A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Modifikatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Modifikatsiyani ifodalovchi paragrafni kiritish uchun asos
Tekshiruvni o’tkazgan auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha fikrni modifikatsiyalayotgan bo’lsa, u auditorlik hisoboti (xulosasi)ga AXS 700 ga muvofiq talab etiladigan alohida elementlarga qo’shimcha ravishda fikrni modifikatsiyalashni talab qilgan jihatni tavsiflovchi paragrafni kiritishi lozim. Auditor bu paragrafni auditorlik hisoboti (xulosasi)da fikr bildirilayotgan paragrafdan bevosita oldin joylashtirishi va vaziyatga qarab, “Qo’shimcha izohlar 6 АХС 805 “Алоҳида масалалар – айрим молиявий ҳисобот ва молиявий ҳисоботнинг алоҳида элементлари, счётлар ёки моддалар аудити” 268 bilan fikr bildirish uchun asos”, “Salbiy fikr bildirish uchun asos” yoki “Fikr bildirishdan bosh tortish” degan sarlavhani qo’llashi lozim. Moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan muhim buzib ko’rsatish moliyaviy hisobotlardagi alohida summalar (shu jumladan miqdoriy ochib berilgan ma’lumotlar) bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga mazkur buzib ko’rsatish moliyaviy ta’sirning tavsifi va summasini kiritishi lozim (agar buning imkoni bo’lsa). Agar moliyaviy ta’sir hajmini hisoblab chiqish mumkin bo’lmasa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda buni ko’rsatishi lozim. Bordiyu, moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berilayotgan tavsifiy ma’lumotlar bilan bog’liq bo’lsa, auditor modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafga ochib berilgan ma’lumotlar qanday buzib ko’rsatilgani xususida tushuntirishlarni kiritishi lozim. Ayrim hollarda moliyaviy hisobotlarda mavjud muhim buzib ko’rsatishlar ochib berish talab etiladigan ma’lumotlarni ochib bermaslik bilan bog’liq bo’ladi. Bunday hollarda auditor ochib berilmagan ma’lumotlarni boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan muhokama qilishi, modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususiyatini ko’rsatishi va agar bu qonunchilik yoki me’yoriy hujjatlar bilan ta’qiqlangan bo’lmasa, u hisobot (xulosa)ga tushirib qoldirilgan ma’lumotlarni kiritishi lozim bo’ladi. (agar buning imkoni bo’lsa ya’ni u tushirib qoldirilgan ma’lumotlar xususida etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olgan bo’lsa). Modifikatsiyalashga talabning paydo bo’lishi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish mumkin emasligi bilan bog’liq bo’lsa, auditor buning sabablarini modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda ko’rsatishi lozim. Hatto auditor moliyaviy hisobotlar bo’yicha salbiy fikr bildirgan yoki fikr bildirishdan bosh tortgan bo’lsa ham, modifikatsiyalash uchun asos ifodalanayotgan paragrafda auditor o’zi xabar topgan va fikrni modifikatsiyalashni 269 talab qilishi mumkin bo’lgan boshqa har qanday sabablarni ko’rsatishi, shuningdek ularning ta’sirini tavsiflashi uning professional vazifasidir. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling