A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR)


Download 6.89 Mb.
bet126/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR) quyidagi tabiiy faktorlarga bog‘liq:

  1. Konning ko‘lami, formasiga;

  2. Konning ishlash rejimiga;

  3. Ishlatish ob‗ektlari soniga;

  4. Gaz va kondensat zaxiralariga;

  5. Gaz konining chuqurligiga;

  6. Qatlamlararo gidrodinamik aloqaning bor-yo‘qligiga;

  7. Doimiy muzliklarning bor-yo‘qligiga;

  8. Quduqni ochish xarakteriga;

  9. Geofizik va metereologik sharoitlarga;

  10. Quduqning mukammalligiga;

  11. Qatlam osti va qatlam cheti suvlarining mavjudligiga;

  12. Qatlamning kollektorlik xususiyatlariga;

  13. Qatlamning kollektorlik xususiyatlarining bir xilligiga;

  14. Qatlam bosimi va haroratiga;

  15. Gazning tarkibiga;

  16. Gaz tarkibida kondensatning mavjudligiga;

  17. Suv va kondensatning fizik-kimyoviy xossalariga;

  18. Quduq usti jihozlariga;

  19. Gazni yig‘ish va jo‘natish sxemasiga;

  20. Gazni tayyorlash sxemasiga;

  21. Gazni ishlatish talablariga.

Quduqlarni ishlatishning texnоlоgik rejimi (QITR)ni tanlaguncha tabiiy faktorlardan kollektorlarning mexanik xossalarini, ularni buzilishini oldini olish hisobga olinadi.
Agar quduq tubi atrofi qismi buzilsa

P Pqat Pq.t. const rejimida doimiy dipressiya ushlashga harakat qilinadi. Real qatlamlar uchun optimal rejim quyidagicha:
(15.1.)



r Rs

Mukammal quduq uchun:


Q Q2

c
Pq.t.
(15.2.)


R

s
  a ; 2R ln Rk
s
  b
2rc
(15.3.)

Nomukammal quduq uchun:
  Pat ;
kFs


 * at Pat

F

2
s
(15.4.)

Fs  filtratsiya yuzasi; а va в – sizishga qarshilik koeffitsientlari; Rk – kontur
radiusi;  *  g‘ovaklik kanallarini hisobga oluvchi koeffitsient.
Quduqlarni tadqiqot qilish natijalariga ko‘ra maksimal debit q va kollektorning



buzilishiga olib kelmaydigan minimal quduq tubi bosimi
Pq.t.
aniqlanadi.  va 


koeffitsientlar hisoblanadi. Aniqlangan
q, Pq ,,
(15.2.) tenglamaga qo‘yiladi va

quduq devoridagi ruxsat etilgan bosim gradienti topiladi.

Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimlari tabiiy faktorlarni va yer qatlamini himoya qilish talablarini hisobga olish bilan bog‘liq. Ba‗zi bir texnologik rejimlar gaz va gazkondensat konlarini ishlash strategiyasi talablariga ham javob beradi. Ya‗ni tabiiy gaz konlarini ishlashini boshqarish usullari (xuddi shuningdek quduqlarni ishlatishning texnologik rejimi) bir vaqtda kompressorsiz ishlash davrini uzaytirish, quduqlarning barvaqt suvlanishini oldini olish, SKS va sun‗iy sovuqlik beruvchi qurilmalarning kerakli quvvatini kamaytirish masalalarini hal etadi. Shu bilan birga quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini asoslashda texnologik jihatdan aniq cheklanishlarni ham e‗tiborga olish kerak. Bular quyidagilar:

  1. Gazning drossellanish effekti natijasida quduq tubi zonasida gazning noizotermik sizishi yuzaga keladi. Kichik qatlam harorati sharoitida quduq tubi zonasida gidrat hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi, buning oldini olish uchun qatlamga gidrat hosil bo‘lishini oldini oluvchi ingibitorlar (metanol) ni davriy ravishda haydab turish mumkin. Ikkinchi usuli – quduqlarni ishlatishning qatlamda gidratsiz dipressiyani ushlab turishli texnologik rejimi ( V.S.Smirnov).

  2. Shimoldagi gaz konlarida ba‗zi bir ishlatish rejimlarida quduq stvolida gidrat hosil bo‘lishi mumkin. Ishlatiladigan NKQlarning har bir diametri uchun debit diapazoni belgilangan bo‘ladi va unda gidrat hosil bo‘lmaydi. Kichik debitda gidratning hosil bo‘lishi atrofdagi tog‘ jinslari bilan issiqlik almashinishning ta‗siri natijasida bo‘ladi. Katta debitda gazning harorati Joul-Tomson effekti natijasida pasayadi. Shuning uchun Yu.P.Karataev, B.L.Krivoshein ilmiy ishlarida quduqlarni ishlatishning gidratsiz debitini hisoblash metodi keltirilgan.

  3. NKQ larida gazning ma‗lum bir harakati tezligida, agar tarkibida nordon gaz bo‘lsa, quvurlarning muftali birikmalarida korroziyali yemirilishlar kuzatiladi. NKQ lari uchun kerakli metallarni qo‘llash yuqoridagi salbiy ta‗sirlarni oldini oladi. Yoki NKQ da gazning harakat tezligini ruxsat etilganidan oshirmasdan texnologik rejimni ushlab turish kerak.

  4. Gaz va gazkondensat quduqlari tubida suyuqlik paydo bo‘lganda quduq tubida minimal darajada suyuqlik ajraladigan debitda quduqlarni ishlatish zarur. Aks holda

quduq tubidagi suyuqlikni chiqarib olish uchun plunjerli liftdan yoki SFM lardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Ilgari asosiy e‗tibor tabiiy va texnologik faktorlarga qaratilgan. Lekin ko‘p hollarda iqtisodiyot asosiy rolni o‘ynaydi.
QITR – gaz konini ishlatish sistemasi va konni jihozlashning asosiy qismidir. Shuning uchun optimal quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini asoslash konni optimal ishlash va jihozlash ko‘rsatkichlarini asoslashga olib keladi.
Iqtisodiy tahlil va hisoblarning ahamiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, kollektor mustahkam va quduq xarakteristikasining aniq cheklanishi yo‘q bo‘lsin. Lekin bu yerda har qanday debit yoki dipressiya ratsional emas. Quduq debiti qancha katta bo‘lsa rejalashtirilgan gaz miqdorini qazib olish uchun kerakli quduqlar soni shuncha kam bo‘ladi. Quduq debitini qanchalik oshirilsa qatlamda dipressiyaning, shuningdek quduqda va gaz yig‘ish kollektorlarida bosim yo‘qotilishining oshishiga olib keladi. Quduqlar sonining kamayishi mahsuldor qatlamni notekis sizdirish darajasini oshiradi, bu esa umumiy dipressiya voronkasining chuqurroq hosil bo‘lishiga olib keladi.
Natijada muddatidan oldin bosh va siquv kompressor stantsiyalarining ishga tushirilishini talab qiladi. Shuning uchun mustahkam kollektorli uyumni ishlatishda qatlamdagi ratsional dipressiyani tanlash uchun texnik-iqtisodiy hisob kitoblardan foydalaniladi.
Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishning texnologik rejimini asoslashda u yoki bu cheklanuvchi faktorlar va iqtisodiy ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bu juda kerak, lekin quduqlarni ishlatishning optimal texnologik rejimini asoslashda yetarli hisoblanmaydi.
Gazni quduqlarga oqib kelishini yaxshilash usullari quduqlarning mahsulot berish imkoniyatini yanada oshiradi.
Aytaylik, misol uchun ba‗zi bir konlarning kollektorlari 1 MPa dipressiyada buziladi. Bu dipressiyada gaz quduqlarini o‘zlashtirish va qatlamni ochish usullariga ko‘ra har xil debit olish mumkin.
Gazli muhitni perforatsiya qilish va qum suyuqlik oqimi bilan perforatsiya qilish quduqlarning mahsuldorlik xarakteristikasini oshirish usullari hisoblanadi.



    1. Download 6.89 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling