A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Kompyuter yordamida audit usuli orqali amalga oshiriladigan ba'zi
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
10.6. Kompyuter yordamida audit usuli orqali amalga oshiriladigan ba'zi
tahliliy amallarni tasvirlash. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida auditorlik faoliyati rivojlanishining muhim bosqichi auditorlarning zamonaviy personal komyuterlarida buxgalteriya hisobini yuritish dasturlaridan xabardor bo’lishi va undan foydalanishi bilan bog’liq. Buning zamirida nafaqat komyuter ichidagi hisob ma’lumotlari, shuningdek, korxonada o’tkazilayotgan audit tekshiruvlari davomida ichki nazorat tizimi elementlari va hisob tizimi bilan chambarchas aloqada kompyuter tizimi doirasidagi auditorlik tekshiruvi zarurligi tushuniladi. Bu zaruriyat nafaqat ko’rsatilgan sharoitlarda komyuter tizimi texnik jihatlari va uning aniq eksplutatsion mijozi bilan bog’liq qo’shimcha tavakkalchilik darajasining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi, balki, kompyuter sistemasidan foydalanishda xo’jalik yurituvchi subyekt hisobi va nazorati bilan bo’g’liq tavakkalchiliklarni ham yuzaga keltiradi. Ushbu tavakkalchilik quyidagi tavakkalchilik darajalari bilan ham bog’liq bo’ladi: Hisob axborotida ataylab qilingan yoki favqulotda xatoliklarnig paydo bo’lishi tavakkalchiligi; Hisob ma’lumotlarini atayin yoki bexosdan o’chirib yoborilishi natijasida yo’qotish tavakkalchiligi (kompyuter xotirasidan); Korxona ichki nazorat tizimi xodimining komyuter tizimida ishlashga yetarli darajada tayyor emasligi va mutaxassislar tomonidan mos ravishdagi zarur nazoratning yo’qligi natijasida xato va noto’g’ri qayta ishlangan korxona ichki nazorat tizimi xodimining kompyuter tizimida ishlashga hisob ma’lumotlarining paydo bo’lish tavakkalchiligi. Auditning kompyuter-dasturiy ta’minoti (CAAT) hisob fayllari va elektron operatsiyalarni kengroq testlashtirish imkonini beradi. CAATdan operatsiya namunalarini asosiy elektron fayllardan tanlash uchun, o'ziga xos xususiyatlarga ega operatsiyalarini tartiblashtirish uchun, yoki butun aholi to’g’risida ma’lumot 226 yig’ish uchun foydalanish mumkin. CAAT odatda ma'lumotlar manipulyatsiyasini, hisoblash, ma'lumotlarni tanlash, ma'lumotlarni tahlil qilish, istisno va g'ayrioddiy bitimlarni aniqlash,regression tahlil va statistik tahlil qilishni o'z ichiga oladi. CAATdan foydalanish imkoni umumiy audit-dasturiy ta’minoti(GAZ) orqali mavjud, u auditorlarga manipulyatsiya, kirish imkoni, boshqarish, tahlil qilish va ma'lumotlarni turli shakllari to’g’risida tassavvur qilish imkonini beradi. Ma'lumotlarni intellektual tahlilining dasturiy ta’minoti, shuningdek, tahliliy amallar uchun ham qo’llaniladi. Tahliliy amallar bashorat qilingan hajmdan farqlanadigan yoki boshqa mavjud bir-biriga zid ma’lumot va munosabatlarni ma’lumotlarga to’g’ri kelmasligini aniqlaganda, auditor vaziyatni o’rganib tegishli va yetarli tushuntirishlar va dalillarni olishi kerak. G’ayrioddiy tebranishlar va ma’lumotlarni aniqlash korxona rahbarini so’roqlashdan boshlanadi va boshqa auditorlik amallar ham so’rov natijalariga asoslanadi. Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling