A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

aktsiyadorlar reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.
Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar 
auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Tekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks 
ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(katta-kichikligi)ni 
me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut 
ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb 
hisoblasa, u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik 
hulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan 
tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada buzib 
ko’rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy 
auditorlik hulosasi tuzadi.


400 
17.5. Qo’shilgan kapitalni tekshirish. 
№21 BHMS ga muvofiq
8400-«Qo’shilgan kapitalni hisobga oladigan 
schyotlar»da oddiy va imtiyozli aktsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoda 
dastlabki sotishdan olingan emission daromadlar (8410) va ustav kapitalini 
shakllantirishda hosil bo’lgan kurs tafovutlari (8420) aks ettiriladi. Auditor ushbu 
kapital tarkibining to’g’ri shakllanishi va o’zgarishlarini tegishli asos bo’luvchi 
hujjatlarga muvofiq tekshirib, natijalarini o’zining ishchi hujjatlarida qayd qilib 
borishi zarur. Jumladan, aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar kirimi, nominal 
va birja (bozor) bahosi o’rtasidagi farqni aniqlash hamda hususiy kapital tarkibida 
qo’shilgan kapitalning shakllanishini to’g’ri aks ettirish va h. k. Bunda asosan 
quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
1) Korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng ishtirokchilar (ta’sischilar) 
qo’shadigan ulushlar (obuna bo’lingan aktsiyalar) summasi ustav kapitalida aks 
ettirilganda: 
Debet 
4610–«Ustav 
kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning 
qarzlari»(agar aktsiyaga obuna bo’linsa-obunachilar bo’yicha ochilgan analitik 
schyotlar); 
Kredit 8310-«Ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar»(8310, 8320, 
8330-schyotlardan tegishlisi, agar aktsiyaga obuna bo’linsa, uning nominal 
qiymatiga Kt-8310, 8320-schyotlar )

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling