faraz – qo‗zg‗alish quduq zonasining chegarasidan chiqmagan holda.
faraz – quduq tubi bosimi va debitini vaqt oralig‗ida o‗zgarmasa quduq rejimga tushgan (yoki o‗rnatilgan) hisoblanadi.
Bir rejimdan boshqa rejimga o‗tish vaqti barqarorlashuv davri deyiladi.
Barqarorlashuv davri: daqiqalar, soatlar, sutkalar davomida aniqlanadi va ko‗pgina faktorlarga bog‗liq. Barqarorlashuv davrini quyidagi formula orqali topish tavsiya etiladi.
Tbar = (0,12 – 0,15) P2k / χ (7.11.)
Bu erda, Pk –quduqning ta‘sir (ta‘minot) radiusi. χ–qatlam pezoo‗tkazuvchanligi, sm2/s.
Boshqa bir xil sharoitlarda qatlamda bir fazali suyuqlikning filtratsiyasi jarayonida Tbar kichik va gazlangan suyuqlik filtratsiyasida katta bo‗ladi.
Shunday qilib bitta ta‘sir doirasidagi quduqqa suyuqlikning radial oqimi uchun Dyupyui formulasi o‗rinli bo‗ladi.
(7.12.)
Bu erda Q – quduq debiti, sm3/s;
k – mahsuldor qatlam o‗tkazuvchanligi, mkm2;
Pq, Pq.t – qatlam va quduq tubi bosimi, kgs/sm2;
h – qatlam qalinligi, sm; μ – qovushqoqlik (suyuqlikning), mPa•s; Pk- quduqning ta‘sir radiusi, m; rq - quduq radiusi, m.
Bu tadqiqot turini o‗tkazishning nazariy asosi – oqim tengligini aniqlash (ta‘minlash).
Q = K(Pq - Pq.t) (7.13.)
K – mahsuldorlik koeffitsienti:
(7.14.)
Tadqiqot o‘tkazish ketma-ketligi
Quduq bir nechta rejimda ishlatib ko‘riladi. Indikator chizig‗i qurish va grafikning sifatli ishlanishi uchun quduqlarni bir nechta rejimda ishlatib ko‗riladi (odatda kamida 4 ta rejimda).
Qoidaga ko‗ra quduq debiti o‗zgartiriladi va har bir debit uchun Pq.t (∆P) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |