A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Auditorlik dalillari turlari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

9.3. Auditorlik dalillari turlari 
Qaysi audit amalini tanlash borasida qaror qabul qilar ekan, auditor 
ixtiyorida dalillarning ettita keng ko’lamli toifasini tanlash imkoni bo’ladi. Ularni 
dalillar turlari deb nomlaymiz va quyida keltirib o’tamiz. Mazkur bo’limda ularga 
ta’rif beriladi va batafsil tahlil qilinadi. 
• Haqiqatdagi nazorat. 
• Tasdiq. 
• Hujjatlashtirish. 
• Kuzatish. 
• Arifmetik aniqlik.
• Analitik amallar. 
Haqiqatdagi nazorat. Haqiqatdagi nazorat – bu auditor tomonidan moddiy 
aktivlar tekshirilishi yoki sanab chiqilishidir. Bunda olinadigan dalillar turi 
ko’pincha tovar-moddiy qimmatliklari va naqd pullar bilan bog’liq. Lekin undan 
qimmatli qog’ozlarni, olingan veksellar va asosiy moddiy aktivlarni tekshirishda 
ham foydalanish mumkin. Audit maqsadlari uchun haqiqatdagi nazoratni (masalan, 
qimmatli qog’ozlar bozorida sotishga yaroqli qimmatli qog’ozlar va naqd pul 
mablag’lari) hujjatlarga asoslangan nazoratdan (masalan, to’langan cheklar va 
sotish bo’yicha hujjatlar ustidan) ajrata olish muhim ahamiyatga ega. Agar 
tekshirilayotgan hujjat (masalan, sotish uchun nakladnoy kabi) o’z-o’zicha hech 
qanday ahamiyatga ega bo’lmasa, bunday dalillar hujjatlashtirish deyiladi. 


198 
Masalan, imzo qo’yilguncha chek hujjat hisoblanadi, imzo qo’yilgandan keyin u 
aktivga aylansa, to’langandan so’ng yana hujjatga aylanadi. Texnik nuqtai 
nazardan, chekning haqiqatdagi nazorati chek aktiv hisoblangan paytdagina o’rinli 
bo’lishi mumkin. 
Haqiqatdagi nazorat (mazkur aktiv real mavjudligini tekshirishning bevosita 
usuli sifatida) ishonchli va foydali turdagi audit dalillari olish uchun imkon 
yaratadi. Odatda, haqiqatdagi nazorat – bu aktivning miqdoriy xususiyatlari va 
uning tavsifi to’g’riligini tekshirishga imkon beruvchi ob’ektiv usuldir. Ba’zi 
hollarda, u aktiv holatini yoki uning sifat xususiyatlarini baholash bo’yicha ham 
foydali usul hisoblanadi. Ammo haqiqatdagi nazorat mavjud aktivlar rostdan ham 
mijozga tegishli ekanini tasdiqlash uchun etarli emas. Bundan tashqari, ko’p 
hollarda auditor ma’naviy eskirish va asliga muvofiqlik kabi sifat omillari haqida 
xulosa qilish uchun etarli malakaga ega bo’lmaydi. Haqiqatdagi nazorat yordamida 
moliyaviy hisobot uchun baholash to’g’ri qilingan-qilinmaganini aniqlash ham
odatda, mumkin emas. 
Tasdiq. Tasdiq – auditor so’roviga binoan mustaqil uchinchi tomondan 
yozma javob olish bo’lib, unda u yoki bu ma’lumotning to’g’riligi tasdiqlanadi. 
Tasdiq mijozga bog’liq bo’lmagan manbalardan kelib tushayotgani uchun, ular 
ayniqsa qimmatli va tez-tez qo’llaniladigan dalil turlari sanaladi. Biroq bunday 
tasdiqlar olish juda qimmatga tushadi. Shuningdek, bu so’rov yo’llangan shaxslar 
uchun ayrim noqulayliklar tug’dirishi mumkin. Shuning uchun bundan chetlab 
o’tish mumkin bo’lgan barcha hollarda shunday yo’l tutiladi. 
Tasdiqdan foydalanish yoki foydalanmaslik alohida olingan vaziyat uchun 
ishonchliligi yuqori ma’lumotlar qanchalik zarurligi, shuningdek, muqobil 
dalillardan foydalanish imkoniyati qay darajada ekanligiga bog’liq. Tashkilotlar 
o’rtasidagi alohida xo’jalik operatsiyalarini, masalan, oldi-sotdi bo’yicha 
operatsiyalarni tekshirishda, odatda, tasdiqqa murojaat qilinmaydi, chunki auditor 
bu maqsad uchun hujjatlardan foydalanishi mumkin. Xuddi shuningdek, asosiy 
mablag’ tushumlarini audit qilishda ham tasdiq kamdan-kam hollarda ishlatiladi, 


199 
chunki bu aktivlarni hujjatlar va haqiqatdagi nazorat yordamida etarlicha ishonchli 
darajada tekshirish mumkin. 
Agar bu amaliy va o’rinli bo’lsa, har gal auditorlardan debitorlik 
hisoblaridan saralash bo’yicha tasdiq olish talab qilinadi. AICPA tomonidan ilgari 
surilgan ushbu talabning amal qilishi boisi shundaki, debitorlik hisobi, odatda, 
moliyaviy hisobotga nisbatan ahamiyatli va tasdiq bunday hisoblar bo’yicha yuqori 
darajadagi ishonchli dalilni o’zida aks ettiradi. 
Boshqa qandaydir hisoblar bo’yicha (debitorlik hisobidan tashqari) tasdiqlar 
talab qilinmasa-da, dalillarning bu turi ko’p turdagi ma’lumotlarni tekshirishda 
juda foydalidir. Tasdiq ishonchli dalilga aylanishi uchun, so’rov jo’natilgandan to 
javob olingunga qadar u auditor nazorati ostida bo’lishi kerak. Tasdiq haqida 
so’rovlarni tayyorlash, ularni jo’natish va javob olish bilan mijozning o’zi 
shug’ullanayotgan bo’lsa, bu auditor nazoratni qo’ldan boy berganini, shu bilan 
birga o’z mustaqilligini yo’qotib qo’yganini anglatadi. Bunday hollarda dalillar 
ishonchliligi pasayadi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling