A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Umumiy ma’lumot. Ba’zi ishchi hujjatlar moliyaviy hisobotdan muayyan
summani tasdiqlash uchun mo’ljallangan ma’lumotlarni emas, joriy davr uchun umumiy xarakterdagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bunday axborotlar orasida – auditni rejalashtirish bo’yicha qaydlar, direktorlar kengashi majlislarining qisqacha mazmuni yoki bayonnomalari, doimiy fayllarga kiritilmaydigan shartnoma yoki bitimlarning qisqacha mazmuni, mijoz bilan nizolashuv sabablari, ishchi hujjatlar tekshiruvlari bo’yicha eslatmalar, shuningdek, umumiy xulosalar bo’ladi. Bu erga nazorat riskini baholash bo’yicha hujjatlarni ham kiritish mumkin. Ishchi namunaviy balans. Moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun asos bosh kitob bo’lgani bois, tadqiq qilishda eng asosiy e’tibor unga kiritilmagan summalarga qaratiladi. Balans sanasidan keyin imkon qadar tez fursatda auditor yil oxiri uchun qoldiqlar va bosh kitobdan aylanmalar bo’yicha ma’lumotlarni oladi 208 yoki tayyorlaydi. Qoldiqlarning tizimli ro’yxati ishchi namunaviy balansni o’zida aks ettiradi. Ko’pchilik kompaniyalar, auditorning ishchi namunaviy balansi moliyaviy hisobot bilan bir xil shaklga ega bo’lishi kerak, deb hisoblaydi. Namunaviy balansdagi har bir band Bosh kitob hisoblarini detallashtiruvchi sintetik hisob ma’lumotlariga asoslanadi. Analitik hisobning har bir hisobi esa, o’z navbatida, sintetik hisobning tegishli ma’lumotlarini qo’llab-quvvatlaydi. Umuman olganda, bunday muvofiqlik bajarilgan auditorlik ishidan dalolat beradi va auditor tomonidan chiqarilgan xulosalar uchun asos bo’ladi. Aylanma vedomostlarga tuzatishlar kiritish. Auditor buxgalteriya yozuvlarida jiddiy xatolarga duch kelganda, bunday moliyaviy hisobotlarga tuzatish kiritilishi taqozo etiladi. Masalan, agar mijoz eskirgan xom ashyosi borligi tufayli o’z tovar-moddiy qimmatliklari bahosini kamaytirmagan bo’lsa, u holda auditor ularning haqiqiy qiymatini aks ettiruvchi tuzatish yozuvi zarurligini ko’rsatishi mumkin. Audit davomida aniqlangan xatolar haqida bunday tuzatish yozuvlarini, odatda, auditorning o’zini kiritsa-da, shunga qaramay, ular mijoz tomonidan ma’qullanishi lozim. Chunki moliyaviy hisobot ob’ektiv tarzda taqdim etilishi uchun javobgarlik birinchi navbatda kompaniya ma’muriyati zimmasiga yuklatiladi. Buxgalterlik ma’lumoti taqdim etilishini tuzatish uchun ko’pincha hisobotga tuzatuvchi va xulosalovchi yozuvlar ham kiritiladi. Bu hatto bosh kitobda aylanma va saldo to’g’ri bo’lganda ham kuzatiladi. Materiallar uchun debitorlik qarzi summasini tushum hisobiga o’tkazish shunga oid keng tarqalgan misollardan biri sanaladi. Bosh kitobda debitorlik qarzi kompaniyaning kundalik faoliyati nuqtai nazaridan aks ettiriladi va bunday yozuv mijozning Bosh kitobiga kiritilmasligi mumkin. Umuman, moliyaviy hisobot ob’ektiv taqdim qilinishiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi tuzatish va xulosalovchi yozuvlargina kiritilishi lozim. Xatolarga qachon tuzatish kiritish lozimligi haqida qaror qabul qilish uning jiddiylik 209 darajasiga asoslanadi. Auditor agar bir necha kichik xato tuzatilmagan bo’lsa, ularning umumiy ta’siri tufayli jiddiy xatolik yuzaga kelishi mumkinligini ham inobatga olishi darkor. Auditorlar hisobga olinmagan barcha yozuvlarning umumiy ta’sirini aniqlash uchun ko’pincha ularni alohida ishchi hujjatlarga kiritib boradi. Yordamchi yozuvlar. Ishchi hujjatlarning eng muhim qismi moliyaviy hisobotning aniq summalarini tasdiqlash uchun auditor tomonidan tuzilgan yordamchi yozuvlarni o’z ichiga oladi. Mazkur yozuvlardagi turli ma’lumotlardan ancha keng foydalaniladi. Audit tegishli tarzda o’tkazilganini va ishchi hujjatlarning qolgan maqsadlariga erishilganini tasdiqlash uchun, auditning har bir elementi uchun mutanosib turdan foydalanish zarur. Biz quyida yordamchi yozuvlarning asosiy turlarini sanab o’tamiz. Tahlil. Tahlil butun tadqiqot davri mobaynida u yoki bu balans hisob doirasida faoliyatni namoyish qilish uchun mo’ljallangan. U ma’lumotlarning davr boshi va oxiri uchun o’zaro bog’liqligini tasdiqlaydi. Odatda, likvid qimmatbaho qog’ozlar, berilgan veksellar, shubhali qarzlar bo’yicha to’lovlar, mol-mulk, binolar, asbob-uskunalar, uzoq muddatli qarz kabi hisoblar tahlili amalga oshiriladi. Bu hisoblar xo’jalik tizimi faoliyatining muhim jihatlarini aks ettiradi. Aksariyat hollarda tahlil bo’yicha ishchi hujjatlarda boshqa ishchi hujjatlarga ko’ndalang havolalar mavjud bo’ladi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling