A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda menejmenting sust nazoratni
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
8.8. Moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda menejmenting sust nazoratni baholashni hisobga olgan holda ichki nazorat buyicha javobragligini aniqlash Menejmentning moliyaviy hisobot ustidan olib boradigan ichki nazoratidagi javobgarligi 177 Ishonchli moliyaviy hisobotga erishishda menejment birinchi himoya chizig’ini ta’minlaydi deb tushuniladi. Menejment moliyaviy hisobot ustidan samarali ichki nazorat shakllantirishga, joriy qilishga hamda saqlab turishga majbur. Bundan tashqari menejment moliyaviy hisobot ustidan olib boriladigan ichki nazorat bo’yicha yetarlicha xujjatlarni ham saqlashi lozim. Ichki nazorat xujjatlari Menejment yetarlicha va tegishli ichki nazorat xujjatlarini saqlashi lozim. Ushbu xujjatlar ichki nazoratga oid kutilishlar va standardlarga mos kelishi hamda aniqlikni ta’minlashi kerak. Shuningdek, xujjatlar yangi hodimga ish o’rgatishda yoki barcha ishchilarga ma’lumotlar vositasi sifatida xizmat qilishda ham foydali bo’ladi. Bundan tashqari, xujjatlar nazoratlar olib borilayotgani haqida dalillarni taqdim etadi, to’g’ri monitoring faoliyatini olib borishga imkon beradi va ichki nazorat samaradorligi haqidagi hisobotlarni qo’llav quvvatlaydi. Tashqi auditor ushbu xujjatlardan mijozining ichki nazorat tizimini tushunib olishi uchun ham foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, auditor mijozning nazoratlari samaradorligi haqida fikrlarini aytadigan Ford Motor kompaniyasiga o’xshagan kompaniyalarda, menejment auditorni menejmentning baholashlarini tasdiqlovchi xujjatlar bilan ta’minlashi lozim bo’ladi va ushbu xujjatlarni auditor audit dalilining qismi sifatida foydalanishi mumkin. Xujjatlarning tabiati va ko’lami korxonalar bo’ylab o’zgarib boradi, lekin ushbu xujjatlar nazorat amallarining samaradorligi hamda dizaynini qo’llab-quvvatlashi uchun yetarli bo’lishi lozim. Moliyaviy o’tkazmalarni qo’llab-quvvatlovchi xujjatlar sifatida tashkilot o’zi tomonidan shakllantirilgan o’tkazmalarni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar dalillarini ta’minlovchi, o’tkazmalarning mavjudligini ta’minlovchi, jurnal yozuvlarni tasdiqlovchi hamda moliyaviy majburiyatlarni aks ettiruvchi xujjatlarga ega bo’lishi lozim. Nazorat xujjatlari odatda qog’ozda aks etirilgan bo’lishi lozim deb qaraladi. Biroq, xujjatlar qog’ozlarda ham elektron tarzda ham bo’lishi mumkin. Informatsion axborot tizimida mol-mulkni olishning elektron nusxasi mavjud bo’lganda mol-mulk uchun to’lovni amalga oshiruvchi 178 avtomatlashtirilgan dastur bo’ladi. Kompyuter dasturi qabul qilingan bilan buyurtma qilingan xaridlarni taqqoslaydi va to’lovni amalga oshirishdan oldin sotuvchi schyot-fakturasini talab qilishi yoki qilmasligi mumkin. Ichki nazoratga taalluqli ishonchli xujjatlarni shakllantirish uchun yo’l- yo’riqlar quyida keltirilgan: Qabul qilingan qog'oz yoki kompyuter tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar bitimlarning nazorat qilinishiga va hisobdorligini ta'minlashga yordam beradi va to'liqlikni tasdiqlash uchun juda muhimdir. O'z vaqtida tayyorlov hujjatlarning ishonchliligi va hisobdorligini oshiradi va barcha hujjatlardagi xatolar darajasini pasaytiradi. O’tkazmalarning avtorizatsiyasi bayonnomalarda aniq ko'rinib turishi kerak. O’tkazmalar izlari mavjud bo’lishi kerak, chunki shu orqali foydalanuvchi (auditor) o’tkazmani shakllanishidan tortib oxirgi yakuniy qaroriga qadar yoki aksincha, kuzatib borishi mumkin bo’ladi. O’tkazmalar izlari ko’p maqsadlarga xizmat qiladi, jumladan, mijoz sorovlariga javob berish uchun ma’lumotlarni ta’minlash va xatolarni aniqlash hamda to’g’irlash kabilar. Elektron o’tkazmalar izining muhim jihatlari quyida keltirib o‘tilgan. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling