A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Kredit 85420-schyot – aktsiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan qismiga (emission daromad)
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.6. Zahira kapitalini tekshirish.
Kredit 85420-schyot – aktsiya nominal qiymatidan birja bahosining oshgan
qismiga (emission daromad) 2) Ta’sischilar (ishtirokchilar) tomonidan ta’sis shartnomasiga muvofiq ulushlar (moddiy, nomoddiy, pul mablag’lari va h. k ko’rinishida) tegishli dastlabki hujjatlar (qabul qilish-topshirish dalolatnomalari, nakladnoylar, kassa kirim orderlari, bank ko’chirmalari)ga asosan topshirilganda: Debet 0110-0199, 0440-0490, 0710, 0720, 0810, 1010-1090, 1110, 1120, 2810, 2820, 2910, 5010, 5110, 5210 –schyotlardan tegishlilari. 401 Kredit 4610-schyot (ta’sischilar bo’yicha ochilgan tegishli analitik schyotlar) Auditor 8410-«Emission daromadlar» va 8420-«Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo’yicha analitik hisobning tashkil etilishi va yuritilishining to’g’riligini tekshirishi lozim. Bunda qo’shimcha to’langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha alohida yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. Shuningdek, hisobdan chiqarilgan va sotilgan aktsiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va hissadorlarning shaxsiy schyotlari bo’yicha axborotlarni etkazib berish imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak. 17.6. Zahira kapitalini tekshirish. №21 BHMS ga muvofiq korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq foyda hisobidan yaratilgan zahiralar, aktivlarni qayta baholashda hosil bo’lgan inflyatsion zahiralar, qaytarib berilmaslik sharti bilan olingan mol-mulklar zahira kapitalini tashkil etadi. Zahira kapitalining mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi. 8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»; 8520-«Zahira kapitali» 8530-«Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklar» Auditor zahira kapitalini tekshirishda, dastavval, uni shakllantirish uchun asos bo’luvchi me’yoriy hujjatlar mavjudligi va ularga rioya qilinayotganligini aniqlaydi. Balansning «Zahira kapitali» moddasi bo’yicha mavjud summaning tegishli sanaga tuzilgan sintetik va analitik hisob registrlaridagi (8510, 8520 va 8530 schyotlar bo’yicha kredit) qoldiqlariga tengligi tekshiriladi. So’ngra har bir schyot bo’yicha qoldiq summalar, debet va kredit oborotlar mohiyatan tekshiriladi. Masalan, 8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti bo’yicha qoldiq summa qachon paydo bo’lganligi, mulklarni qayta baholash 402 to’g’risida hukumat qarorlari, uslubiy ko’rsatmalar, korxona hisob siyosati va boshqa asoslar mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, qayta baholash bo’yicha bajarilgan hisob-kitoblar to’g’riligi (har bir analitik hisob ob’ekti bo’yicha), qayta baholash natijalarining tegishli analitik hisob registrlarida aks ettirilishi va schyotlar bog’lanishi (provodkalar) to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi. Aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda yaratilgan zahira kapitalining mavjudligi va o’zgarishi 8520-«Zahira kapitali» schyoti ma’lumotlari bo’yicha tekshiriladi. Bunda auditor, zahira kapitalini shakllantirishga doir O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va ta’sis hujjatlarining tegishli qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Zahira kapitaliga foydadan ajratmalar, uning korxona ta’sis hujjatlarida ko’zda tutilgan korxona ustav kapitalining 10 % etmaguncha ajratilaveradi. Auditor ushbu kapitalning to’g’ri tashkil etilishi va to’ldirilib borilishini tekshirishda ajratmalar hisobiga yaratilgan zahira kapitali ustav kapitalining 10% dan oshmaganligi, mulklar (asosiy vositalar)ni qayta baholashda hosil bo’lgan inflyatsion zahiralarning hammasi 8531-schyot kreditiga olib borilganligini aniqlaydi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling