A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor
Auditning umumqabul qilingan standartlari
Download 3.05 Mb. Pdf ko'rish
|
АУдит дарслик (1)
Auditning umumqabul qilingan standartlari
To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Zarur dalillarning etarli miqdori. Ob’ektlarining ish standartlari Hisobotning GAAP bilan mos kelishi. GAAP qoidala riga amal qilin maydigan holat lar. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Mustaqillik. Majburiy malakaviy ziyraklik. Xulosa standartlari Umumiy malaka va etika standartlari 59 3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. Ob’ektlarning ish standartlari: 1. To’g’ri rejalashtirish va nazorat. Ishni auditorlik tekshiruvi muvofiq holda rejalashtirilishi lozim, agarda auditorning yordamchilari mavjud bo’lsa, ularning faoliyatini nazorat qilib borish lozim. 2. Ichki nazorat tizimini tushunishning etarliligi. Auditor auditorlik tekshiruvining ko’lami va unga sarflanadigan vaqtni to’g’ri belgilash maqsadida ichki nazorat tizimiga etarlicha baho berishi shart. 3. Zarur dalillarning etarli miqdori. Auditorlik hisoboti haqida fikr tayyorlash uchun tekshirish, so’roq, kuzatish va tasdiq usullari orqali etarli hajmda dalillar yig’ish. Xulosa standartlari: 1. Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi. 2. GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak. 3. Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa. 4. Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak. 60 AICPA o'n standartlari o'rniga, auditda yetakchi etti asosiy tamoyillarni ishlab chiqdi. Ularning o'ziga xos tamoyillari to'rt kategoriya bo’lib, ular quyidagilar: Download 3.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling