A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Fikr bildiriladigan paragraf
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Fikr bildiriladigan paragraf
Agar auditor auditorlik fikrini modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u fikr bildiriladigan paragraf uchun (vaziyatga qarab) “Qo’shimcha izohlar bilan fikr”, “Salbiy fikr” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhalardan foydalanishi lozim. Auditor moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda u, qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirish uchun asos ifodalangan bandda tavsiflangan jihat (jihatlar) ta’sirini istisno qilganda, o’z fikriga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: (a) Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini berishini); yoki (b) Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanganligini. Agar fikrni modifikatsiyalashga talab etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli yuzaga kelgan bo’lsa, auditor modifikatsiyalangan fikrni bildirishi uchun tegishli “...jihat (jihatlar) ko’rsatishi mumkin bo’lgan ta’sirni istisno qilganda” iborasini qo’llashi lozim. Tekshiruv oqibatida auditor salbiy fikr bildirayotgan bo’lsa, u fikr ifodalanayotgan paragrafda o’z fikriga ko’ra, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalangan paragrafda tavsiflangan jihatning ahamiyatliligiga qarab, quyidagilarni qayd qilishi lozim: 270 (a) Moliyaviy hisobotlar ularni haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning qo’llaniladigan asosiga muvofiq haqqoniy taqdim etilmaganini (yoki to’g’ri va haqqoniy tasavvur hosil qilish imkonini bermasligini); yoki (b) Moliyaviy hisobotlar ularni muvofiqlik asosi talablariga ko’ra tayyorlantgan bo’lganida, moliyaviy hisobotlar, barcha muhim jihatlarda, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosga muvofiq tayyorlanmaganligini. Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortayotgan bo’lsa, fikr bildiriladigan paragrafda quyidagilarni ko’rsatishi lozim: (a) Fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ning ahamiyatliligi tufayli auditor auditorlik fikrini bildirish uchun asosni ta’minlaydigan etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmagan; va, tegishli ravishda, (b) Auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikr bildirmaydi. Auditor qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirganda uning javobgarligi tavsifi Qo’shimcha izohlar bilan yoki salbiy fikr bildirayotganda, auditorning javobgarligi tavsifiga auditor o’zi olgan auditorlik dalillari modifikatsiyalangan auditorlik fikrini bildirishga asosni ta’minlash uchun etarlicha tegishli dalillardir, deb hisoblashini ko’rsatadigan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim. Auditor fikr bildirishdan bosh tortganda uning javobgarligi tavsifi Agar auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyati yo’qligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafiga moliyaviy hisobotlar auditini o’tkazish uchun yollanganini ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim. Shuningdek, auditor 271 auditorning javobgarligi tavsifiga va auditning ko’lami tavsifiga faqat quyidagilarni ko’rsatuvchi o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim: “Bizning javobgarligimiz moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni biz Auditning Xalqaro Standartlariga muvofiq o’tkazgan audit asosida bildirishdan iborat. Biroq, fikr bildirishdan bosh tortish uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tavsiflangan jihat (jihatlar)ga ko’ra, biz auditorlik fikrini bildirish uchun asosni ta’minlovchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lganimiz yo’q”. Modifikatsiyalangan fikr ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi)ga misollar 1-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 2-misol: Moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjudligi tufayli salbiy fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 3-misol: Auditor etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli qo’shimcha izohlar bilan fikr bildirilgan auditorlik hisoboti (xulosasi). 4-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning bir elementi xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi). 5-misol: Auditor moliyaviy hisobotlarning ko’p sonli elementlari xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega emasligi tufayli fikr bildirishdan bosh tortish ifodalangan auditorlik hisoboti (xulosasi). Masalan, MUSTAQIL AUDITOR HISOBOTI (XULOSASI) [Tegishli adresat] Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling