A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Tabaqalashtirish
Xarajatlar kalkulyatsiya elementlari va bandlari bo’yicha to’g’ri tabaqalashtiriladimi? x 10 Hisob Mahsulot tannarxi bo’yicha xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usuli tanlab olinganmi? x 11 Xarajatlar hisobi uchun mas’ul shaxslar tomonidan segmentlar bo’yicha va umumlashtirilgan hisob ma’lumotlari tekshiriladimi? x 12 Davriylik Xarajatlar hisobi "Voqealarni davr bo’yicha aniqligi" tamoyiliga javob beradimi? x Nazorat muhiti quyidagi elementlardan iborat: - siyosat va boshqaruv uslublari; - korxonaning boshqaruv tuzulmasi; - direktorlar kengashi, xususan uning auditorlik komiteti faoliyati; - boshkaruv funktsiyalari va mas’uliyatlarni taqsimlash uslublari; - nazorat boshqaruv uslublari, shu jumladan ichki audit; - kadrlar siyosati va amaliyot; - tashqi ta’sirlar (banklar tekshiruvi, soliq nazorati). Nazorat muhitidagi nazorat amallariga nazorat amallarining ayrim xususiyatlari xosdir. Rahbarlar va menenjerlarning nazoratga munosabati nazorat muhitiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Boshkaruvning yuqori pog’onasi xizmatchilarning nazoratga munosabatini belgilaydi. Yaxshi boshqaruv muhiti yuqori darajadagi ichki kommunikatsiya tizimini ta’minlaydigan, direktorlar Kengashi huzuridagi auditorlik inspektsiyasining samarali ishlashiga yordam beradigan, byudjetlar tizimi (biznes-reja yoki smeta) va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlardan foydalanadigan, ichki auditning samaradorligini ta’minlaydigan boshqaruv tizimi bilan tavsiflanadi. Keyinchalik, nazorat muhiti korxona xodimlarining kompetentliligi, xizmat vazifalarining taqsimlanishi, aktivlar, hujjatlarni olish imkoni va hisob yozuvlarini vaqti-vaqti bilan taqqoslab turish bilan aniqlanadi. 323 Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’lik muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez- tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar tomonidan bajarilishga olib keladi. Yangi rahbarlar va mansabdor shaxslar korxonadagi hisob tizimi bilan etarli darajada tanish bo’lmasligi mumkin. Ayrim hollarda buxgalteriya xodimlari yuqori boshqaruv bo’g’ini tomonidan topshirilgan nojo’ya hisob amallarini bajarishni xohlamaganliklari uchun ham ishdan bo’shab ketadilar. Shuning uchun ham buxgalteriya xodimlarining tez-tez almashtirilib turishi noxush fakt bo’lishi mumkin. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling