A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Jo’natilgan tovarlar va tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini aniqlash


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Jo’natilgan tovarlar va tayyor mahsulotni haqiqiy tannarxini aniqlash 
 (ming so’m) 
Ko’rsatkichlar 
Hisob narxi haqiqiy tannarxi 
Farq 
Oy boshiga ombordagi tayyor maxsulot qoldig’i
245 
210 
35 
Ishlab chiqarishdan hisobot oyida qabul qilingan tayyor 
mahsulot 
2800 
2900 
100 
Jami 
3045 
2810 
235 
Xaqiqiy tannarxini hisobdagi narxiga nisbati, % 
2,28 
Mahsulot qiymati 
2700 
2492 
208 
Oy oxiriga tayyor mahsulot qoldig’i 
345 
318 
27 
Bunday hisob kitoblarga aniqlik kiritish maqsadida jadval tayyor 
mahsulotning guruhlari bo’yicha tuziladi. 
9010 schetning debetidagi oborotlarni to’g’ri hisoblanishini aniqlash uchun 
auditor sotilgan mahsulotni haqiqiy tannarxi hisob-kitobi tekshiradi. 
Sotilgan maxsulotni haqiqiy tannarxini hisoblash. (ming so’m) 
Ko’rsatkichlar 
Hisob 
narxi 
Haqiqiy 
tannarxi 
Farqi (Q-) 
Jo’natilgan mahsulotni oy boshida qoldig’i 
4412 
400 
-12 
Hisobot oyida jo’natilgan mahsulot 
2700 
2492 
-208 


360 
Jami: 
3112 
2892 
-220 
Haqiqiy tannarxini hisobdagi na ishlab chiqarishga nisbat % 
92,92 
Hisobot oyida sotilgan mahsulot 
2640 
2453 
-187 
Jo’natilgan mahsulotning oy oxiriga qoldig’i 
472 
439 
-33 
Auditor jo’natilgan mahsulot bo’yicha xaridorlardan pul kelib tushishi 
tekshiriladi. Xaridorlarni korxona oldidagi qarzlar muddati bo’yicha ko’rib 
chiqiladi. 
15.5. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni tekshirish 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar asosiy faoliyatlari bo’yicha boshqa 
daromadlarni ham olishi mumkin. Bu daromadlarni moddalari va turlari «xarajatlar 
tarkibi to’g’risida»gi Nizomga muvofiq quyidagi elementlardan tashkil topgan. 
-shartnoma talablarini bajarmaganligi uchun olingan jarima, penya va 
boshqa mablag’lar; 
-hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillarda olingan foyda summasi; 
-mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lmagan boshqa 
muomalalar va faoliyatdan olingan daromadlar; 
-idishlar bo’yicha amalga oshirilgan muomalalardan olingan daromadlar; 
-moddiy vositalarni va boshqa mulklarni tugatish va sotishdan olingan 
daromadlar; 
-da’vo muddati o’tgan kreditor qarzlar va deponent qarzlarni hisobdan 
chiqarish natijasida olingan daromadlar; 
-tovar moddiy boyliklarni va tayyor mahsulotlarni qayta baholash natijasida 
olingan daromadlar; 
Ushbu muomalalarni amalga oshirish natijasida tushgan daromad 
summalarining buxgalteriya hisobi quyidagi schyotlarda yuritidadi: 
9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda" 
9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda" 


361 
9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish" 
9340 "O’tgan yillar foydalari"
9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar" 
9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan 
daromad» 
9370 «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari» 
9380 «Beg’araz moliyaviy yordam» 
9390 «boshqa operatsion daromadlar» 
Bular tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlarga mansub. Yuqoridagi 
schyotlarning kredit oboroti tegishli manbalar hisobidan foydaning ko’payishi, 
debet oboroti esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri 
boshiga qoldig’i qolmaydi. 
9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda" 
schyotida asosiy vositalarni sotish va boshqa ko’rinishdagi hisobdan 
chiqarishlardan olingan foyda hisobga olinadi. Bu vaqtda quyidagicha provodka 
beriladi: 
Dt 9210 «Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimi» 
Kt 9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda" 
9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chikimidan olingan foyda" schyotida 
nomoddiy aktivlar, immatli qog’ozlar va shunga o’xshagan boshqa aktivlarni 
sotishdan olingan foyda summas kuyidagi provodka bilan aks ettiriladi: 
Dt 9220 «Boshqa aktivlarning sotilishi va turli chiqimi» 
Kt 9320 "Boshqa aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda" 
9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni undirish" schyotida shartnoma 
shartlarini buzganligi uchun undirilgan yoki qarzdor tomonidan e’tirof etilgan 
jarimalar, boqimandalar, vaqtida to’lanmagan qarzlar va boshqa xil jazo jarimalari, 
shuningdek etkazilgan zararlarni undirish bo’yicha daromadlar aks ettiriladi. 
Bunday jarima va boqimandalar undirib olinsa 5110 yoki pul mablag’larini 
hisobga oladigan boshqa schyotlar debetlanib, 9330 "Penya, jarimalar va boshqa 


362 
to’lovlarni undirish" schyoti kreditlanadi. Lekin bunday jarima aybdor tomonidan 
tan olinib hali puli o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4800 «Da’volar bo’yicha olinadigan 
schyotlar» schyoti debetlanib 9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarni 
undirish" kreditlanadi. 
9340 "O’tgan yillar foydalari" schyotida hisobot yilida aniqlangan oldingi 
yillarga tegishli foyda aks ettiriladi. Bunga xususan, oldingi yillarda olinib sarflab 
yuborilgan 
materiallar 
bo’yicha 
qaytadan 
hisoblash 
natijasida 
mol 
yuboruvchilardan olingan summa, xaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan 
maxsulot, ko’rsatilgan xizmatlar bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot 
yilida olingan summa kiradi. 
Bunday summa o’tkazib berilsa, pul mablag’larini hisobga oladigan 
schyotlar debetlanib 9340 "O’tgan yillar foydalari" schyoti kreditlanadi. Agar 
bunday foyda hali o’tkazib berilmagan bo’lsa, 4010 «Xaridorlar va 
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9340 "O’tgan yillar 
foydalari" schyoti kreditlanadi. 
Ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish bilan bevosita bog’liq 
bo’lmagan operatsiyalardan renta daromadi, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
huzuridagi oshxonalardan tushumlar, yordamchi xizmatlardan daromadlar va 
shunga o’xshash boshqa daromadlar 9390 schyotida hisobga olinadi. 
Bunday tushumlar kirimga olinganda 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» 
schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi: 
2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»- 
tugallanmagan ishlab chiqarishdagi ortiqcha chiqqan materiallar qiymatiga; 2510 
«Umumishlab chiqarish xarajatlari» -umumishlab chiqarish omborlarida ortiqcha 
chiqqan materiallar qiymatiga; 
9450 «Yordamchi xo’jaliklar» schyoti — kommunal xo’jaligidan olingan 
foyda summasiga; 
1060 «Idish va idishbop materiallari» schyoti — idish va idishbop 
materiallari bo’yicha olingan foyda summasiga. 


363 
1010-1090 schyotlar-inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan materiallar 
kirimga olinadi. 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti inventarizatsiya natijasida 
kassada ortiqcha chiqqan pul mablag’lari kirimga olinsa. 
9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan 
daromadlar» schyotida da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponent qarzlarni 
hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar hisobga olinadi. 
Bunday tushumlar kirimga olinganda 9360 «Kreditorlik va deponentlik 
qarzlarni hisobdan chiqarishdan tushgan daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi 
schyotlar debetlanadi: 
6720 «Deponentlangan ish haqi» schyoti - da’vo bildirish muddati o’tgan 
deponentlik qarzlari hisobdan chiqarilsa; 
6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti-da’vo bildirish muddati o’tgan aliment 
qarzlari hisobda chiqarilsa; 
6960 «Da’volar bo’yicha to’lanadagan schyotlar» schyoti-undirib olish 
muddati o’tgan da’volar bo’yicha to’lanadigan qarzlar summasi hisobdan 
chiqarilsa; 
5010 «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki 5110 «Hisob-kitob schyoti», 
5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» schyotlari-zararga o’tkazilgan 
to’lashga qobiliyatsiz debitor qarzlar undirib olinsa. Shu bilan birga balansdan 
tashqari 007-«To’lashga qobiliyatsiz debitorlarning zararga o’tkazilgan qarzi» 
schyotidan chiqariladi. 
9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar" schyotida operativ 
ijaraga berilgan mulkdan olingan daromad hisobga olinadi. 
9380 «Beg’araz moliyaviy yordam» schyotida pul mablag’lari va pul 
ekvivalentlari tarzida qaytarib bermaslik sharti bilan olingan daromadlar hisobga 
olinadi. Bunday pul mablag’lari kirimga olinganda 5110 «Hisob-kitob schyoti» va 
5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» debetlanib 9380 «Beg’araz 
moliyaviy yordam» schyoti kreditlanadi. 


364 
Bu xil daromadlar hisobot davri oxiridagi quyidagi provodkalar bilan 
yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: 
Dt 9310 "Asosiy vositalarning sotilishi va turli chiqimidan olingan foyda" 
Dt 9320 "Boshka aktivlarni sotish va turli chiqimidan olingan foyda" 
Dt 9330 "Penya, jarimalar va boshqa to’lovlarii undirish" 
Dt 9340 "O’tgan yillar foydalari" 
Dt 9350 "Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar" 
Dt 9360 «Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan 
tushgan daromadlar» 
Dt 9370 «Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari» 
Dt 9380 «Beg’araz moliyaviy yordam» 
Dt 9390 «Boshqa operatsion daromadlar» 
Kt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija». 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling