Quvurlar boshchasi favvora quvurlvrini о‘rnatish uchun va favvora quvurlari bilan ishlatish quvurlari orasidagi bо‘shliqni germetiklash uchun foydalaniladi. Quvurlar boshchasi bevosita krestovik yoki uchlik tipidagi favvora archasi о‘rnatiladi.
Favvora archasi quvurlar boshchasi yuqori flanetsning uchiga yig‘iladi. U quyidagilarni bajaradi:
quduqlarni о‘zlashtirish
quduqlarni yopish
quduqlarni texnologik ish rejimini nazorat qilish va boshqarish uchun favvora archasining asosiy elementi krestovik, uchlik tipida esa uchlikdir. Ularda shtutserlar, termometrlar, gidratlar hosil bо‘lishini oldini oluvchi ingibitorlar, avtomatik ravishda yopiluvchi klapanlar yig‘iladi.
Quduq tubi jihozlari
Gaz quduqlarining tuzilishi neft quduqlarining tuzilishiga o‘xshash bo‘lib, faqat gaz quduqlariga germetik jihatdan alohida e‗tibor bilan nazarda ish yuritish kerak.
Gaz quduqlari uskunalari – yer ostida va yer ustki qismida ham joylashishi mumkin bo‘lib, yer ustida favvoraviy armaturalar o‘rnatilib, ularning turi qatlam bosimi, harorati, gaz tarkibi, kollektorlardagi tog‘ jinslari tarkibi, agressiv komponentlarga qarab tanlanadi. Quduq ichiga komplekslashgan quduq moslamalari (KSO) tushiriladi.
Komplekslashgan quduq moslamalari quduqlarning avtomatik ravishda yopilishini ( gaz mahsuli oshib ketganda, avariya holatlarida, yer ustki quduq moslamalarida profilaktik va germetik zichlash ishlari olib borilganda) qo‘llaniladi.
Komplektda paker, ajratuvchi to‘sqich, aylanma to‘sqich, ingibitor uchun to‘sqich, qulflar, o‘tirg‘izish nipel i, teleskopik birlashmalar, quduq kamerasi, sozlovchi to‘sqichlar, qirquvchi to‘sqichlar mavjud.
Quduq moslamalarini sanoatda bir qancha turlari mavjud:
KPG-gazgarning yer ostki majmuasi; 2. KSG-gaz quduqlari majmuasi.
Gaz sanoatida KPG 89-35-145 kg turi keng qo‘llaniladi. KPG gaz va gazkondensat konlaridagi normal va zanglash holatlarini vujudga keltirish sharoitlarida, KSG esa juda chuqur, ya‗ni gidrostatik va anomal bosim mavjud bo‘lgan konlarda qo‘llaniladi.
Paker – quduqdagi mustahkamlovchi, ishlatish quvurlarini zichlash uchun, ya‗ni qatlamlar oralig‘ini ajratishda qo‘llaniladi.
Paker turlari: PD-YaG, 2PD-YaG, 3PD-YaG: 2,3-modeli, P-paker, D- belgilovchi bosim, Ya-qo‘shimcha moslamalar, G-gidravlik bosim.
Do'stlaringiz bilan baham: |