276
kompaniyasi jamlanishi (konsolidatsiyalanishi) lozim, chunki u Kompaniya
tomonidan nazorat qilinadi. Agar XYZ shu’ba
kompaniyasi jamlangan
(konsolidatsiyalangan) bo’lganida, ilova qilinayotgan moliyaviy hisobotlarning
ko’pgina elementlariga muhim darajada ta’sir ko’rsatilgan bo’lar edi. Jamlanmagan
(konsolidatsiyalanmagan)
shu’ba
kompaniyasining
jamlangan
(konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlarga ta’siri aniqlangani yo’q.
Salbiy fikr
Bizning
fikrimizcha, salbiy fikr bildirish uchun asos ifodalanayotgan
paragrafda tavsiflangan jihat ahamiyatga molik bo’lgani bois, jamlangan
(konsolidatsiyalangan) moliyaviy hisobotlar AVS kompaniyasining 20X3 yil 31
dekabrga bo’lgan moliyaviy holatini, ko’rsatilgan sanada
tugagan yil mobaynida
uning moliyaviy natijalarini va pul oqimlarini barcha muhim jihatlarda Moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq haqqoniy aks ettirmaydi (yoki
haqqoniy va to’g’ri tasavvurni bermaydi).
Auditorning imzosi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) sanasi
Auditorning manzili
Nazorat uchun savollar:
1. Auditorlik hisoboti qanday tuziladi?
2. Auditorlik hisobotining kirish qismida nimalar aks ettiriladi?
3. Auditorlik hisobotining tahliliy qismida nimalar aks ettiriladi?
4. Auditorlik hisobotining yakuniy qismida nimalar aks ettiriladi?.
5. Auditorlik xulosasining tuzilishi ketma-ketligi qanday?
6. Auditorlik xulosalarining qanday turlari mavjud?
7. Auditorlik xulosasini tuzishdan bosh tortish deganda nima tushuniladi?