qismini birlashtirish uchun xizmat qiladi va quvurlararo bo‘shliqni germetik mustahkamlaydi.
Chuqur va yuqori bosimli quduqlar uchun quyidagi besh guruh tizim boshchalari ishlab chiqarilgan (mm da): GKK-600-273х168 GKK-600-299х168 GKK-300-245х146 GKK-300-219х146 GKK-125-273х168 GKK-200-273х168 GKK-125-245х146 GKK-125-219х146 GKK-500-168х273х426 guruh tizim boshchalari: GKK-600-273x168 va GKK-600-299x168 ( GKK- golovka kolonnaya s klinovoy (podveskoy)) 600atm da sinab ko‘riladi va 300 atm bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, ular ikkita tizmani: texnik (mos holda 273 mm va 299 mm) va ishlatish (168 mm) tizmalarini birlashtirish maqsadida ishlab chiqariladi. guruh tizim boshchalari: GKK-300-245x146 va GKK-300-219x146 600 atm da sinab ko‘riladi va 300 atm ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, ular mos holda 245 va 219 mm li texnik tizma bilan birlashtiriladi. Shunday tizma boshchalari (245x1) 245, 273, 299 va 325 mm li tizmalarni ham birlashtirish maqsadida ishlab chiqariladi. guruh tizim boshchalari: GKK-125-273x168 va GKK-200-273x168 400 atm da sinab ko‘riladi va 200 atm ga mo‘ljallangan bo‘lib, ular 273 mm li texnik tizma bilan 168 mm li ishlatish tizmasini birlashtirish uchun xizmat qaladi. Shunday konstruktsiyali tizma boshchasi 168 mm li ishlatish tizmasini birlashtirish uchun, 325, 229 va 245 mm li texnik tizmalarni birlashtirish uchun qo‘llaniladi. guruh tizim boshchalari GKK-125-245x146 va GKK-125-219x146 mm lar uchun 250 atm bosimda sinab ko‘riladi (245 mm) va 125 atm ishchi bosimga mo‘ljallangan bo‘lib, 245 mm va 219 mm li texnik tizmani 146 mm li ishlatish kolonnasi bilan birlashtiradi. guruh tizim boshchalari chuqur quduqlar uchun (yuqori bosimli) shuningidek odatdagi sharoitda 114 mm li ishlatish tizmasi uchun, 125-300 atm bosimli ishlatish uchun chiqariladi. GKK-500-168x273x426 mm tizma boshchasi tizmali quduqlarni 426, 273, 168 mm li tizmalarni birlashtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, 500atm ishchi bosimda , 1000 atm da sinab ko‘riladi. Tizma boshchasining yerdan balandligi oshib ketmasligi uchun (200 mm gacha yo‘l qo‘yiladi) butun tizma boshchasiga shurf joylashtiriladi. Favvora armaturasi – bu favvora quduqlarining eng asosiy quduq usti qurilmasi bо‘lib hisoblanadi. Armatura yordamida qatlamni uyg‘otish va oqimni chaqirish, shtutserlarni tekshirish, quduqlarni ishlashdan tо‘xtatish, mahsulot olishni boshqarish kabi hamma ishlar amalga oshiriladi. Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling