A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
-chizma. Moliyaviy natijalarning shakllanishi
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
16-chizma. Moliyaviy natijalarning shakllanishi
Bu erda, SST – sotishdan olingan sof tushum; IT – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi; YaF – yalpi foyda; DX-davr xarajatlari; BD-asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar; AFF-asosiy faoliyatdan olingan foyda; MD - moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar; MX - moliyaviy faoliyat xarajatlari; UFF - umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda; FF - favqulodda vaziyatlardan olingan foyda; FZ - favqulodda vaziyatlardan ko’rilgan zarar; STF - soliq to’langungacha olingan foyda; FS - foydadan to’lanadigan soliq; M M o o l l i i y y a a v v i i y y n n a a t t i i j j a a l l a a r r n n i i s s h h a a k k l l l l a a n n t t i i r r i i s s h h M M a a h h s s u u l l o o t t s s o o t t i i s s h h d d a a n n o o l l i i n n g g a a n n y y a a l l p p i i f f o o y y d d a a = = S S S S T T - - I I T T A A s s o o s s i i y y f f a a o o l l i i y y a a t t d d a a n n k k o o ’ ’ r r i i l l g g a a n n f f o o y y d d a a ( ( z z a a r r a a r r ) ) = = Y Y a a F F - - D D X X + + B B D D U U m m u u m m x x o o ’ ’ j j a a l l i i k k f f a a o o l l i i y y a a t t i i d d a a n n o o l l i i n n g g a a n n f f o o y y d d a a ( ( z z a a r r a a r r ) ) = = A A F F F F + + M M D D - - M M X X S S o o l l i i q q t t o o ’ ’ l l a a g g u u n n g g a a q q a a d d a a r r f f o o y y d d a a = = U U F F F F + + F F F F - - F F Z Z S S o o f f f f o o y y d d a a = = S S T T F F - - F F S S - - B B S S 350 BS - boshqa soliqlar va to’lovlar. 15.2. Mahsulotlarni sotish va moliyaviy natijalarning o’zaro bog’liqligi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mulkchilik tuzilmasi o’zgaradi va endi davlat xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatidan manfaatdor bo’lgan foydalanuvchilar va mulk egalaridan biriga aylanadi, zero bu foydalanuvchi va mulkdor xo’jalik yurituvchi sub’ektga o’z mablag’ini qo’ygan. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ham o’zini raqobatbardosh korxonaga aylanishida yordam beradigan va zarur moliyaviy natijalarga erishishida qo’l keladigan boshqaruv qarorlarini izlash va qabul qilishga majbur bo’ladi. Shu maqsadda korxona bozor kon’yunkturasini o’rganadi, o’z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi. Bu maqsadlarga erishish uchun ko’pdan-ko’p manfaatdor tomonlar bilan iqtisodiy aloqaga kirishadi. Bu jarayonda buxgalteriya hisobi manfaatdor tomonlar uchun axborot manbai bo’lib hisoblanadi. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonun buxgalteriya hisobini yuritish standartlariga nisbatan yangi, bozor munosabatlariga to’g’ri keladigan talablarni qaror toptirishni ta’minlaydi hamda O’zbekiston Respublikasidagi buxgalteriya hisobi tizimini tashkil etishda zamin bo’ladigan asosiy tamoyillarni ko’zda tutadi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini amalga kiritish zarurati asosan buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida hisobning o’ziga xos xususiyatlarini qo’llashdan iboratdir. Tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar, ularni sotish hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish hisobini yuritishda «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 1-son BHMC, «Asosiy xo’jalik faoliyatidan olingan daromadlar» nomli 2-son BHMC, «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» nomli 3-son BHMC, «Tovar-moddiy zahiralar» nomli 4-son BHMC, «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli 19-son BHMC, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schetlar 351 rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» nomli 21-son BHMClar uslubiy asos sifatida qo’llanilishi mumkin. Korxona ishini sotish rejasining bajarilishiga qarab baholash korxona rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko’proq e’tibor berishga chaqiradi hamda korxonaning bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bular esa, o’z navbatida, korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini beradi. «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli 4-son BHMCga muvofiq tayyor mahsulot xo’jalik yurituvchi sub’ektlarida bo’lgan aktivlar hisoblanadi va ular xo’jalik yurituvchi sub’ektning kundalik faoliyatida sotish uchun mo’ljallangan tayyor mahsulot, tovarlar sifatida korxonaning tovar-moddiy zaxiralari tarkibiga kiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalarda mahsulot sotish hajmi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Bu ko’rsatkich korxonalarni xalq xo’jaligida shaxsiy iste’mol uchun sifatli mahsulot ishlab chiqarishga undaydi, o’z muddatida mahsulotning sotilishi (ish bajarilishi, xizmat ko’rsatilishi) ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishini ta’minlaydi, mablag’lar aylanishini tezlashtiradi. Mahsulot sotish orqali qilingan xarajatlar qoplanadi va korxona foyda olishga erishadi. Sotish hajmi korxona moliyaviy natijasini umumlashtiruvchi asosiy ko’rsatkichlardan biridir. Mahsulot sotishdan kelgan tushum orqali korxona birinchi galdagi to’lovlarni amalga oshiradi. Soliq bo’yicha to’lovlar mol etkazib beruvchilar, ishchi xizmatchilar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblarni bajaradi. Demak, korxonaning moliyaviy holati, aylanma mablag’larning aylanish tezligi va uni holati, moliyaviy natijalar sotish hajmi bo’yicha rejaning bajarilishi va uning dinamikasiga ko’p jihatdan bog’liq. Sotish jarayonining tezlashishi korxonaning ishlab chiqarish va ta’minot jaryonlarini ham tezlashishiga ta’sir etadi, debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling