A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Download 6.89 Mb.
|
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari
Pq.t > Pto‘y. bo‗lganda quduq atrofida ikki fazali (neft+gaz) filtratsiya maydoni namoyon bo‗lishi. Pq.t qancha kichik bo‗lsa bu maydon radiusi shuncha katta bo‗ladi.
Pq.t bosimini o‗zgartirish natijasida qatlam bosimining o‗zgarishi sababli tog‗ jinsidagi mayda yoriqlar ochilishi va o‗tkazuvchanlikning o‗zgarishi. Indikator chizig‗ining Q o‗qiga tomon qiyshayishi (7.5. rasm., 3-egri chiziq)ni ikkita sababga ko‗ra ko‗rsatish mumkin: Tadqiqot natijalarining sifatsiz olinishi. Qatlamchalarning bir vaqtda ishlamasligi yoki alohida qatlamchalardagi oqimning quduqqa bir me‘yorda kelmasligi. Mahsuldor qatlamlar asosan bir jinsli bo‗lmaydi. rasm. Bir jinsli bo‘lmagan qatlamlar chuqurlik debitogrammasi.Shtrixlangan to‗g‗ri burchakli maydon har bir qatlamchadagi quduq debitiga (Q) to‗g‗ri proporsioanal Pq.t kamayishi bilan (ya‘ni ∆P=(Pq. – Pq.t) oshishi bilan qatlamning ishlash qalinligi (hef) oshadi va bundan Dyupyui formulasiga asosan Q ko‗payadi (7.7- rasmdagi grafikka asosan 3-egri chiziq). Q=f(∆P) koordinatasini ishlashda qatlam bosimini o‗lchashdagi xatolik IDning boshlang‗ich qismidagi qiyshayishiga olib kelishi mumkin. rasm. Indikator diagrammasi2-o‗lchangan qatlam bosimi fakt ma‘lumotlarga to‗g‗ri keladi. 1,3 – o‗lchangan qatlam bosimi nisbatan yuqori yoki kam. Agarda o‗lchangan qatlam bosimi fakt (haqiqiy)ga nisbatan yuqori bo‗lsa ICH (7.7. rasm 1-chiziq) faktga nisbatan quyida joylashadi. Bunda fakt nuqtalari parallel joylashadi lekin o‗lchangan ko‗rsatgichlar bo‗yicha qurilgan chiziqqa nisbatan yuqorida joylashadi. Koordinataning boshlanashida ekstropolyasiya sezilarli darajada ∆P depressiya o‗qiga tomon qiyshayadi. Agarda o‗lchangan qatlam bosimi faktga nisbatan past bo‗lsa ICH debit o‗qiga tomon boshlang‗ich kesimi bo‗rtibroq chiqadi (7.7. rasm 3-chiziq). Indikator chizig‗ining depressiya o‗qi tomoniga qiyshayish holati (7.8. rasm,a.) filtratsiya chiziqli qonunining buzilishida filtratsiyaning tezligi quduq perforatsiya oralig‗iga yaqin joylarda shunday yuqori bo‗ladiki, hatto Reynolds soni kritik ko‗rsatgichdan ham oshadi. ICH tengligi quyidagi ko‗rinishda yoziladi: Download 6.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling