A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Moliyaviy hisobot bo'yicha ichki nazorat to'g'risida hisobot
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektron tranzaksiyalar izi
Moliyaviy hisobot bo'yicha ichki nazorat to'g'risida hisobot
2002-yilgi Sarbanes Oksley Akti hukumat kompaniyalari menejmentidan korxonaning nazorat loyihasi va faoliyat samaradorligi to’grisida yillik hisobotni talab qiladi. AQSH Qimmatli Qog'ozlar va Birja Komissiyasi (QQBK-SEC) menejmentga moliyaviy hisobotlar ustidan olib boriladigan ichki nazorat samaradorligini baholashlariga ko’maklashish maqsadida yo’riqnomalar bilan ta’minlagan. QQBK yo'riqnomasi tegishli mezonlarga, masalan, TKHTQ, ichki nazorat samaradorligini baholashda benchmark sifatida foydalanishni talab qiladi. Ichki nazorat samaradorligini aniqlash beshta ichki nazorat elementlarining har 179 biri, ularning prinsipi mavjud va samarali faoliyat olib borayotgan bormayotganini baholashni talab qiladi. Elementlar baholashlarni amalga oshirishda birlashgan tizimning qismi sifatida qaralishi lozim. Menejmentning ichki nazoratni samaradorligining yillik baholashlari ommaga hisobot tarzida taqdim qilinadi. Elektron tranzaksiyalar izi O’tkazmalarni tasdiqlashning yagonaligi – misollar o’z ichiga kompyuter orqali yagona raqam belgilashni oladi. Yagona tasdiqlovchi ketma ketlikda belgilanishi mumkin yoki joylashuvni aniqlovchi va hudud ichidagi yagona raqamdan tarkib topishgan bo’lishi mumkin. Misol uchun, sotuv hisob-raqamlari kompyuter dasturi orqali ketma-ket raqamlab boriladi. Tranzaksiyalar vaqti va sanasi – bu kompyuter dasturi tomonidan avtomatik tarzda belgilanishi mumkin. Tranzaksiyalarga ma’sul shaxs – tizimga kirish tranzaksiyalarni qabul qilish va ruhsat berish bo’limini aniqlaydi. Tranzaksiya kelib chiqqan joy – tizimga kirish tranzaksiyalarningn manbaasini aniqlashga imkon beradi Tranzaksiyalarni detallari – bular kirish tizimida qayd etilgan bo’lishi lozim. Ayniqsa, odatda oddiy xujjatlar, jumladan, buyurtma berilgan miqdorlar, ta’minot buyurtmalari kabilarda topiladigan barcha detallar elektron iz sifatida qayd etilishi hamda saqlanishi mumkin. Boshqa tranzaksiyalar bilan o’zaro o’xshashlik – agar imkoni bo’lsa, barcha o’zaro o’xshash tranzaksiyalar qayd etilishi kerak. Misol uchun, agar o’zaro o’xshash to’lovlar maxsus hisob raqam bo’lsa, o’zaro o’xshashlikni to’ldiruvchi ma’lumotlar qayd etilishi lozim. Transaksiyalarning ruhsati va tasdig’i – agar tranzaksiya shu tranzaksiyani kiritgan shaxsdan boshqa bo’limning ruhsatini talab qilsa, tegishli elektron ruhsat qayd etilishi lozim. Menejment hisoboti Ford Motor kompaniyasi misolida ko’rsatilgan. Shuni ta’kidlash joizki, bosh rahbar va moliyaviy rahbarni o’z ichiga oluvchi menejment ichki nazoratni baholashda ham qatnashgan hamda rahbarlik qilgan. Bundan tashqari, ular 2011-yil 31-dekabr holatiga moliyaviy hisobot ustidan olib boriladigan ichki nazorat samarali bo’lganini xulosa qilishgan. Menejment hisobotining muhim jihatlari ko'rib chiqiladi. Menejmentning hisoboti: 180 Boshqarish ichki nazorat uchun mas'ul ekanligi to’grisida bayonot beradi Ichki nazoratga izohni o’z ichiga oladi Ichki nazorat cheklovlarini muhokama qiladi Ichki nazoratni baholashda foydalanilgan kriteriyalarni (TKHTQ) aniqlaydi. Ichki nazoratning samaradorligi haqida biror vaqt oralig’ida (yil yakuni) xulosa beradi Kompaniyaning tashqi auditorlari tomonidan taqdim etilgan ichki nazorat bo'yicha hisobotni ta’kidlab o’tadi Shuni ham ta’kidlash joizki, Fordning tashqi auditorlari Fordning ichki nazoratini auditdan o’tkazganlar. Faqatgina yirik jamoatchilik firmalaridan o’zlarining ichki nazoratlari samaradorligi to’g’risida tashqi auditorlik xulosasi bo’lishini talab qiladi. Biroq, kichikroq jamoat kampaniyalaridagi menejment hali ham o’zlarining kompaniyalarining ichki nazorati samaradorligini baholashi va hisobot berishlari kerak. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling