A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Namunaviy balans yoki yozuv. Bunday turdagi yozuvlar yil oxiri uchun yoki
foyda va zararlar to’g’risida hisobotda keltirilgan saldo/ balans tarkibiy qismidan iborat. U analitik hisobdan unga faqat hisobot davri oxiri uchun balansni tashkil etuvchi bandlar kiritilishi bilan farq qiladi. Masalan, bu debitorlik qarzi bo’yicha analitik hisob ma’lumotlarini o’z ichiga oluvchi namunaviy balanslar, to’lov uchun hisoblar, xizmat ko’rsatish va ta’mir xarajatlari, yuridik xizmat xarajatlari, shuningdek, boshqa daromad bandlari. Natijalarni taqqoslash. Bunday turdagi taqqoslash u yoki bu aniq summani tasdiqlaydi. Odatda, mijoz tomonidan hisobga olingan yakuniy natijalar boshqa axborot manbalari bilan bog’liq bo’lishi kutiladi. Bunga misol tariqasida bank 210 ko’chirmalarini ishlab chiqish, debitorlik qarzi bo’yicha analitik ma’lumotlarni taqqoslash (mijozlardan qarzdorlik tasdiqlari bilan) va etkazib beruvchilar hisobotlari bilan kreditorlik qarzini taqqoslashni keltirish mumkin. Haqqoniylikni tekshirish. Nomidan ham payqash mumkinki, haqqoniylikka tekshirish bo’yicha yozuvlar auditorga muayyan sharoitda mijozning balansida xatolar bor-yo’qligini baholashga imkon beruvchi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’ladi. Auditorlar aynan haqqoniylikka tekshirish yordamida ko’pincha amortizatsiya xarajatlari, foydadan soliq ajratmalari va shubhali qarzlar bo’yicha to’lovlarni tekshiradilar. Amallarning umumlashma yozuvi. Yozuvlarning yana turi amalga oshirilgan aniq audit amallari natijalarini umumlashtiradi. Misol tariqasida debitorlik qarzini tasdiqlash natijalarini umumlashtirish va tovar-moddiy qimmatliklar bo’yicha kuzatishlarni umumlashtirishni tilga olish mumkin. Qo’shimcha hujjatlarni tadqiq qilish. Xo’jalik operatsiyalarini yoki hisobot davri bo’yicha ularning qismlarini testdan o’tkazish jarayonida hujjatlar tekshirish tipida amalga oshirilgan analitik tekshirishlarni namoyish qilish uchun maxsus yozuvlarning butun boshli qatori tuziladi. Bunday yozuvlar yakuniy natijalarni o’z ichiga olmaydi va ular Bosh kitob bog’liq emas, chunki u shunchaki amalga oshirilgan testlarni tasdiqlaydi va aniqlangan natijalarni qayd qiladi. Ushbu yozuvlarda tekshirish maqsadiga nisbatan muayyan ijobiy yoki salbiy xulosalar bo’lishi kerak. Ishchi hujjatlarga egalik. Buyurtmani bajarish davomida tayyorlangan ishchi hujjatlar, shu jumladan, auditor uchun mijoz tomonidan tayyorlangan hujjatlar auditorning mulki hisoblanadi. Bu hujjatlarni o’rganish uchun boshqa yana kimdir, shu jumladan, mijoz yuridik huquqqa ega bo’ladigan yagona holat chaqiriq qog’ozi bilan ular ashyoviy dalil sifatida sudga yuborilgan holatdir. Audit yakunlangandan so’ng, ishchi hujjatlar auditorda qoladi, shuning uchun u zarurat tug’ilganda ulardan kelgusida foydalanishi mumkin. Aksariyat auditorlik firmalari o’zlarida saqlanayotgan hujjatlar hajmini, shuningdek, ularni saqlash xarajatlarini 211 kamaytirish uchun, odatda, bir necha yildan so’ng ishchi hujjatlarni mikrofilmlarga ko’chirib qo’yishadi. Ishchi hujjatlarning maxfiylik xarakteri. Mijoz bilan o’zaro munosabatlar maxfiylik xarakterida bo’lish zarurati “Kasb etikasi kodeksi”ning 301-qoidasida qayd qilingan. Unda shunday deyiladi: • Agar AICPA a’zosida mijoz tomonidan berilgan ruxsatnoma yo’q bo’lsa, kasbiy buyurtmasini bajarish natijasida olingan har qanday maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilmasligi shart. Tekshirishlar davomida auditor muayyan miqdorda maxfiy xarakterga ega ma’lumotlarni, shu jumladan, idora xizmatchilarining oylik maoshlari, mahsulotlar narxi va ushbu mahsulotlarning qiymati haqida ma’lumotlarni oladi. Agar auditor bu axborotlarni bilishga haqqi bo’lmagan begona shaxslarga yoki o’z mijozining xizmatchilariga shunday ma’lumotlarni oshkor qilsa, auditorning u audit qilayotgan kompaniyaning rahbariyati bilan o’zaro munosabatlariga keskin putur etishi mumkin. Bundan tashqari, agar mijoz kompaniyaning xodimlari auditorning ishchi hujjatlarini ko’zdan kechirish imkoniga ega bo’lsa, u holda ular undagi ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin. Shu bois, ishchi hujjatlarni himoya qilish uchun hamisha barcha zaruriy choralarni qo’llash lozim. Odatda, ishchi hujjatlar begona shaxslarga faqatgina mijozning bevosita roziligi bilan taqdim etilishi mumkin. Hatto auditor “o’z amaliyotini boshqa auditorlik firmasiga sotgan” holatda ham shunday bo’ladi. Biroq hujjatlar sud tomonidan talab qilingan bo’lsa yoki boshqa auditorlik firmalari ish sifatini ko’ngilli tekshirish dastur doirasida foydalanilsa, ruxsatnoma zarur emas. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling