A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


aktsiyadorlik jamiyatlari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet178/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib 
olinadigan, jamiyat aktsiyalarining nominal qiymatidan, ma’suliyati cheklangan 
jamiyatlarda esa uning ishtirokchilari tomonidan qo’shiladigan ulushlar qiymatidan 
tashkil topadi. Qishoq xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari)da pay 
jamg’armasi – shirkat xo’jaligi a’zolarining pay badallaridan, fermer va dehqon 
xo’jaliklarida esa o’ziga qarashli uy-joylar, xo’jalik imoratlari, qishloq xo’jalik 
ekinzorlari va daraxtzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, 
qishloq xo’jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari
pul mablag’lari, intellektual mulk ob’ektlari, shuningdek boshqa mol-mulklardan 
tashkil topadi.
Davlat korxonalarida esa davlat mulki hisoblangan ustav fondi 
shakllantiriladi.
Auditor tekshiruv chog’ida barcha ta’sischilar qonunchilikka muvofiq o’z 
ulushlarini ustav kapitaliga o’z vaqtida va to’g’ri hamda to’liq qo’shganliklarini 
aniqlashi kerak.
Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga jamiyatni 
ro’yxatga olish paytida har bir ishtirokchi kamida 30 % ulushini qo’shgan bo’lishi 
kerak.
Korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar qo’shilmagan yoki 
to’liq qo’shilmagan holatlarning aniqlanishi, tegishli boshqaruv organlari uchun 
korxona ta’sis etilmagan va tugatilishi kerak deb topilishiga asos bo’ladi.
Ta’kidlash joizki, ta’sischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush sifatida 
qo’shiladigan mablag’lar O’zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka 
muvofiq QQS ga tortilmaydi. Shuningdek, korxonalarni tugatish yoki qayta tashkil 
etish chog’ida pay (ulush) ko’rinishida natura yoki pul shaklida olingan mablag’lar 
ham, ularning ustav fondidan hamda yuridik shaxslar pay (ulushi)dan oshib 
ketmagan miqdorda, QQS ga tortilmaydi.


393 
Ustav kapitaliga ulushlar pul, qimmatli qog’ozlar, boshqa buyumlar yoki 
mulkiy huquqlar hamda pulda baholanadigan boshqa huquqlar shaklida qo’shilishi 
mumkin. Shu boisdan auditor ta’sischilar ulushlarini pulda baholashning 
to’g’riligini tekshirishi muhimdir. Xo’jalik jamiyati ta’sischisining ulushini pulda 
baholash jamiyat ta’sischilar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. 
Qonunda ko’zda tutilgan ayrim hollarda esa mustaqil ekspert tomonidan 
baholanishi kerak.

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling