A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usul


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

 
Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usul; 
 
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish usuli); 
 
Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati yillar sonining 
yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul); 
 
Kamayib boruvchi qoldiq usuli. 
Auditor korxonada ushbu usullardan bittasi tanlab olinib, hisob yuritish 
siyosati to’g’risidagi buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniqlashi lozim. 
Shuningdek, tanlangan usulning hisobot yili davomida o’zgarmaganligiga, agar 
o’zgargan bo’lsa sababini va bu haqda hisob yuritish siyosati to’g’risidagi 
buyruqqa o’zgartish kiritilganligiga e’tibor berishi kerak. Asosiy vositalar 
ob’ektlarining foydali xizmat qilish muddatlari ularni balansga qabul qilish paytida 
aniqlanadi. Amortizatsiya hisoblash asosiy vositalar ob’ektlarining butun foydali 
xizmat qilish muddati davomida to’xtatilmaydi. Faqat korxona rahbarining 
qaroriga muvofiq qayta jihozlash (rekonstruktsiya) va zamonaviylashtirish 
(modernizatsiya) uchun o’tkazilgan, hamda konservatsiyaga qo’yilgan asosiy 
vositalar bundan mustasno. Amortizatsiya ajratmalari hisoblash yillik summasi 
quyidagicha aniqlanadi: 
Bir tekis (to’g’ri chiziqli) usulda -muayyan asosiy vosita ob’ektining 
dastlabki qiymati, amortizatsiya me’yori va foydali xizmat qilish muddatidan kelib 
chiqib aniqlanadi. 


330 
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul (ishlab chiqarish usuli) bo’yicha 
amortizatsiya hisoblash faqat asosiy vositadan foydalanish natijasiga asoslanib, uni 
hisoblash chog’ida vaqt oralig’i rol o’ynamaydi. Masalan, stanokning dastlabki 
qiymati 800000 so’m,qoldiq qiymati 50000 so’m va foydali xizmat qilish muddati 
davomida ishlab chiqarishi lozim bo’lgan mahsulot esa 60000 dona mahsulot. 
Bunda 1 dona mahsulotga to’g’ri keladigan amortizatsiya xarajatlari quyidagicha 
aniqlanadi: 
Dastlabki qiymat - qoldiq qiymat = 800000 – 50000 = 12,5 s 
ish birligi hajmi 60000 
Bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 12,5 so’mga ko’paytirilib, bir 
yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Masalan, stanok birinchi yili 10000 ta 
mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Demak, birinchi yil uchun amortizatsiya 
summasi:
10000 ta x 12,5 = 125000 so’m. 
3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar sonining 
yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul) muayyan asosiy 
vositaning foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar yig’indisi asosida 
aniqlanib, ushbu yig’indi hisob-kitob koeffitsienti uchun maxraj qilib olinadi. 
Foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar soni esa surat qilinib, kamayib 
borish tartibida teskari joylashtiriladi. Masalan, stanokning xizmat muddati 5 yil. 
Xizmat yillari yig’indisi (kumulyativ son) 15 ga teng (1+2+3+4+5 q 15). Har yil 
uchun amortizatsiya hisoblash koeffitsienti esa quyidagicha bo’ladi (2.4-jadval). 
So’ngra har bir koeffitsient (kasr) amortizatsiyalanadigan qiymatga 
ko’paytirilib, tegishli yil uchun amortizatsiya summasi aniqlanadi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling