A. I. Abdirazakov, R. S. Bekjonov neft va gaz qazib olish texnologiyalari


Quduqni to‘xtatilgandan keyin suyuqlik oqimini hisobga olgan holda bosimning egri tiklanishi bo‘yicha tadqiqot ishlari natijalariga ishlov berish


Download 6.89 Mb.
bet56/154
Sana03.12.2023
Hajmi6.89 Mb.
#1800426
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154
Bog'liq
Neft va gaz qazib olish texnologiyalari

Quduqni to‘xtatilgandan keyin suyuqlik oqimini hisobga olgan holda bosimning egri tiklanishi bo‘yicha tadqiqot ishlari natijalariga ishlov berish.


Ba‘zi hollarda, quduqlarni tadqiqot qilishda, ∆P, lgt koordinatalarida BETning to‗g‗ri chiziqli qismini olib bo‗lmaydi. Ko‗pincha bu quduq yopilgach suyuqlikning qatlamdan quduqqa davomli oqishi (yoki teskarisi) ning ta‘siri sabab bo‗ladi. Ko‗rsatilgan holatlarda quduq to‗xtatilgandan keyin suyuqlik oqimining qatlamdan quduqqa harakatini hisobga olgan holda tadqiqot qilish natijalariga ishlov berish kerak bo‗ladi.
Quduqqa suyuqlik oqimi hisobga olgan holda BETga ishlov berish uchun quduq tubida vaqt bo‗yicha bir vaqtning o‗zida bosim o‗zgarishini va suyuqlik oqimini qayd qilib boriladi, yoki quduq ustida quvur ichi va quvur orti bosim o‗zgarishi vaqt bo‗yicha o‗lchanadi (favvora va kompressor quduqlari uchun), chuqurlik nasosi bilan ishlatilayotgan quduqlarda esa quvur orti qismida suyuqlikning dinamik sathi aniqlanadi.
Qatlam va quduq parametrlarini aniqlash maqsadida quduqqa suyuqlik oqimini hisobga olgan holda BETga ishlov berishning bir nechta usuli mavjud. Tadqiqot natijalari asosida ko‗pgina tadqiqotchilar (mualliflar) (yuqori aniqlikka ega bo‗lgan chuqurlik manometrlari bilan bajarilgan tadqiqot natijalari bo‗yicha va egri chiziqning gipoteza (faraziy) usullarni taqqoslash) BET qayta ishlashda 2 ta usul qo‗llashni tavsiya etiladi.
Suyuqlikning sekinlashgan (sustlashgan) oqimida E.B.Chekalyukning integral usulini qo‗llash afzalroq, oqimning yuqori tezligining so‗nib borishida Y.P.Borisovning differensial usulini qo‗llash kerak bo‗ladi. Integral usulni BETning nuqtalar tarqalgan holda ham qo‗llash mumkin.

7.6.Gidroeshitish usuli


Quduqni BET usulida tadqiqot qilishda ishga tushirish yoki to‗xtatish qo‗shni quduqlarning ishiga ta‘sir ko‗rsatadi. (quduqlar interferensiyasi) Bu ta‘sirning darajasi qatlam sistemasi xossasidan va debitning jadal impulsiga bog‗liq bo‗ladi. Quduqni interferensiya natijalari bo‗yicha qatlam joylashishi va xossalarini o‗rganish gidroeshitish deyiladi.
Gidroeshitish usuli tadqiqot qilinayotgan quduqlarda gidrodinamik aloqa o‗rnatishga mo‗ljallangan. Bu tadqiqot bir quduqqa (qo‗zg‗atuvchi) ta‘sir ko‗rsatganda boshqa quduqda (ta‘sirlanishi) bosim o‗zgarishini kuzatishni o‗z ichiga oladi.
Bu usul bosim to‗yinish bosimidan yuqori bo‗lganda qo‗llaniladi va bir fazali suyuqlik yoki suvneft aralashmalarining filtratsiya sharoitida foydalaniladi.
Maqsad: tadqiqot o‗tkazilayotgan quduqlar oralig‗ida gidroo‗tkazuvchanlik ε va pezoo‗tkazuvchanlik χ ning o‗rtacha qiymatini aniqlash.

    1. rasm. Gidroeshitish usulida tadqiqot etish sxemasi.

1-qo‗zg‗atuvchi quduq, 2-ta‘sirlanuvchi quduq, 3-qatlam, 4-chuqurlik manometri (yoki difmanometr).
ε1 va ε2 quduq tubi zonasi qatlam gidroo‗tkazma koeffitsienti, ε1 va ε2 – qatlam olis zonasida gidroo‗tkazma koeffitsienti. ε3
qo‗zg‗atuvchi va ta‘sirlanuvchi quduqlar oralig‗idagi qatlam gidroo‗tkazuvchanlik koeffitsienti.
Tadqiqot qilinayotgan quduqlarni taqqoslaganda quduq tubi zonasi va quduqning olisroq zonasidagi olinayotgan qiymatlarning 3 ta varianti bo‗lishi mumkin.

  1. ε1 ≥ ε2 va ε1;

  2. ε3 < ε2 va ε1turli jinsli zonasi mavjud;

  3. ε3 =0 – o‗tkazuvchan chegara mavjud. Gidroeshitish usulining turlari:

    1. Sakratish usulida qo‗zg‗atuvchi quduq debitini o‗zgartirish.

    2. Qo‗zg‗atuvchi quduq debini ravon o‗zgartirish.


Download 6.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling