A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Etika kodekslarini qabul qilinishi sabablari


Download 3.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/184
Sana17.10.2023
Hajmi3.05 Mb.
#1706223
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184
Bog'liq
АУдит дарслик (1)

Etika kodekslarini qabul qilinishi sabablari 
 Kasbiy ahloqni qo’shimcha tartibga solishga bo’lgan ehtiyoj;
 fuqarolik jamiyati ichidagi jamoaviy munosabatlarni shu jamiyatning 
o’z kuchi bilan tartibga solish.
 Ba’zi kasb egalarining xulosa chiqarishda xaddan tashqari keng 
imkoniyatga egaligi. 
Kasbiy etika kodeksining mohiyati. 
Ma’lum bir kasbiy etika kodeksini tasvirlashda shuni aytib o’tish kerakki, u 
kodifikatsiyalashgan normativ hujjat bo’lib, kasbiy faoliyatni tartibga soluvchi 
ahloqiy etik qoidalarni ijro etish uchun tizimlashtirilgan ko’rinishdagi majburiy 
xarakterga ega bo’lib, ma’lum bir kasb egalari tomonidan qabul qilinadi.
Etika kodeksi muayyan rasmiy ahloqiy qoidalarning majmui bo’lib, ular 
kasbiy uyushma vakillarining bajarmasa ham bo’ladigan ixtiyorlari majmui emas, 
balki ularni buzish ma’lum bir huquqiy oqibatlarga olib keladi.
O’zining huquqiy ahamiyatiga ko’ra etika kodekslari normativ hisoblanadi, 
lekin huquqiy akt emas, chunki davlat qonunchilik organlari tomonidan emas, 
balki kasbiy uyushma tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi. Lekin ularning 
ijtimoiy mazmuni yuqori.
O’xshash qoidalar auditorlar etika kodeksida ham mavjud.
Xususan, belgilanishicha, auditor o’z faoliyati davomida quyidagi 
printsiplprga amal qilishi lozimdir :bular rostgo’ylik, mustaqillik, ob’ektivlik, 
Etika kodeksi qabul qilish sabablari
Kasbiy faoliyatning 
barcha nozik farqlarini 
qonunchilik qamrab 
olomaydi
Huquqiy tartibga 
solishlar chegarasi
Ba’zi kasblarning 
sub’ektivligi va ijtimoiy 
mazmuni


76 
kompetentlik, maxfiylikdir. Etiborlisi shuki, ushbu printsiplar xakida Kodeksning 
alohida moddalarida auditorlik ishi bilan bog’lagan holda batafsil yoritiladi.
Kasbiy etika Kodeksi — bu kodifikatsiyalashgan normativ hujjat bo’lib, 
kasbiy faoliyatni tartibga soluvchi ahloqiy etik qoidalarni ijro etish uchun 
tizimlashtirilgan ko’rinishdagi majburiy xarakterga ega bo’lib, ma’lum bir kasb 
egalari tomonidan qabul qilinadi.
Kasbiy etika kodekslarining xususiyatlaridan biri shuki, unda kasbiy faoliyat 
davomida ahloqiy etik nuqtai nazardan ko’p uchrab turuvchi savollarga aniq 
javoblar mavjud.
Shu bilan birga kodekslar hayotning har qanday holati uchun to’g’ri 
keladigan mukammal normativ akt bo’lib hisoblanmaydi.
Kodekslarda keltirilishicha, qonunchilik va etika kodekslari tartibga 
solmaydigan murakkab yoki nizoli vaziyatlarda shaxs o’z uyushmasining tegishli 
organiga murojaat qilishi mumkin.
Shunday qilib, etika kodeksi amaldagi qonunchilik bilan bir qatorda kasbiy 
faoliyatni tartibga soluvchi muhim normativ hujjat hisoblanadi.
Uni bilish va unga amal qilish — bu nafaqat kasbiy muvaffaqiyat va 
martabaning tez ko’tarilishi uchun imkon beradi, balki jamiyatda mavjud ijtimoiy 
kasbning barcha vakillari uchun qattiq talabi ham xisoblanadi. 

Download 3.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling