A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
hujjatlar to’plami zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos
jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. 17.2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish . Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi: - ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda tutilgan; - haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi; - O’zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida»gi qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va litsenziyalarning mavjudligi. Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha litsenziyalar mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona bunday faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya amal qilish muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo’lmasdan amalga oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisoblanadi. Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hoqimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi. Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda ta’sis shartnomasi tuzilishi lozim, ustav esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) barcha ta’sischilar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi va ustav asosida tashkil etiladi va faoliyat ko’rsatadi. Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona 387 ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan, davlat ro’yxatidan Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling