(7.24.)
Bu yerda ωn, ρndeg – neftning hajmiy koeffitsienti va degazatsiyalashgan neft zichligi;
Pk – ta‘sir kontur radiusi;
rq – burg‗i diametri bo‗yicha quduq radiusi;
h – quduqda ochilgan qatlamning effektiv qilinligi;
s – quduqda nomukammallik (qatlam ochilish xarakteri yoki darajasi) bo‗yicha suyuqlik oqimining qo‗shimcha filtratsion qarshiligi.
Aralash nomukammallikda C – kattaligi C=C1+C2 larning yig‗indisi bilan
ifodalanadi, qaysiki quduqda qatlamning ochilish darajasi ), perforatsiya zichligi va quduq diametri (nD), himoya quvuridagi teshiklar diametri ( ) va qatlamda perforatsiya kanali chuqurlik ( ) larining har qaysi V.I.Shurov egri chizig‗i grafigi (7.4. rasm) bo‗yicha aniqlanadi.
rasm. V.I.Shurov egri chizig‘i grafigi
a) C1 - nomukammal quduqlarda tuzatish miqdorini ochilish darajasi bo‗yicha aniqlash. b) C2 – nomukammal quduqlarda tuzatish miqdorini ochilish tavsifiga ko‗ra aniqlash.
Real ID har doim ham to‗g‗ri chiziqli bo‗lmaydi (7.5. rasm). ID chizig‗ining qiyshayishi qatlamning quduq tubi zonasida filtrlanish xususiyatini tavsiflaydi.
rasm. Bir fazali suyuqlikning qatlamda filtratsiya jarayoni indikator chizig‘i.
Darsining chiziqli qonuniga asosan o‗rnatilgan (barqarorlashgan) filtratsiya.
Q yuqori ko‗rsatgichda bo‗lganda Darsining chiziqli qonunidagi filtratsiya jarayonining buzilishi yoki o‗rnatilmagan (barqarorlashmagan) filtratsiya.
Filtratsiyaning chiziqsiz qonuni.
Indikator chizig‗ining ∆P o‗qiga tomon qiyshayishi (7.5. rasm., 2-egri chiziq) Darsi qonuniga ko‗ra filtratsiyaga nisbatan filtratsion qarshilikning oshishini bildiradi.
Buni 3 ta sabab bo‗yicha tushunish mumkin:
Qatlamning quduq tubi zonasida (QQTZ) kritik tezlikdan filtratsiya tezligining oshishi Darsining chiziqli qonuni buzilishiga olib keladi (V-Vkr)
Do'stlaringiz bilan baham: |