A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Kerakli parametrlar ko‘rsatgichlari o‘lchanadi
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Kerakli parametrlar ko‘rsatgichlari o‘lchanadi.Tadqiqot vaqtida quyidagilar o‗lchanadi: neft yoki gaz debiti; qatlam bosimi; v) quduq tubi bosimi; g) qo‗shilib chiqayotgan qum miqdori; qo‗shilib chiqayotgan suv miqdori; gaz faktori (neft quduqlari uchun). O‗lchov programmasining aniq bir shartlarga ko‗ra o‗lchov ishlari qisqartirilishi ham mumkin. Agar barcha rejimlarda Pq.t > Pto‘y bo‗lsa gaz faktorini faqat bitta rejimda aniqlash yoki oldingi tadqiqot natijalaridan foydalanish mumkin. Qachonki quduq indikator diagrammasi to‗g‗ri chiziq hosil qilishiga (bir jinsli qatlamlar, bir fazali filtratsiya, filtratsiyaning laminar rejimi) to‗liq ishonch bo‗lsa, faqat bitta rejimda quduq debitini, suvlanganligini Pq.t va ∆P=Pq - Pq.t o‗zgartirishni cheklash kifoya qiladi. Neft qudug‗i debiti hajmiy usulda (Q=V/t) maxsus o‗lchov idishlarida yoki avtomatik o‗lchov qurilmalarida (sputnik) amalga oshiriladi. Aksariyat neftgaz quduqlarini o‗zlashtirish jarayonida suyuqlik miqdorini o‗lchash uchun maxsus idishlar – ochiq sig‗imlar – vertikal yoki gorizontal idishlar (sisternalar, to‗rtburchak idishlar) qo‗llaniladi; Quduq mahsuloti o‗lchov idishiga boshqariladi va ma‘lum vaqt mobaynida kuzatiladi ya‘ni o‗lchov idishining sig‗imi hamda quduq debitiga bog‗liq holda o‗lchov ishlari olib boriladi. Quduqning hajmiy debiti quyidagi formula orqali topiladi: (7.16.)F – idishning o‗rtacha yuzasi; h1-h2 – idishga tushgan suyuqlik balandligi (o‗lchov lentasi metrshtok, poplovok bilan o‗lchamlari); t – o‗lchov amalga oshirilgan vaqt. Har bir ilish uchun graduirovik jadval tuzishlari yoki V=F(h) grafikidan foydalaniladi. Suvlangan quduqlar debiti FA dan shleyfga ulangan quvurga o‗rnatilgan kran orqali olingan namunani laboratoriya sharoitida aniqlangan suvlanganlik (nc) miqdoriga qarab aniqlanadi. Bunda: ; m3/soat yoki m3/sut. (7.17.) Agarda Q debitni t/sut. da aniqlamoqchi bo‗lsak debitni neft va suvning zichligiga ko‗paytiramiz. Qatlam bosimi – p‘ezometrik, to‗xtatilgan va boshqa quduqlarda amalga oshirilgan qatlam bosimini o‗lchash bilan qatlam bo‗yicha o‗rtacha bosim aniqlanadi. Neft va gaz qudug‗idagi quduq tubi bosimini ikki usulda aniqlash mumkin: Bevosita (to‗g‗ridan-to‗g‗ri) – distatsion (yozib oluvchi) chuqurlik manometridan foydalanib (aniqroq ma‘lumot beradi). Hisoblash yo‗li bilan – biroz murakkabroq bo‗lib, NKQda oqimning bir tekisda bo‗lmasligi, suyuqlik zichligining stvol bo‗ylab gazsizlanishi natijasida o‗zgarib ketishi, NKQ bo‗ylab ikki fazali (suyuqlik+gaz) aralashmaning harakatlanishi va shunga o‗xshash sabablar tufayli quduq tubi (Pq.t) bosimining aniqligi kamroq bo‗ladi. Favvora va artizan quduqlar gaz miqdori = 0 bo‗lganda: Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling